Eshitishida muammolari bo'lgan bolalar bilan korreksion-pedagogik ishlarni olib borishda differensial-individual yondashuv

Eshitishida muammolari bo'lgan bolalar bilan korreksion-pedagogik ishlarni olib borishda differensial-individual yondashuv

O'quvchilarga / Pedagogika
Eshitishida muammolari bo'lgan bolalar bilan korreksion-pedagogik ishlarni olib borishda differensial-individual yondashuv - rasmi

Material tavsifi

Eshitishida muammolari bo'lgan bolalar bilan korreksion-pedagogik ishlarni olib borishda differensial-individual yondashuv Reja: 1.Eshitishida muammolari bo'lgan bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yilayotgan talablar. 2.Surdopedagogikaning fan sifatida taraqqiy etishida L.S.Vigotskiy ta'limotlarining ahamiyati,nazariy asoslanishi va rivojlanish bosqichlari. 3. Eshitishida muammolari bo'lgan bolalar pedagogik tasnifi. 4. Korreksion - kompensator rivojlantiruvchi tavsifga ega bo'lgan maxsus ta'lim tizimida differensial (tabaqalangan) hamda yakka tartib (individual)dagi yondashuv. Respublikamiz Hukumati eshitmaydigan bolalarning barcha sog'lom tengqurlari qatori milliy istiqlol ruhida tarbiyalanishlari, aqliy, axloqiy, jismoniy jihatdan kamol topishlari, jamiyatdagi ijtimoiy hayotga mustaqil yetuk fuqarolik darajasida tayyor bo'lib etishishlari masalalariga jiddiy etibor qaratmoqda. Tarbiya bolalar tomonidan ajdodlar ijtimoiy tajribalarini o'zlashtirilishiga qaratilgan jarayon hisoblanib, uzoq va murakkab xususiyatga egadir. U o'zida ijtimoiy, pedagogik va psixologik bog'liqlik hamda tobeliklarni mujassamlashtiradi. Eshitmaydigan bolalar ma'naviy va milliy qadriyatlarni psixik jarayonlarining o'zgacha rivojlanishi oqibatida egallay olmaydilar. Shu sababli maxsus ravishda o'qitishni tashkil etishda aynan ushbu toifa bolalarining rivojlanishlari haqida aniq tasavvurga ega bo'lishi talab etiladi. Eshitishida muammolari bo'lgan bolalar shaxsiy rivojlanishlari mohiyatini tushunishda bolaning rivojlanishi muloqatda, faoliyatning turli shakl va ko'rinishlarida amalga oshishi omili hisobga olinadi (R.M.Boskis, 1960y.) Aynan eshitishning buzilishi oqibatida so'zlarning tushunishdagi o'ziga xosliklar ushbu toifa bolalari rivojlanish xususiyatlarini tashkil etadi: ulardagi so'z mantiqiy tafakkurning me'yordan orqada qolib rivojlanishi umumiy psixik rivojlanishning oqsab qolishini, anomaliya, yani nuqsonlar (me'yordan chetga chiqishlar)ni etaklab keladi. Anomal rivojlanish deganda, eshitishida muammolari bo'lgan bolaning jismoniy (biologik) kamchiligi nazarda tutilmay, balki ushbu nuqson oqibatida kelib chiquvchi ikkilamchi o'ziga xosliklar nazarda tutiladi. Surdopedagogika o'quv-tarbiya faoliyati muammolarini tadqiq qilishda L.S.Vigotskiyning O'qitish va rivojlanish mutanosibligi nazariyasidan keng foydalanadi. Olim rivojlanishning ikki hududini belgilaydi, yani: Dolzarb rivojlanish hududi (yani bolaning aynan shu davrdagi rivojlanishi); Yaqin rivojlanish hududi (yani bola oila yoki maktabda maxsus tashkil etilgan maqsadga yo'naltirilgan ish natijasida kelgusida erishishi mumkin bo'lgan rivojlanishi). L.S.Vigotskiyning bolani maxsus o'qitish uning dolzarb rivojlanishi hududidan bir qadam ertaroq ildamlashi lozimligi haqidagi fikri eshitishida muammolari bo'lgan bolalar ta'lim-tarbiyasi masalalarini hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Eshitishida muammolari bo'lgan bolalar orasida eshitish qoldiqlari turlicha bo'lishi sababli o'ziga xosliklari turli ko'rinishda namoyon bo'lgan bolalarning uchrab turishi asrlar davomida tibbiyot, fizika(akustika), pedagogika sohasi olim va namoyondalarini o'ylantirib keldi. Eshitishida muammolari bo'lgan bolalarni kuzatgan pedagog va olimlar ular orasida u yoki bu holda murojaat etilgan nutqni tushuna oladigan, biroz lug'at boyligiga ega bo'lgan, bazan, hatto, sodda jumlalar tuza oladigan bolalar ham borligi, agar ularga qarata aytilgan nutq balandlatilsa, ularni o'qitish muammosi hal etilishini takidlardilar (J. Kardano, V. I. Fleri, J. Itar, Ya. T. Speshnev). Natijada, dunyoning bir necha mamlakatlarida ushbu toifa bolalarini tabaqalab o'qitish tajribalari yuzaga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.99 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.99 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga