Reja: 1. Etnopedagogikada jismoniy barkamollikning ijtimoiy ahamiyati haqida. 2. Mehnatning ijtimoiy ahamiyati va mehnatsevarlikning ulug'lanishi. 3. Xayoliy mehnat qurollari va mehnat ahlining e'zozlanishi . 1. Etnopedagogikada jismoniy barkamollikning ijtimoiy ahamiyati haqida o'tmishda insonning tabiat stixiyalariga qarshi kurashdagi ojizligi noma'lum tuyulgan hodisalarga javob topishga undagan. Bo'ron, sel, toshqin, zilzila kabi g'ayri tabiiy ko'ringan kuchlarga qarshi kurasha oluvchi qahramonlar yaratishga olib kelgan. Shuning uchun Avesto da Anaxita xushqomat, zabardast, kamtarin, to'g'riso'z go'zal qiz sifatida namoyon bo'ladi. U kishilarga kuch-qudrat bahsh etuvchi, suvning mo'l bo'lishini ta'minlovchi ma'buda. Avesto yovuzlikka qarshi kurashuvchi pahlavonlar g'olib bo'lishida Allohdan madad so'raydi. Odami Od hikoyasida Odami Od obrazi ham jismoniy barkamollikda tengsiz qahramon sifatida tasvirlanadi. Uning bo'yi bulutga yetadi, kuchli, dengizda baliqni qo'li bilan tutib, quyosh taftida pishirib yeydi. U Nuh payg'ambarni yelkasiga mindirib, toqqa olib chiqibdi. Tog'da to'rtta bahaybat chinorni tomiri bilan sug'urib, ustiga Nuh payg'ambarni o'tirg'izib, dengiz bo'ylab ravona bo'libdi. Nonushtaga bir hovuz suvga non to'g'rab yer ekan, chinordan kema yasab, hamma odamlarni kemaga solib, dengizga tushib, o'zi kemani tortib ketibdi. Avesto dagi adolatli shoh Jamshid ham shunday qudratli qahramon sifatida tasvirlangan. Yetti yuz yil Amudaryoda hukmronlik qilgan yer Xubbi, qahramonlik rivoyatlaridagi To'maris, Shiroq, Zarina, Rustam, Siyovush, Alpomish singari qahramonlar ham o'z jismoniy barkamolligi tufayli yovuzlikka qarshi kurashganlar. Hozirgi paytda unumdor yerlar, tabiiy boyliklar, suv resurslarining kamayishi, alkogolizm, narkomaniyaning kuchayishi singari salbiy omillar insonning jismoniy barkamolligi, sog'lig'i, yoshlar salomatligini asrashni taqoza etmoqda. Komil shaxs tarbiyasida jismoniy tarbiya muhim yo'nalishga aylandi. Xalq hamisha jismoniy tarbiya - salomatlik garovi ekanligini tushungan. Shuning uchun yoshlarga o'yinlar, milliy kurash turlari, sport musobaqalariga, toza havodan foydalanishga alohida e'tibor bergan. Quyosh nuri va suvdan foydalanib, sog'liqni saqlash mumkinligini qadimdayoq tushunib yetgan. Ba'zan o'z sog'lig'iga e'tiborsiz qaragan yoshlarga qarata aytiluvchi o'gitlar shular jumlasidandir: Ikki narsa yo'qotilganidan so'ng qadrlanadi - sog'liq va yoshlik, Tan sihatlik - tuman boylik, qozoqlar: Kambag'alning boyligi - sog'lig'i, - desa, turkmanlar: Sog'liq bo'lsa, erkinlik bo'ladi deyishadi. Shuningdek, xalq sog'liqni saqolash uchun Boshingni salqin, oyog'ingni issiq tut deb pand beradi. Sog'liqni saqlashda ovqatlanish madaniyatiga amal qilishga chaqiradi: Qorning og'risa - og'zingni, ko'zing og'risa - qo'lingni tiy va b. Zararli odatlar oqibati achchiq ekanligi ta'kidlanadi: CHekuvchining ichi ham, puli ham kuyadi. O'z avlodlarini sog'lom, baquvvat, botir bo'lishini orzu qilgan xalq farzandlariga Quvvat, Polvon, Arslon, Botir, Qahramon, Bahodir, Murod, Komil singari ismlar qo'yishni taomilga kiritgan. Dostonlar va ertaklar qahramonlari qahramonlar darajasida tasvirlangan. Ular vositasida yoshlar jasoratiga, mardlik va insonparvarlikka undalgan. Jismoniy tarbiyada Ko'pkari, Qiz quvdi, Olomon poyga, Uloq tortish, Kurash singari milliy ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.86 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.86 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:59 ]
Arxiv ichida: doc