Fan-texnika taraqqiyoti va ekologik vaziyatning keskinlashuvi

Fan-texnika taraqqiyoti va ekologik vaziyatning keskinlashuvi

O'quvchilarga / Pedagogika
Fan-texnika taraqqiyoti va ekologik vaziyatning keskinlashuvi - rasmi

Material tavsifi

Fan-texnika taraqqiyoti va ekologik vaziyatning keskinlashuvi Tabiat va jamiyat orasidagi munosabatlardagi ziddiyat-larning keskinlasha borishi ekologik muammoni ham yuzaga keltirdi. Ushbu jarayon tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonunini bilish asosida ishlab chiqaruvchi kuchlarning, ularni tashkil etish uslublarining rivojlantirilishi bilan bevosita bog'liq va aloqadordir. Chuqurroq o'ylab ko'rsak, gap fan va texnika yutuqlarini xalq xo'jaligiga tatbiq etish xususida bora-yotganiga amin bo'lamiz.Darhaqiqat, fan va texnika taraqqiyoti, bir tomondan, in-son qo'lini uzun qilgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, tabiatdagi muvozanatning buzilishiga sabab bo'lmoqda. Fan ijtimoiy ongning mustaqil shakli sifatida ikki ming yildan buyon rivojlanib kelmoqda. Biroq u vujudga ke-lishi bilanoq moddiy ishlab chiqarish jarayoniga ta'sir ko'r-sata boshlagani yo'q, albatta. Ibtidoda fanning yutuqlari em-pirik xarakterga ega bo'lgani, o'rta asrlar davomida ijtimoiy ishlab chiqarish bo'g'inlari, bosqichlarining bir-biridan aj-ralganligi fanning ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokini cheklab qo'ygan edi. Industrial ishlab chiqarishning vujudga kelishigina fanning ishlab chiqarish jarayonidagi rolini va o'rnini mustahkamladi. Bundan ko'rinib turibdiki, fan va tex-nika yutuqlarini xalq xo'jaligining turli tarmoqlariga tatbiq etilishi jarayoni XVII-XVII asrlardan boshlandi. Tabiat haqidagi bilimlarning asta-sekinlik bilan orta borishi ilmiy qarashlar, g'oyalar dunyosining tubdan o'zgarishiga sabab bo'ldi. Natijada mutlaqo yangi ilmiy sistema yuzaga kel-di. Ushbu o'zgarishlar ikki bosqichda ro'y berdi. Birinchi bos-qichda mehnat vositalari asta-sekinlik bilan o'sib bordi. Bunda texnik vositalar va ularning tabiiy-ilmiy asoslari tubdan o'zgarmagani bois, fan va texnika yutuqla-rining xalq xo'jaligiga tatbiq etilishi sistemaviy xarakterga ega bo'lmadi. Shu sababdan ham ushbu bosqichda energiya zahiralarining kamaya borishi tashvishli vaziyatni yuzaga keltirmadi. Yigirmanchi asrda ushbu o'zgarishlar ikkinchi bosqichga qadam qo'ydi. Bu bosqichda ilmiy bilimlar hajmi va diapazoni shu qadar kengaydiki, endilikda fan ishlab chiqaruvchi kuchga aylandi, ilmiy bilimning yuqori darajasiga asoslangan meh-nat vositalari shakllana boshladi. Fan va texnika inson ama-liy faoliyatida qo'llanadigan quvvatning diapazonini kengay-tirib yubordi. Chunonchi, u 0,1x10-18 vatt quvvatga ega bo'lgan eng zaif signalni ilg'ashga qodir asboblarni yaratishning uddasi-dan chiqdi. Ikkinchi tomondan esa kosmik qudratga ega vodorod bombasini barpo etdi. Bunday mislsiz kashfiyotlarning qilinishiga eng avvalo ilmiy informatsiyalar hajmining kengayib borishi zamin tayyorladi. D.Praysning hisob-kitoblariga qaraganda, 1665 yilda jahonda atigi 1ta ilmiy jurnal chop etilgan bo'lsa, 1750 yilda 10 ta, 1800 yilda 100 ta, 1850 yilda 100 ta, 1900 yilda 10 mingta, 1960 yilda 100 mingta jurnal nashr qilingan.(30,95) Bugungi kunda ularning soni millionga yaqinlashib qoldi. Faqatgina 1860-1960 yillarda tabiatshunoslik fanlariga doir 6 milliondan ortiq ilmiy publikatsiyalar yaratildi. E'-tiborli joyi shundaki, ana shu publikatsiyalarning teng yarmi 1946-1960 yillarda dunyoga kelgan.(26,41) Ko'rinib turibdiki, XIX asrning oxiri - XX asrning birinchi yarmida ilmiy in-formatsiyalar hajmi geometrik progressiya asosida ko'payib bordi. XX asrning birinchi yarmi ilmiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.24 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.24 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga