Eng qadimgi yozma manbalarda ta'lim-tarbiya masalalari

Eng qadimgi yozma manbalarda ta'lim-tarbiya masalalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Eng qadimgi yozma manbalarda ta'lim-tarbiya masalalari - rasmi

Material tavsifi

Eng qadimgi yozma manbalarda ta'lim-tarbiya masalalari Reja: «Avesto» - eng qadimgi ma'rifiy yodgorlik namunasi. Qadimgi Xorazm, So'g'd, uyg'ur, turkiy-run yozuvlarining ta'lim-tarbiyani rivojlantirishdagi o'rni. Urxun-Enasoy obidalari, ularning ma'rifiy ahamiyati. Kultegin, Bilga hoqon, Tunyuquq bitiklarida va «Tabirnoma»da ta'lim-tarbiyaning o'ziga xos xususiyatlari. Turkiy xalqlarning dastlabki savod maktablari. Tayanch iboralar: Yozma manbalar, yozuvlar, yodgorliklar, «Avesto», so'g'd, Turkiy-run, uyg'ur, xorazm, Urxun-Enasoy, obida, Kultegin, Blga hoqon, Tunyuquq, Irq, Tabirnoma, bitik, turkiy xalq, ezgulik, yovuzlik, ezgu so'z, zgu fikr, ezgu amal. 1. «Avesto» - eng qadimgi ma'rifiy yodgorlik namunasi. «Ezgu fikrat, ezgu kalom, ezgu amal» va «Ezgulik uchun yovuzlikka qarshi kurash» tamoyili, komillikka intilib kelgan ajdodlarimizning ma'naviyati va yashash tarzi bo'lib kelganligidan faxrlanamiz. A.Abdurahmonov «Avesto» (asli «Ovasto») so'zi «Ogohnoma», «Donishnoma» degan manolarni ifodalaydi. «Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanib, o'z davrida o'sha paytlarda bu dinga e'tiqod qiluvchilar uchun muqaddas kitob sanalgan va unga bir necha ming yillar davomida ixlos bilan amal qilib kelganlar.1 Hozir esa bu kitob ajdodlarimiz madaniyati va ma'naviy qadriyatlaridan darak beruvchi, jahon tamadduniga (sivilizatsiyasiga) muhim hissa qo'shgan, olamshumul ahamiyatga ega bo'lgan ona yurtimizning eng qadimgi, eng mo'tabar, eng nodir, madaniy tarixiy, ma'rifiy yodgorligi sifatida o'rganiladi. «Avesto» uzoq davrlar mobaynida - miloddan oldingi 3 ming yillikning oxirlaridan boshlab og'zaki tarzda shakllanib avloddan-avlodga o'tib kelgan. Muqaddas «Avesto» ning yozuvlari turli davrlarda yozilgan va bu yozuvlar har xil ijtimoiy muhitning mahsuli blgan. Ularni miloddan avvalgi XII-VII asrlar orasida Xorazmda tug'ilib o'sgan Zardushtra (Zardusht) bir tizimga solib, o'zi ham «Avesto»ning «Gohlar» («Gotlar») qismin yozib kitobat qilgan va «Zardushtiyya» diniga asos solgan. Yani Zardusht o'sha davrdagi ko'pxudolik g'oyalari va u g'oya bilan bog'liq bo'lgan urf-odat va diniy marosimlarga qarshi chiqib yakkaxudolik g'oyalarini targ'ib etadi. Abu Rayhon Beruniy ham Zardushtrani insoniyatni ko'pxudolik (poleteizm)dan yakka xudolik (monotiezm)ga targ'ib etgan ilk payg'ambarlardan biri bo'lgan, deb ta'riflagan. Ko'pxudolik bilan bog'liq bo'lgan dahshatli odatlardan biri insonlarni qurbonlikka so'yish bo'lgan. Tarixning ana shunday Chirkin, dahshatli davrlarida insoniyat xaloskori sifatida vatanimiz va millatimiz iftixori bo'lmish Zardusht mardlarcha maydonga chiqdi. Zardusht insoniyat hayoti uchun g'oyat zararli bo'lgan ko'pxudolik e'tiqodlarining g'ayriinsoniy mohiyatini chuqur anglab etdi va o'z bilimlarini yakayu yagona Oliy Tangri - Ahura Mazda (Xurmuzd) vahiylari bilan boyitib, insoniyat ongi va mafkurasida inqilob yasab, o'tmishning bunday dahshatli chirkin sarqitlariga bolta urub chil-parchin qilib tashladi va kishilik jamiyatining ma'naviy taraqqiyotini yangi yo'nalishga soldi. Uning ta'limoti, siymosi, uning nomi bilan ataladigan «Zardushtiylik» dini insonlarga asrlar bo'yi ma'naviy madad, ruhiy oziq bo'lib xizmat qildi. «Avesto» dagi alqov qo'shiqlari, sanolar bashariyat tomonidan uzoq-uzoq yillar mobaynida qiroat bilan kuylab kelindi va insonlarda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.52 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.52 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga