Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta'lim - tarbiya va pedagogik fikrlar

Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta'lim - tarbiya va pedagogik fikrlar

O'quvchilarga / Pedagogika
Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta'lim - tarbiya va pedagogik fikrlar - rasmi

Material tavsifi

Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta'lim - tarbiya va pedagogik fikrlar RYeJA: 1.Eng qadimgi xalq og'zaki ijodiyoti yodgorliklarida inson tarbiyasiga oid fikrlar. 2.Tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida. 3.Eng qadimgi yozma yodgorliklarda ta'lim-tarbiya masalalari. 1.Eng qadimgi xalq og'zaki ijodiyoti yodgorliklarida inson tarbiyasigaoid fikrlar. Hozirgi o'zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo'lib, ular yuksak va o'ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo'lni bosib o'tgan. Dastlabki tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydalanishda ancha takomillashgan mehnat qurollari yasashgacha, undan urug'chilik, qabilachilik davrlariga kelib, xo'jalik va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlargacha bo'lgan tariximiz ota-bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo'lganligidan dalolat beradi. Malumki, kishilar va kishilik jamiyati vrkudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham inson sifatida takomillashib borgan. Dastlabki diniy e'tiqodlar, oddiy ixtirolarning takomillashib borishi, inson ongining shakllanib borishiga turtki bo'ldi. Bu jarayon ming-ming yillar davom etib, inson ongi shakllanishining asosi bo'lgan xulq-odob qoidalari tarkib topadi. Eng qadimgi kishilarning dastlabki oddiy istaklari, orzu-umidlari, xislatlari qadimgi eposlarda, ulardagi afsonaviy obrazlar qiyofasida o'z ifodasini topgan. Ruxga sig'inish - onimizm, ajdodlar ruhiga sig'inish totemizm, sexrgarlik kabi diniy e'tiqodlar va marosimlar aks ettan afsonalar, rivoyatlarda eng qadimgi avlodlarimizning tafagasur dunyosi aks etgan. Ammo bu rivoyatlar, afsonalar massagetlar, saklar, xorazmiylar, sug'dlar, parfiyaliklar yashagan davrlarga borib taqaladi. Shuni takidlash lozimki, eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita etib kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning «hayot kechirish san'ati, donolik malsmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo'lish namunasi» ifodalangan ma'naviy madaniyat yodgorliklari: Markaziy Osiyo xalqlarining eng qadimgi marosimlari, urf-odatlari, ijtimoiy-falsafiy, madaniy, adabiy-tarixiy voqealarini ifoda etuvchi komusiy yodgorlik namunasi bo'lmish «Avesto»; afsonaviy qaxramonlar tasvirlangan dostonlar yani, «Alpomish», «Manas», «Shirok», «To'maris», «Go'ro'g'li», «Murodxon», «Ravshan», shuningdek qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning «Tarix», Strabonning «Geografiya» asarlari, Mahmud Qoshg'ariyning «Devonu lug'atit turk», Urxun-Yenisey bitiklari va boshqa shu kabi adabiy-tarixiy manbalarda saqlangan va shular orqali bizgacha etib kelgan. Bu yodgorliklar insonning shakllanishida moddiy va ma'naviy madaniyat qay darajada katta rol o'ynaganligidan dalolat beradi. Xususan, tarbiya insonning aqliy va axloqiy jihatdan tarkib topa borishiga ta'sir etgan bo'lsa, insonning shakllana borishi xam, o'z navbatida, insoniyat jamiyatining tarkib topa borishiga yordam bergan. Xullas, insonning o'z-o'zini anglashi va jamiyat taraqqiyoti bir-biri bilan uzviy aloqada bo'lgan. Bu tarixiy jarayonni bilish, inson tafakkurining qadimgi davrlardan boshlab bosqichma-bosqich rivojlanishi va shu bilan birga insonning xam tobora shakllana borganligi haqida to'la tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Biz yuqorida keltirgan tarixiy, falsafiy, pedagogik adabiyotlarda tadqiqotchilar, umuman, eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o'rganishda uch asosiy manbaga tayanganligini ko'ramiz: 1.Xalq og'zaki ijodi materiallari. 2.Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.88 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.88 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga