Fanlar aro va kurslar aro aloqa bog'lash Reja: 1. Fanlar aro muammoning didaktik manosi 2. Fanlar aro aloqa bog'lash mazmunining asosiy aspektlari 3. Fanlar aro aloqa bog'lash uslublari. 4. O'qitish metodlari klassifikatsiyasi. 5. O'qitish metodlari va usullari haqida tushuncha 6. Metodik usullar (sistemasi) tizimlari. 1. Tizimi (sistematik) bilim, tushuncha va duneqarash, g'oyalarni shakllantirish uchun fanlar aro aloqa bog'lash zarur bo'ladi. Fanlararo aloqa bog'lash predmetlar uchun umumiy bo'lgan faktlar, tushuncha va g'oya, o'qish mehnatining ko'nikma va malakalarini shakllantirish bo'yicha o'rnatilishi kerak. Shuning uchun har bir maktab (dars) predmetlarining faktik va nazariy materiallarining boshqa predmetlardagiga tug'ri keladigan tomonlarini hisobga olish lozim. Predmetlar aro bog'lanishlarning umumiy nazariyasi tarixni, huquqshunoslikni, inson va jamiyat fanlarini o'qitish jaraenida katta amaliy ahamiyatga ega. Bu predmetlar o'z-aro har tomonlama yaqin bo'lib qolmasdan, ular boshqa predmetlar bilan ham bog'lanishlarga ega bo'ladi. Tarix inson jamiyati haetining rivojlanishining har xil bosqichlaridagi tomonlarini qarab chiqadi. Shuning uchun tarix kursida faqat gina gumanitar (ijtimoiy) emas, balki tabiiy-matematik sikldagi predmetlar bilan bog'lanishtirishga ega bo'ladi. Masalan: Qadimgi Misr mavzusida uni bog'lanishtirish mumkin bo'lgan predmetlar uslubiy qo'llanmalarda qo'yidagicha ko'rsatiladi: Tabiatshunoslik (IV sinf-Yer quesh va boshqa osmon jismlari. Kalendar), Geografiya (V sinf. Xarita-yerning, relf formalarining shartli tasviri), Matematika (V sinf Joydardagi o'lchash). Tarix. (Qadimgi Misr). Tarixiy faktlar tarbiyaviy xususiyatiga ega. Uni shakllantirishda u bo'yicha jonli, obrazli tasavvur hosil qilish kerak. Bunda predmetlar aro bog'lanishga erdam beradi. Tarixni ko'pincha adabiet va boshqa ijtimoiy fanlar bilan bog'lanishtirish mumkin. Masalan: O'zbekiston tarixi bo'yicha O'rta Osie xonliklarining XIX asrning oxiri XX asr boshidagi madaniyati degan mavzuni o'zbek (tili) va qoraqalpoq xalqlari adabieti fani bilan bog'lantirish mumkin. Shuningdek Temuriylar davridagi madaniyat mavzusida masalan Alisher Navoi poeziyasi adabiet fanidan ham o'rin olgan. Bu mavzular orqali katta tarbiyaviy ahamiyatga ega mazmun beriladi. Masalan: Navoi asarlaridagi odamiylik mavzusi: Odami ersang demagil odami, Onikim yo'qdir xalq g'amidan g'ami Odam borki odamlarning naxshidur, Odam borki, undan hayvon yaxshidur . Shu kabi misollarni XIX asr-XX asro boshidagi qoraqalpoq adabieti bilan bog'lantirishda ham foydalanish mumkin. Berdaq, Ajiniez, Kunxudja va boshqa shaxslarning ijodi ham tarbiyaviy ahamiyatga ega. IX-XI sinflardagi madaniyat mavzusida, uni jug'rofiya, adabiet predmetlari, shuningdek ximiya, biologiya bilan bog'lantirish mumkin. Har xil predmetlarini bog'lantirish o'qituvchidan katta bilimni talab qiladi. Ayniqsa mazmunlarini bog'lantirish juda murakkab. Birinchidan: predmetlar aro xarakterga ega bo'lgan tushunchaning (struktura) tuzilishi mazmuniy manosini aniqlash kerak. Ikkinchidan: bu tushunchaning qanday belgilari bor ekanligini va o'rganilaetgan predmetlarda qanday hajmda qaraladiganliklarini bilish kerak. Predmetlar aro va kurslar aro bog'lanishlar keng umumiylashtirish uchun mumkinchilik ochadi. Shuningdek bunday bog'lanish ko'nikma va malakalarni ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.06 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.06 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:59 ]
Arxiv ichida: doc