Etnopedagogika manbalari tizimi

Etnopedagogika manbalari tizimi

O'quvchilarga / Pedagogika
Etnopedagogika manbalari tizimi - rasmi

Material tavsifi

Режа: 1. Etnopedagogika manbalari tizimi va uning xilma - xilligi. 2. Maqollar, topishmoqlar, olqish va qarg'ishlar tizimi. 3. Marosim folklori, qo'shiqlar, dostonlar, og'zaki drama va askiyalar tizimining pedagogik ahamiyati. 4. Afsona, rivoyat, naqllar, ertaklar, latifalar, loflar tizimining pedagogik xususiyatlari. 1. Etnopedagogika manbalari tizimi vaularning xilma-xilligi Etnopedagogika manbalari o'z tuzilishi, qo'llanish o'rni, vazifasiga ko'ra muayyan tizimlar (guruhlar) ni tashkil etadi. Bunday guruhlarni ko'rsatish uchun ma'lum atamalardan foydalaniladi. Etnopedagogika manbalari turlari ijtimoiy taraqqiyot davomida sekinlik bilan o'zgarib boradi: ularning ba'zilari so'nishi yoki boshqasi bilan almashishi mumkin. Etnopedagogika manbalari turlarining vujudga kelishini ijtimoiy hayot taqoza qiladi. Chunki voqelikning o'zi voqealarga, obrazlarga boy bo'lib, xalq ijodiyoti oldiga uni g'oyaviy-tarbiyaviy va estetik mohiyatini idrok etgan holda biror shaklda ifodalashni zaruratga aylantiradi. Ajdodlarimizning bosqinchilarga qarshi kurashi afsona va dostonlarni, tabiat kuchlari oldidagi ojizligi esa so'z magiyasi (afsun) ga sig'inishni paydo qildi. Demak, voqelikning muayyan xarakteri xalқ ogzaki ijodida ўziga xos ifoda shaklini vujudga keltirishga xizmat qildi. Xalq pedagogik tafakkurining tarixiy taraqqiyot darajasi ham u yoki bu turning yuzaga kelishiga olib keldi. Agar taraqqiyotning ilk bosqichida oddiy shakllar yuzaga kelgan bo'lsa, keyinchalik murakkab shakllar paydo bo'ldi. SHunday qilib, o'zbek xalq pedagogikasining janrlar turi xilma-xil bo'lsada, u boshqa xalqlar pedagogikasi tizimlaridan farq qiladi. Жумладан, барча халqлар pedagogik manbalari tizimida ertak, maqol, topishmoq, qo'shiq turlari bo'lsada, ruslarda doston, o'zbeklarda blina yo'q, yoki o'zbek va tojiklarda ramozon, hayitlik aytimlari, ukrain va beloruslarda kolyadkalar, ruslarda ratseyka va chastushkalar tizimlari mavjud. Bir necha xalqlardagi etnopedagogika manbalarining bir xil tizimi ham o'z xususiyatiga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Etnopedagogik asarlar janrlari o'z ijodkorlari faoliyati bilan ham bog'liq. Agar topishmoq va maqol singari turlar ommaviy xususiyatga ega bo'lsa, doston, og'zaki drama, ertak, askiya kabilar maxsus kasbiy tayyorgarlikni talab qiladi. Ammo, mazkur turlarga xos quyidagi tamoyillarni ta'kidlab o'tish lozim: 1. Etnopedagogika manbalari pedagogik xususiyatlarining mushtarakligi; 2. Manbalar janrlariaro o'zaro ta'sir, bir-biriga muvofiqlik va bir-birini boyitish xususiyatlari; 3. Har bir turning vujudga kelishida ikkinchi turning manba sifatida xizmat qilishi - genetik aloqa; 4. Bir turdagi asarning boshqa bir tur tarkibida uchrashi; 5. Bir turdagi asarning yana bir necha boshqa turlar tarkibida uchrashi va boshqalar. SHunday qilib, Markaziy Osiyo xalqlari pedagogikasida manbalar tizimi quyidagilarni o'z ichiga oladi: 2-masala. Maqollar, topishmoqlar, olqish va qarg'ishlar tizimi Maqol atamasi arabcha kavlun - gapirmoq, aytmoq so'zlaridan olingan bo'lib, ommaning muayyan voqea-hodisalar, voqelik haqidagi lo'nda xulo salarini ifodalaydi. Ularda fikr aniq, muayyan mantiqiy izchillikda, ba'zan to'g'ri, ba'zan ko'chma ma'noda ifodalanadi. Maqolda ifodalangan pedagogik g'oyalar alohida shaxsgagina emas, balki keng xalq ommasiga qaratilgan bo'ladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.47 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.47 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga