Eshitishida va ko'rishida nuqsoni bo'lgan bolalar

Eshitishida va ko'rishida nuqsoni bo'lgan bolalar

O'quvchilarga / Pedagogika
Eshitishida va ko'rishida nuqsoni bo'lgan bolalar - rasmi

Material tavsifi

R E J A : Anomal bolalar kategoriyalari Nutq murakkab ruhiy faoliyat Eshitish nuqsonlarining kelib chiqish sabablari Zaif eshitishda bola nutqidagi kamchiliklar Ko'r va zaif ko'ruvchi bolalar va ularning kelib chiqishi Eshitishida va ko'rishida nuqsoni bo'lgan bolalarga tashkil etilgan muassasalar Bola dunyoga kelgan kunlardan boshlaboq ko'radi, eshitadi, biror narsa tekkanini, og'riq, issiq, hid va tamni his etadi. Tevarak atrofdagi borliqni bilish-sezish va idrok qilishdan, ya'ni voqe'likdagi narsa va hodisalarning bola ongida aks etishidan boshlanadi. Bolaning idroki hayotining dastlabki yillaridayoq ancha takomillashadi va ikki yoshida u buyumlarning rangi, shakli, katta-kichikligiga qarab bir-biridan farq qila boshlaydi, tanish ohangni ajratadi va h.k. Unda xilma-xil sensor qibiliyatlar: ko'rish va ko'zdan kechirish, tinglash va eshitish, buyumlarni tashqi belgilariga qarab ajratish, o'zi ko'rayotgan va eshitayotgan narsaga taqlid qilish qobiliyati rivojlanib boradi. Bola turli taassurotlar olib turishi - buyumlarni ko'rishi, ushlab bilishi, kattalarning ishlarini kuzatishi, xilma-xil tovushlarni eshitishi kerak. Bu bolalarning sensor rivojlanishlari uchun zarur shartdir. Sensor qobiliyatlarning o'z vaqtida rivojlanishi esa bolalarning aqliy tarbiyasi uchun zamin yaratadi. Diqqat, xotira, intilish, qiziqish va boshqa shu singari ruhiy protseslar bolaning aqliy rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Bola nutqining o'z vaqtida va to'g'ri rivojlanishi aqliy rivojlanishining asosidir. Nutq ruhiy prosseslar, idrok, xotira va boshqalarning rivojlanishiga, bolalarning faoliyatiga katta ta'sir ko'rsatadi. Bola nutqining rivojlanishiga boshlashi bilan kattalar so'zlarining tarbiyaviy vosita sifatidagi roli ortib boradi. Bola shaxsining tarkib topishi hayotining birinchi kunlaridanoq boshlanadi. Bola har kuni ko'rgan eshitganlari asosida borliqqa va tevarak atrofdagi kishilarga o'z munosabatini bildiradi, kattalarning xatti-harakatlari, ishlariga sodir bo'layotgan voqealarga bolaning beradigan bahosi kishilarga bo'lgan munosabati-bularning hammasi bola ma'naviy qiyofasining shakllanishiga ta'sir etadi. Bolaning xox ona qornida va xox tug'ilganidan keyin rivojlanib borishi uchun zarur bo'lgan ma'lum shart-sharoitlarning buzilishi turli-xil anomaliyalarga ya'ni jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar kamchiliklarga olib kelishi mumkin. Defektalogiya fanida anomal bolalarning turli xil kategoriyalari ustida ish olib boriladi: eshitish kamchiliklariga ega bo'lgan bolalar (tug'ilishdan kar-soqov, qulog'I og'ir bolalar, keyinchalik qulog'I og'ir bo'lib qolgan bolalar); ko'rish qobiliyati zaif (ko'r-ko'zi xira bolalar); ko'r-kar-soqov bolalar; oligofren (debil, imbesil, idiot bolalar); og'ir nutqiy nuqsonlari bor bolalar; harakat tayanch a'zolarida kamchiliklari bo'lgan bolalar; ruhiy rivojlanishi orqada qolgan bolalar. Anomal bolalar maxsus ta'lim-tarbiya muassasalarida tarbiyalanishi va o'qitilishi kerak. Bolaning umumiy rivojlanishiga har tomonlama kuchli ta'sir etgan nuqsonlargina uni anomal bolalar deb hisoblashiga asos bo'lishi mumkin.Masalan bolaning faqat chap qulog'I eshitsa-yu bu nuqson har tomonlama rivojlanishiga ta'sir etmaydigan u umumiy maktab programmasini sog'lom tengdoshlari qatori o'zlashtiradigan bo'lsa u anomal bolalar qatiriga kirmaydi. Katta yoshdagi kishilarda malum sabablarga ko'ra paydo bo'lgan nuqsonlar ham ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.88 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.88 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga