Fanning nazariy mashg'ulotlari mazmuni Reja 1 О'zbekiston Respublikasida kasbiy ta'limning rivojlanish tarixi. 2 Talim tо'g'risidagi qonun, kadrlar tayyorlash milliy dasurini amalga oshirish jarayonida kasbiy talim tushunchasi va о'rta maxsus kasb-hunar talimiga qо'yilgan talablar. 3 Kasbiy ta'lim pedagogikasi fanning umumkasbiy fanlar turkumida tutgan о'rni va aloqadorligi. «Ta'lim to'g'risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturini mohiyatini aniqlash uchun bu hujjatlarni qabul qilinishiga qanday sabab va oqibatlar turtki bo'lganligini qarab chiqmog'imiz, 1997-yilgacha mavjud bo'lgan eski ta'lim-tarbiya tizimining kamchiliklari va muammolarini tahlil qilib ko'rmog'imiz kerak. Eski kadrlar tayyorlash tizimining kamchilik va muammolari qo'yidagilardan iborat edi: -Kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o'zgarishlar va bozor islohatlarini talablariga muvofiq emasligi; -O'quv jarayonining moddiy-texnika bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi; -Sifatli o'quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materialning kamchiligi; -Ta'lim tizimi fan va ishlab chiqarish o'rtasida puxta hamkorlik va o'zaro foydali integratsiyaning yo'qligi; -Ta'lim tarbiya va o'quv jarayonlarining tarkibi, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog'lash, ya'ni uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal qilingan emas; -amaldagi ta'lim tizimi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmayotganligi; -Mutaxassislar tayyorlash, ta'lim-tarbiya tizimi jamiyatda bo'layotgan islohot, yangilanish jarayonlari talablari bilan bog'lanmaganligi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi-ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to'la halos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. Ushbu maqsadni ro'yobga chiqarish quyidagi vazifalarni hal etilishini nazarda tutadi: -«Ta'lim to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ta'lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta'lim muassasalari hamda ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini yagona o'quv ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta'minlash; -Ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik, huquqiy davlat qurilish jarayoniga moslash; -Kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko'rish va hakazolar. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich (1997-2001) asosan yangi uzluksiz ta'lim tizimi uchun meyoriy asoslarni yaratish ishlari amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqich (2001-2005) ta'lim sifati ta'minlanadi. Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to'plangan tajribalar umumlashtirilib tahlil qilinadi va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. Uzluksiz ta'lim turlari quyidagilarni o'z ichiga oladi: -maktabgacha umumiy o'rta ta'lim; -o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi; -oliy ta'lim; (bakalavriat, magistratura) -oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim; -kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; -maktabdan tashqari ta'lim; Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilinishi o'quvchi yoshlarni mehnatga, hayotga, ishlab chiqarishning biror tarmog'ida kasb egasi bo'lib ishlash masalasiga katta e'tibor berilishi; kasb ta'limi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.3 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.3 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:59 ]
Arxiv ichida: doc