Eshitishida nuqsoni bor bo'lgan bolalar bilan olib boriladigan pedagogik korreksion ishlar RYeJA: 1. Bolaning eshitish idrokida kuzatiladigan muammolar. 2. Bolaning eshitish darajasini aniqlash usullari. 3. Karlikning kelib chiqish sabablari, kar bolalar ta'rifi. 4. Zaif eshituvchi bolalar, ulardagi nuqsonning kelib chiqish sabablari. 5. Kech kar yoki keyinchalik zaif eshituvchi bo'lib qolgan bolalar. 6. Maxsus muassasalarda ta'lim - tarbiya jarayonining o'ziga xosligi. Tayanch iboralar: (Karlik, gung, surdopedagogika, eshitish nervining nevriti, ditsibel, zaif eshituvchi, daktil, mimika, jest.) Nutq - murakkab ruhiy faoliyatdir. U ruhiy jarayonlarning tarkib topishiga va bolaning umuman barkomol bo'lib o'sishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Nutq eshituv organlari vositasi bilan idrok etishga asoslangan bo'lib, atrofdagilarga taqlid etish yo'li bilan rivojlanib boradi. Og'zaki nutqning shakllanishida eshituv analizatori, nutqni harakatga keltiruvchi analizator ishtirok etadi. Nutqni harakatga keltiruvchi analizator eshituv analizatori bilan maxkam bog'langan holda ishlaydi, eshitish analizatorining rivojlanish darajasi esa ko'p jihatdan talaffuzga bog'liq. Bola nutqining o'sib borishi tovushlar talaffuzi, fiziologik va fonematik eshitishning kamol topib borish darajasi bilangina xarakterlanib qolmay, balki eng muxum - o'z nutqi va atrofidagilar nutqidagi so'zlarning tuzilishini, tovush tarkibini farqlay olish qobiliyati bilan ham xarakterlanadi. So'z tarkibini anglab olishdan iborat bu qobiliyat grammatik va leksik komponentlarning rivojlanishida ham muxum ahamiyatga ega. Ikkala signal tizimi, shuningdek, idrok bilan so'zning o'zaro aloqada bo'lishi aqliy rivojlanishning asosini tashkil etadi Defektologlarning (T.A. Vlasova, R.M. Boskis, D.V. Neyman va boshqalarning) bergan ma'lumotlariga ko'ra, eshitishida nuqsonlari bor bolalarning rivojlanish darajasi shu nuqsonning bola hayotining qaysi davrda paydo bo'lganligiga va og'ir - engilligiga bog'liq. Surdopedagogikada eshitishda nuqsonlari bor bolalar kar, zaif eshituvchi, keyinchalik zaif eshituvchi bo'lib qolgan bolalar guruhiga bo'lib o'rganiladi. Tug'ma hali tili chiqmagan go'daklik davrida ikkala quloqning mutlaqo eshitmasligi kar - soqovlikka olib keladi. Eshitish qobiliyatining qisman buzilishi natijasida nutqiy nuqsonga uchragan bolalar zaif eshituvchi bolalar guruhiga kiritiladi. Nutqiy rivojlanib, shakllanib olgandan so'ng yaxshi eshitmaydigan bo'lib qolgan bolalar keyinchalik zaif eshituvchi bo'lib qolganlar guruhiga kiradi. Bu nuqson nutq tarkib topganidan so'ng vujudga kelsa ham, quloqdagi nuqson tufayli eshitishda xos kamchiliklar bo'laveradi. Turg'un eshitish nuqsonlari kelib chiqish sabablariga ko'ra tug'ma va ottirilgan bo'lishi mumkin. Kar - soqov bolalarning 25% - 30% da eshitish nuqsonlari tug'ma bo'ladi. Bunga sabab: onaning homiladorlik davrida turli kasalliklar, masalan, gripp bilan kasallanishi, ota - onalarning ichkilik ichib turishlari, onaning homiladorlik davrida bilar - bilmas dori - darmonlarni istemol qilishlari (ayniqsa steptomitsin, xinin singari dorilarni), homilaning shikaslanishlari; irsiyat, genetik faktorlar (quloq tuzilishlaridagi patologik o'zgarishlar bo'lishi, masalan, eshitish yo'li atrofiyasining bituvi). Eshitishdagi orttirilgan nuqsonlar quloq yoki eshitish anolizatorlarining tuzilishidagi kamchiliklardan kelib chiqishi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.44 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.44 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:59 ]
Arxiv ichida: doc