Eng qadimgi ma'rifiy yodgorliklarda ta'lim-tarbiya masalalari Reja: Qadimgi boyliklarimizni o'rganish usullari. Avestoni yaratilish tarixi va axloqiy ahamiyati. O'rhun Enasoy obidalarining ta'limiy-axloqiy mohiyati. 1. Eng qadimgi ma'rifiy yodgorliklarda ta'lim-tarbiya masalalari. Turkiy xalqlar tili, yozuvi va adabiyotini o'rganish uchun eng nodir manba - O'rxun-Enasoy yozuvi yodgorliklari qadimgi ajdodlarimizning ta'lim va tarbiya haqidagi fikrlari tarixini o'rganishda ham muhim ahamiyatga ega. Ular orasida To'nyuquq bitigi (712-716 yillarda yozilgan) hamda Kul Tigin bitigi (732 yilda yozilgan) ayniqsa qimmatlidir. Har ikki bitik - taxta toshlarga o'yib yozilgan va o'sha tarixiy shoxlarning qabrlari ustiga yodgorlik sifatida o'rnatilgan. Mazkur yodgorliklarda, bir tomondan, bizga turk hoqonligining paydo bo'lishi, mustahkamlanishi, atrofdagi elatlardan himoya qilinishi, hududini kengaytirish uchun olib borilgan kurashlar haqida batafsil ma'lumotlar bor. Ana shu jangu jadallarning tafsilotlarida xalqning hamjihatligi, birligi, mardligi yoritilgan, kishilarni jasoratga, vatan yo'lida fidoiylik ko'rsatishga chaqirilgan. To'nyuquq faoliyati hushyorlikka, tadbir-korlikka, bilimdonlikka, el-yurt uchun, vatan himoyasi uchun jonni fido qilishga chaqirsa, Kul tiginning hayoti, mustaqillikni, markaziy hokimiyatning butunligini saqlab qolish yo'lidagi shijoati va matonati, vatanparvarlik hissini tarbiyalaydi. Mazkur bitiklardagi Ilmsiz kishining so'ziga ishonib, unga yaqinlashib ko'p kishi o'ldi, Uy dunyogagina qaraydigan, ko'ziga faqat mol-mulk ko'rinadigan beklar, sizlar gumrohsizlar, Undan keyin tangrim yorlaqasin, baxtim bor uchun, nasibam bor uchun, o'layotgan xalqni tiriltirib, tarbiyat qildim, yalang'och xalqni kiyimlik qildim, kambag'al xalqni boy qildim kabi jumlalar hamon o'zining tarbiyaviy ahamiyatini saqlab kelmoqda. Umuman: O'rxun-Enasoy yozuvlarida turkiy xalqlarning o'ziga xos jasurligi, matonati, yer yuzida yaxshilik urug'ini ko'paytirish, yurtining daxlsizligi yo'lidagi jonbozligi sezilib turadi. Olim N.Rahmonov Bitiklar olamida asarida - O'zbekistonda ham mazkur bitiglar yuzasidan birmuncha ishlar amalga oshirildi. 1941 yilda O.Sharofiddinov tuzgan O'zbek adabiyoti tarixi xrestomatiyasida, O'zbek adabiyoti kitobining birinchi jildida (1959) ayrim bitiglarning hozirgi o'zbek tilidagi tavsifi berilgan. 1964 yilda T.Salimov Kultegin bitigtoshining o'zbek tiliga tarjimasini berdi. 1972 yilda filologiya fanlari doktori A.P.Qayumov Qadimiyat obidalari kitobida boshqa bitiglar tarjimasi bilan bir qatorda Kultegin bitigining tarjimasini ham berdi. Kultegin bitigtoshi marmarga o'yilgan bo'lib, qalinligi qirq bir santimetr, balandligi uch metru o'n besh santimetr, tub qismining qalinligi bir metr yigirma to'rt santimetr bo'lib yuqoriga torayib borgan. Marmar taxtaning o'rtasiga besh burchakli qalqon shaklida balandligi oltmish to'rt santimetr, kengligi qirq santimetrli lavha o'rnatilgan. Lavhada arxar surati tasvirlangan hoqonlik tamg'asi nAQSH qilingan. Orqa tomoniga bitigtoshning o'rnatilish tarixi xitoy yozuvida bitilgan. Bitigtoshning yuz tomoniga qirq satr, o'ng va chap tomonlariga o'n uch satrdan yozuv bitilgan. Mehnatsevarlik g'oyasining ulug'lanishi Irq bitigining asosiy mavzularidan biridir. Agar odam o'z mehnatidan mamnun bo'lsa, bu yaxshi fazilat. Mana o'sha epizod: Kambag'al odamning o'g'li ishlashga bordi, xursand bo'lib kelar der, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
771.09 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:59
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
771.09 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:59 ]
Arxiv ichida: pptx