Estetik omillar va ularning shaxs kamolotiga ta'siri Reja: Shaxs kamolotiga ta'sir etuvchi omillar. Estetik omillarning shaxs kamolotiga ta'siri. Mavzuga doir ilmiy ishlarda estetik madaniyat rivojlanishining mu-rakkabligiga oid fikrlar bildiriladi. Buning manosi shuki, kishilar-ning estetik qadriyatlarni o'zlashtirishi estetik munosabat, layoqat va eti-qod shakllanishiga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi, xatti-harakatlari va ba-diiy faoliyatida ifodasini topadi. Shu bois qadriyatlar yangilanib boradi, yangi moddiy, shaqliy ko'rinishlar kasb etadi, o'z navbatida, qobiliyat, mo'l-jal, e'tiqodlarni o'zlashtirishning sifat jihatdan yangi obyektlari shakl-lanishida muayyan shart-sharoitlarni yuzaga keltiradi. Ijtimoiy munosabatlar, mehnat va madaniy-estetik faoliyatni yuzaga chiqaruvchi inson bu faol, ijodiy harakatning tadrijiy rivojlanishida subyekt hisoblanadi. Shuning uchun estetik madaniyat shakllanishi va rivoj-lanishini o'rganishda madaniyat sohibi bo'lgan subyektlarning holat va faoliyatlarini tahlil qilish jiddiy ahamiyat kasb etadi. Shaxs rivojlanishiga bag'ishlangan adabiyotlarning aksariyatida madaniyat subyekti bo'lgan inson haqida nazariy, falsafiy fikrlar bil-diriladi va ko'pincha muammo estetik jarayon qonuniyatlarini tadqiq qi-lishga bog'lab ko'rib chiqiladi, qoidaga ko'ra, uning shart-sharoit va sabab-lari madaniy hayotning zaruriy qismi tarzida belgilab olinadi. Insonning bu jarayondagi estetik holati eng harakatchan va asosiy moment, hissiy ta'sirchanlik (estetiklik) esa uning amaliy faoliyati bilan aloqadorlikda ifodalanishi xususida fikr bildiriladi. Tadrijiy rivojlanadigan este-tik holat, eng avvalo, insonning hissiy ta'sirchanligi, uning shaxs sifati-dagi tavsifiy fazilat va qobiliyatlarini anglatadi. Shaxs kamoloti omillarini aniqlash, ularning aloqadorlik tabi-atini idrok etish asosida bu jarayon mohiyatini to'g'ri tushunish mumkin. Shu nuqtai nazardan, shaxs estetik kamolotini taminlovchi omillar unga ta-sir ko'rsatish mexanizmlari va xarakteriga ko'ra rang-barangdir. Bu jarayonda, yuqorida qisman to'xtalib o'tganimiz, mehnat alohida o'rin tutadi. Oldingi qismda mehnatsevarlikning axloqiy mazmuniga aso-siy etibor berganligimizni takidlagan holda bu yerda biz mehnatning es-tetik manosi, shaxs ma'naviyatiga ta'siri asnosida fikr yuritamiz. Mehnat shaxs va jamiyat manfaatlarini uygunlashtiradigan ijodiy qobiliyatlar ifodasidir. Mehnat faoliyatiga xos estetik jihatlarning umumiy manbai erkinlik me'yori tomonidan belgilanadi, shu bois fao-liyatning jismoniy hamda intellektual qobiliyatlari o'ziga xos ravishda namoyon bo'ladi. Faoliyatni faqat ongli xatti-harakat bilan moddiylashti-rib va egallab, inson muayyan mahoratga erishishi mumkin. Mehnat har qanday turiga xos bunday mahorat faoliyatdagi o'ziga xoslik, miqdor va si-fat me'yorlari bilan ajralib turadi. Mahorat insonga texnikaviy mu-rakkabliklar bilan bog'liq mehnat predmeti, materiallar qarshiligini engishda o'z qobiliyatlarini ijodiy ifodalashga ko'mak beradi. Bu imko-niyatlar mehnatning konkret turini hissiy idrok etish bilan yuzaga chiqar ekan, bu mehnat, tabiiyki, estetik xususiyat kasb etadi. Boshqacha aytganda, nisbatan o'z-o'zini to'laqonli ifodalaydigan mehnat faoliyati jismoniy va intellektual kuchlarning muayyan darajada junbushga kelishini anglatadi. Mehnat faoliyati tufayli inson o'zining ijodiy kuch va qobili-yatlarini gavdalantiradi va rivojlantiradi, bunda inson, birinchidan, mu-ayyan obyektiv shart-sharoitlar ta'siri, ikkinchidan, subyektiv-shaxsiy fa-zilatlar uyg'unligida faoliyat ko'rsatadi. Bular orasida ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.85 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.85 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:59 ]
Arxiv ichida: doc