Reja: Xalq pedagogikasida insonning ulug'lanishi. Farzand tarbiyasining ijtimoiy ahamiyati haqidagi etnopedagogika fikrlari. Bola tarbiyasining vorisiyligi xususida. Ijobiy axloqiy sifatlarga erishish va salbiy axloqiy sifatlarni bartaraf etish usullarining kursatilishi. 1. Xalq pedagogikasida insonning ulug'lanishi Vatan - bu faqat yer, suv, tog'lar, daryolar, tabiiy boyliklarda emas, balki u odamlar, ularning ma'naviy-axloqiy sifatlari, ijtimoiy munosabatlari hamdir. Atoqli shoir G'. G'ulom aytganidek: Insonga hurmat bu - o'zni tanimak dir. Shuning uchun ham xalq pedagogikasida inson olamdagi eng ulug' jonzod sifatida ulug'lanadi. Prezident I. Karimovning O'zbekiston- buyuk kelajak sari asarida yangilangan jamiyatning asosiy vazifalari jumlasiga - Insonparvarlik g'oyalariga sodiqlik va g'oyalarning oliy maqsadi inson, uning hayoti va shaxsiy dahlsizligi kiritilganligi bejiz emas. Xalq pedagogikasida azaldan insonni ulug'lash, uning qadr-qimmatini, xalq manfaatini yuqari qo'yish targ'ib etiladi. Jumladan xalq maqollarida olamda yashayotgan barcha kishilarga bu yorug' jahonda har bir inson mehmon ekanligi va buni yodda tutib, bir-birini qadrlash zarurligi uqtiriladi: Bir uy to'la jonsan, Bir biringga mehmonsan. Etnopedagogikada inson shaxsining shakllanishi, tarbiyasi va rivojlanishi murakkab, uzluksiz jarayon ekanligi g'oyatda to'g'ri talqin etiladi.SHuning uchun uni qadrlash, insonni arzimas kamchiliklari uchun yerga urmaslik lozimligi targ'ib etiladi. Negaki, shaxsning shakllanishi jarayoni g'oyat murakkab kechadi va u mashaqqatli mehnat evazigagina yuz beradi. Jumladan: Bir yigit qirq yilda voyaga yetar, yoki: O'z qadrini bilmagan, kishi qadrini bilmas. Qadrlasang, qadring oshar, qadrsizdan hamma qochar. Insonni qadrlash masalasi xalq pedagogikasida bolaga nisbatan munosabatda ham ko'zga tashlanadi.SHuning uchun bolaning tarbiyasiga ona kornidan boshlab e'tibor berish darkorligi ta'kidlanadi. Bola aziz, odobi undan aziz, Bolaginamning bolasi, qandak o'rikning donasi va b. Xalq pedagogikasida insonning ulug'lanishi ota-ona, oilaning boshqa a'zolari, yer-xotin munosabatlari, do'st, qarindoshlarga bo'lgan munosabatlar misolida ko'rsatib o'tiladi. Yomon odamlarni qadrlash befoyda ekanligi ta'kidlanadi. Chunonchi, Davlating-ota-onang, Boqmasang, moling ketar, xo'rlasang, xotining ketar, Bo'z yaktak qichitar, yaxshi xotin tinchitar, Yaxshi-qand yedirar, yomon-pand yedirar, It bilan tenglashma, kuchuk bilan o'ynashma, Yomon o'zini bilmas, o'zgani ko'zga ilmas, Dili qing'irning tili qing'ir kabi maqollar shular jumlasidandir. Dostonlarda tasvirlangan personajlararo konfliktlar ham inson qadr-qimmatini joyiga qo'ymaslik va boshqa salbiy axloqiy sifatlar zamirida tug'iladi. Jumladan, Alpomish, Go'ro'g'li va Bozirgonva boshqa dostonlarda aka-uka, do'stlararo munosabatlarda bir-birini qadrlamaslik oqibatida inson taqdiri va hayotini o'zgartirib yuborish darajasidagi voqealar sodir bo'ladi. 2. Farzand tarbiyasining ijtimoiy ahamiyati haqidagi etnopedagogika fikrlari Farzand inson hayotining davomchisi, orzu-umidlarining ro'yobga chiqaruvchisidir. U faqat oila uchun emas, balki millat, elat, xalq, jamiyat uchun ham qadrlidir. Shuning uchun etnopedagogikada bola tarbiyasi faqat oilaningemas, balki jamiyatning ham vazifasi sifatidatalqin etiladi. Shuning uchun Bir bolaga yetti mahalla ota-ona ekanligi talqin etiladi.ayni paytda bola tarbiyasida jamiyatdagi muhitning ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.17 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.17 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:59 ]
Arxiv ichida: doc