Fanda ijod qilish va ilmiy tadqiqot tushunchasi

Fanda ijod qilish va ilmiy tadqiqot tushunchasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Fanda ijod qilish va ilmiy tadqiqot tushunchasi - rasmi

Material tavsifi

Fanda ijod qilish va ilmiy tadqiqot tushunchasi Reja: Ijodiy tafakkur va ijtimoiy-ijodiy faoliyat Ilmiy ijodiyotning rasional va norasional tomonlari Ilmiy bilish va tadqiqot tushunchalari Ilmiy tadqiqot: turlari, strukturasi Ilmiy bilish darajalari va shakllari Ijodiy tafakkur va ijtimoiy-ijodiy faoliyat Magistratura ta'limi haqida gapirganimizda, bu bosqichda magistrantlar hal etilmagan, hali ochilmagan yoki yetarli ma'lum bo'lmagan narsa va hodisalarga tegishli muammolarni o'rganishga kirishishlari haqida malohaza yuritdik. Demak, magistrantlar tadqiqotchi sifatida izlanish olib borganlarida yangi tushuncha, xulosa yoki tavsiya ishlab chiqish shaklida ijod qilish bilan shug'ullanadilar. Ular chop etadigan maqolalarda, yozadigan dissertasiyalarida yangicha yondashuv, faktlarni yangicha talqini, yangi mazmunga ega bo'lgan xulosa va tavsiyalar berilishi lozim. Bu esa ilmiy ijodiyot jarayonini anglatadi. Fanda ijodiyot o'ziga xos xususiyatlarga ega. Shu bois, ijodiyot tushunchasiga, ilmiy ijodiyot mohiyatini tushunish masalasiga to'xtalib o'tamiz. Ijodiyot inson faoliyatining yangi narsalar yoki qadriyatlar yaratishga qaratilgan xislatini bildiradi. Inson, jamoa, kishilar va tashkilotlar uyushmasini ijodiyot subyekti, deb atash mumkin. Ijodiyotga aniqroq qilib quyidagi ta'rifni berish mumkin: ijodiyot - bu insonni tobora takomillashib borayotgan xilma-xil ehtiyojlarini qondiradigan yangidanyangi moddiy, ijtimoiy va ma'naviy qadriyatlar yaratish faoliyatidir. Fanda yaratiladigan yangi g'oyalar, nazariyalar va texnologik loyihalar ma'naviy qadriyatlar turiga kiradi. Ijodiyot xususida so'z yuritganda ijodiy tafakkur va ijtimoiy-ijodiy faoliyatni farqlash lozim. Birinchisi ma'naviyat, san'at, fan sohasida yaqqol namoyon bo'ladi. Islohotlarni amalga oshirish, yangi ijtimoiy tuzilmalarni bunyod etish ijtimoiy-ijodiy faoliyatni bildiradi. Fanda ijodiy tafakkur va ijtimoiy-ijodiy faoliyat birlashadi. Bunday birlashishni natijasi sifatida xalqaro ilmiy hamkorlik, fanning tashkiliy strukturalarini takomillashtirish, fan sohasida islohotlarni joriy qilish kabi jarayonlarni ko'rsatish mumkin. Endi ilmiy ijodiyot tushunchasi ta'rifini beramiz: ilmiy ijodiyot-bu bilish shakllari va unsurlarini tafakkurda rasional va norasional tarzda harakatlantirib, yangi ilmiy va texnologik qadriyatlar yaratish faoliyatidir. Bu yerda bilish shakllari va unsurlari deganda,tasavvur,tushuncha,g'oya,nazariy qoidalar va turli uslubiy vositalar ko'zda tutiladi.Bularni hammasi tafkkurda anglash,mulohaza yuritish,tahlil qilish va taqqoslash jarayonida rasional fikrlash tarzida,ya'ni,aqliy,mantiqiy izchillik bilan harakatga keltiriladi,obyekt o'rganiladi.Ayni paytda ruhiyatimizning ong osti qatlamida murakkab muammoli vaziyatda intuitiv va nogahon fahmlash yo'li bilan ham norasional bilish va ijod qilishni amalga oshirish mumkin. Yangilikni ochish, yaratish xarakteriga qarab kashfiyot va ixtironi farqlaydilar. Biror narsa kashf qilinganda oldin ma'lum bo'lmagan obyektlar, xossalar ochiladi. Agarda fanda nazariy g'oyalar va tasavvurlar rivojlangan holatda bo'lsa, unda yangi ochilgan hodisa tadqiqot obyektiga aylanadi va ma'lum vaqt oralig'ida uning mohiyati tushuntiriladi. Lekin, har doim shunday bo'lavermaydi. Niderlandiya olimi Levenguk (1632-1723) birnchi marta o'zi ixtiro qilgan mikroskopda hujayralarni kuzatdi. Vaholanki, hujayrani biologik mohiyatini tushuntiradigan nazariya faqat XIX asrda nemis biologi T. Shvann tomonidan ishlab chiqildi. Shu o'rinda aytish kerakki, Shvanni o'zi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 415.59 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 415.59 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga