Er-xotinning oiladagi bir-biriga munosabati, yurish-turishlari komil farzand tarbiyalashning amaliyotidir

Er-xotinning oiladagi bir-biriga munosabati, yurish-turishlari komil farzand tarbiyalashning amaliyotidir

O'quvchilarga / Pedagogika
Er-xotinning oiladagi bir-biriga munosabati, yurish-turishlari komil farzand tarbiyalashning amaliyotidir - rasmi

Material tavsifi

yer-xotinning oiladagi bir-biriga munosabati, yurish-turishlari komil farzand tarbiyalashning amaliyotidir Oilada farzandlarimiz ota-onalarining bir-birlariga bo'lgan munosabatlariga karab izzat-xurmatni, muomalani o'rganib boradi. Ota-onalarimiz bir-birlariga mexrli bo'lsalar, shirin muomala kilsalar, bolalar ham shunga ko'nikma hosil qilib, shunday muomalaga o'rganadilar. Agar turmush o'rtogimizni ishga kuzatayotganda yaxshi borib keling, adasi yoki ishdan kaytganlarida ishga yaxshi borib keldingizmi, adasi deb tabassum bilan kuzatib ko'ysak va kutib olsak, oiladagi o'gil-kiz farzandlarimiz ham onaning bu harakatini ko'rib, otasiga xurmati oshadi. Ota-onani xurmat qilish kerakligini tushunib boradi. Afsuski, hamma oilalarda ham shunday o'zaro xurmat va mexr-oqibat mavjud emas. Ba'zi oilalarda yerni xurmat qilish o'rniga ularga xukmron bo'lish, ularni o'z izmiga solish ga bo'lgan intilish holatlari ham uchraydi. Xatto bo'ysunmaydigan erlarni o'z ayollik mavkeidan foydalanib o'n besh sutkaga kamatgan onalarni ham uchratamiz. Bu bilan topkir ayollarimiz go'yoki o'z erlarining ta'zirini berib ko'ymokchi bo'ladilar. Bunday oilada yerning xotinga bo'lgan xurmati, mexri susayib boradi, bora-bora esa yo'koladi. Endi yer o'z xotinidan topmagan mexrni, xurmatni boshqalardan kidira boshlaydi va natijada oila mustahkamligiga putur yetadi. Bolalar oldida turli ortikcha gaplar bilan eringizning obro'yini to'kmang. Ertasiga o'ziga kelganda yotigi bilan, bakirmay-chakirmay bafurja gaplashish mumkin. Masalan, kechagi holatingizdan bolalarni oldida juda uyaldim. Sizga bunday holatda yurish yarashmas ekan. Axir bolalar bizga karab hayotni o'rganishadi, hayotda o'zlariga yo'l tanlaydilar. Biz ularga o'rnak bo'lishimiz kerak. Bolalar katta bo'lishayapti, deyish mumkin. suhbatdan so'ng bolalaringiz otasining faxm-farosati bo'lsa, ahvolni tuzatish kerak ekanligini tushunadi. Ba'zi bir ayollarimiz borki, ular eridan ozgina ko'prok topganlari uchun minnat kiladilar. Endi kosang okarib koldimi, cho'ntagingga pul tushib semirib koldingmi, pulli boyvachcha bo'lib, ichadigan bo'lib koldingmi? kabi so'zlar bilan bolalari oldida erini haqorat qiladi, uning obro'sini to'kadi. Natijada bolalar otani xurmat kilmaydigan, aytganini kilmaydigan, gapini ikki kiladigan bo'lib koladilar. Onalari otasini yomonlayverishi evaziga bolalarda otaga nisbatan nafrat paydo bo'ladi. Endi axyon-axyonda, to'y-tomoshada yoki biron-bir sabab bilan ichadigan yer har kuni alamidan ichadigan bo'ladi va kelib xotinini uradigan, so'kadigan, haqorat kiladigan odat chikaradi. Faraz kilaylik, yer do'stlarini uyga taklif kildi. Ammo bu tasodifiy taklif ayolga yokmadi. Chunki bir kancha ishlarni mo'ljallab ko'ygan yoki mexmon kutishga imkoniyati yo'k. Natijada mexmonlar xursandlik bilan kutib olinmaydi. Bu xoldan yerning asabi ko'zgaydi. Mexmonlar kuzatilgandan keyin esa xotinining ta'zirini beradi. Bu xol boshqacha, yaxshi natija bilan tugashi ham mumkin edi. Faxm-farosatli ayol bunday xollarda oilaning borini oshirib, yo'gini yashirib, mexmonlarni ochiq chexra bilan, yerining xurmatini joyiga ko'yib kutib oladi va kuzatadi. Mexmonlar ketgandan keyin, vaziyatga karab, yer-xotin bir-birlarini tushungan holda qanday ish tutish kerakligi haqida kelishib olishlari mumkin. Masalan, uy bekasi bunday ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.76 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.76 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga