Etnopedagogikada insonparvarlik va nafosat tarbiyasi masalalari

Etnopedagogikada insonparvarlik va nafosat tarbiyasi masalalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Etnopedagogikada insonparvarlik va nafosat tarbiyasi masalalari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Etnopedagogikada insonparvarlik tarbiyasi xususida. 2.Do'st tanlash va do'stlik odobi xususida. 3. Estetik tarbiya haqidagi etnopedagogik tasavvurlar. 1 Etnopedagogikada insonparvarlik tarbiyasi xususida Etnopedagogikada insonparvarlik tarbiyasi xalq pedagogik qarashlarining negizini tashkil etadi. Umuman, etnopedagogika manbalarida tasvirlangan barcha obrazlarda insonparvar shaxslar ijobiy obraz sifatida tasvirlanadi. Xalq pedagogikasida insonparvarlik ruhidagi g'oyalar(gumanizm), avvalo, sevgi, oila, bolalar, ota-onalar, qarindosh-urug'lar, qo'ni-qo'shnilar, do'stlar va butun halqqa bo'lgan munosabatlar doirasida ko'p asrlar davomida shakllangan. Ma'lumki, Respublikamizda chinakam insonparvarlik siyosati milliy istiqlol davrida amalga oshirilmoqda. O'zbekiston aholisi milliy tarkibining o'ziga xosligi, ko'pmillatligi, aholi tarkibining 60 % dan ortig'i bolalar ekanligi, ajdodlar yashab kelgan yurtda ularning tarixan turg'un hayot kechirishi va boshqalar insonparvarlik tarbiyasini yanada kuchaytirishni taqoza etayotir. Shuning uchun Respublikamizda xalqqa siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini o'zi tanlash huquqi berilgan. O'zbekistonda tug'ilgan va yashayotgan har bir kishi teng huquqli fuqaro sifatida yashamoqda. Mamlakatda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson manfaatiga qaratilgan. Bu yo'nalish kelajakda ham rivojlanib boradi. Shuning uchun kelajagi buyuk davlatimizning istiqboldagi egalarini haqiqiy insonparvar, komil shaxslar qilib tarbiyalashimiz kerak. Insonparvarlik tuyg'usini tarbiyalash xalq pedagogikasida, avvalo, oilada va oilaviy munosabatlarda amalga oshirilishi zarur deb ko'rsatiladi. Agar bu fikrni hozirgi zamon pedagogik mezonlari doirasida bayon etsak, xalq o'z amaliy hayotida shunga amin bo'lganki, oilada bolaga tarbiyaviy ta'sir etish uchun xalq pedagogikasi tarbiya metodlarini belgilashda tashabbuskor bo'lishi lozim: u bolaning dam olishi, o'quv va mehnat mashg'uloti, ota-ona va qarindoshlar, qo'ni-qo'shnilar bilan munosabat tarzini belgilab berishi kerak. Ayniqsa, oilaviy munosabatlarni to'g'ri o'rnatish g'oyat nozik ish. Unda ota-onaning tarbiyachilik vazifasi amalga oshadi. Oilada bola oila a'zolariaro insonparvarlik tuyg'ularini sezadi. Qarindosh-urug'larga nisbatan odamiylik munosabatlari axloqini his etadi. Ularga nisbatan mehribonlik, izzat-hurmat, insonparvarlik tuyg'ularini tuyadi va buning oqibatida xalq ommasiga bo'lgan muhabbati o'sadi. Yoshlar orasidagi sof do'stlik tuyg'ulari sevgiga aylanadi. Xalq pedagogikasi: Faqat ilk sevgi - haqiqiydir, - deb ta'lim beradi. Sevgi - maslahat so'ramaydi, va Sevgi - o'limdan kuchli ekanligi ta'kidlanadi. Qadimgi Turon xalqida nikoh to'yi oldidan va to'y jarayonida bajariladigan ko'plab insonparvarlik urf-odatlari shakllangan (sovchi qo'yish, qalin solish, to'qqiz tovoq, asal yalatish ). Xalq ertaklarida, afsona va rivoyatlarida, topishmoq va qo'shiqlarida, do'stlik va sevgi ulug'lanadi. Jamiyatning ilk beshigi hisoblanmish oilada yuz beruvchi ziddiyatlarni hal etishning insonparvarona metodlari ko'rsatiladi: yer bilan xotinning urushi - doka ro'molning qurishi ga o'xshatiladi. Yaqinlar urushganda begonalar bayram qilishi, do'stlikni qayta tiklash uchun yon berish (Bir marta yon bersang, yuz marta yutasan) zarurligi ta'kidlanadi. Bolalarga insonparvarlik tarbiyasi berishda ularga ertaklar, dostonlar aytib berish, qo'shiqlar o'rgatish, marosimlarda qatnashtirish, ukalariga muhabbat ruhini tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, quyidagi maqollarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.26 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.26 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga