Fan va taraqqiyot Reja: Fan va metodologiya O'zbekistonda Kadrlar tayyorlash Milliy modelida fanining vazifalari Mumtoz fan - boqiy taraqqiyot omili Sharq olimlari va mutafakkirlari ilm-fan haqida G'arb xalqlari mutafakkir, olimlarning ilm-fan haqidagi qarashlari Fan va metodologiya XXI asrda fanning yaratuvchanlik qudratini oshib borishi, ishlab chiqarish kuchiga aylangani ilmiy tadqitotlarning dolzarbligidan dalolat beradi. Har bir fanning metodologiyasi fanshunoslikning tarkibiy qismi, fanning taraqqiyoti esa uning mukammal metodologiyasini yaratilganligiga bog'liq. Fan obyektiv borliq haqida bilimlar tizimi, voqeylikni ilmiy nazariy aks ettirishdir. Hozirgi globallashuv jarayonida, avvalo, har bir axborotga ilmiy yondashish, qolaversa, fanning jamiyat ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy rivojlanishida hozir javob bo'lish davr talabidir. Barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar qatori pedagogika ham byurakratik metodologiya zanjiridan qutildi, ming-ming yillar jahon xalqlari bahramand bo'lgan bizning bobokalonlarimizning ilmiy merosi asosida fanlarning metodologik poydevori yaratildi, Kadrlar tayyorlash o'zbek modelida fanning o'rni istiqboli belgilab berildi. Ilm-fanning dialektik xususiyati, davr talabi, jamiyat buyurtmasiga mos istiqbolli vazifasi har bir fanning metodologik asosini takomillashtirishni taqozo etadi. O'z navbatida fanlarning tez rivojlanishi; har 3-4 yilda uzluksiz ta'lim mazmuni o'zgarib turishi; har tomonlama rivojlangan, intellektual salohiyatli barkamol avlodni tarbiyalashdek dolzarb muammoni ilmiy-metodik ta'minlash metodologiyasini ishlab chiqishni taqazo etadi. Fandagi har bir yangi qadam faqat oldingi yutuqlarga tayangan holda boyitish mumkin; yangi bilim eski bilimni mukammallashgan to'liqroq va aniqroq shakli bo'lib, haqiqatni yanada aniqroq aks ettiradi; o'tmishdagi fan taraqqiyoti yangi fan uchun zamin tayyorlaydi; o'tmishdagi bilimlarning faqat hozirgi davr ilmiy nazariyalariga mos keluvchi elemintlargina ahamiyatlidir. Falsafa lug'atida: fan reallik haqidagi obyektiv bilimlarni tayyorlash va nazariy tizimlashtirish funksiyasiga xos inson faoliyati sohasidir. Tarixiy taraqqiyotda fan jamiyatda ishlab chiqarish kuchiga va muhim ijtimoiy institutga aylanadi. Fan tushunchasi o'ziga yangi bilimni egallashdagi faoliyat va shu faoliyat natijasida dunyoning ilmiy manzarasi haqidagi shu davrgacha bo'lgan ilmiy bilimlarni mujassamlashtiradi: Fan atamasi ilmiy bilishning alohida sohalarini belgilashda ham ishlatiladi va boshqa manbalarda fan reallik haqidagi obyektiv bilimlarni yaratish va nazariy tizimlashtirish xususiyati ko'rsatilgan. Prof. N. SHermuhammedova fanning mohiyati haqida quyidagcha xulosaga keladi: 1.Umumiylik va tizimlilik; 2.Umumahamiyatlilik (intersubyektivik); 3.Obyektivlik (bilish subyektiga bog'liq emasligi); 4.Maxsus bilish metodlarining mavjudligi (nazariy va ekspimental); 5.Asoslanganlik (verfikatsiya); 6.Tanqidiylik (falsofikatsiya); 7.To'ldiruvchanlik (koriuskulyar - to'lqinli dualizmdan P.Fayerbendning metodologik anarxizmigacha); 8. Vorisiylik (mos kelish tamoyilida namoyon bo'ladi); O'zida metodologiya yoki o'z metodi haqidagi ta'limotni mujassamlashtirgan bilish faoliyati sohasi haqiqiy fan bo'lishi mumkin, deb yozadi. Fanshunoslikda fanlar avvalo ikki turkumga bo'linadi: tabiat haqidagi fanlar va ijtimoiy gumanitar insonni o'rganadigan fanlar. Barcha fanlarni tabiiy deb atash mumkin, zero insonning o'zi tabiatning bir bo'lagidir, demak uning ma'naviy va moddiy faoliyati barcha tirik mavjudotlar faoliyati tabiiy ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
311.96 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
311.96 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:59 ]
Arxiv ichida: doc