Faoliyat- odamni shaxs sifatida shakllantirish asosi ekanligi Reja: 1. Faoliyat va shaxs 2. Faoliyat va uning shaxs shakllanishidagi roli. 3. Faoliyatning yetakchi turlarini uyushtirish bola shaxsini shakllanishiga ta'siri. Tayanch iboralar; Faoliyat, shaxs, faoliyat turlari, faoliyatning impulsiv xarakteri . Faoliyat odamning ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) aktivligidan iborat bo'lib, anglanadigan maqsad bilan boshqariladi. Faoliyat bilish va iroda bilan ajralmas bog'liqdir, faoliyat bilish va irodaga asoslanadi va bu jarayonlarsiz vujudga kelmaydi. U maqsadga qaratilgan aktivlik ko'rsatish jarayonidir. U maxsus insoniy tipdagi aktivlikning o'ziga xos xususiyatlari mavjud . Ulardan; 1) faoliyatning mazmuni shu faoliyatni amalga oshiradigan ehtiyojlarning o'zi bilangina belgilanmaydi . Agar ehtiyoj faoliyatga motiv sifatida madad berib, uni ragbatlantirsa, faoliyatning o'z shakli va mazmuni ijtimoiy manfaatlarini jamiyat manfaatlari bilan uygunlashtira olish sifatlarini rivojlantiradi. Odamda har xil turdagi faoliyatning paydo bo'lishi va taraqqiyoti juda murakkab va uzoq davom etadigan jarayondir. Bolaning faolligi uning kamolati davomida fakat sekin- asta, ta'lim va tarbiyaning ta'siri ostida ongli maqsadga mos faoliyat shakllana oladi. Avvalo, bu faollik impulsiv (yani ixtiyorsiz) xarakterda bo'ladi. Keyinchalik kommunikativ xulk-atvor rivojlanadi. o'zaro munosabat va informaUiya allashishning eng asosiy vositasi bo'lgan nutq orqali aloqa qilishni bilib oladi. nutqni uzlashtirish obrazlarni narsalar va harakatlardan ajratish, narsalarning mazmunini farq qilish hamda ularni xotirada mustahkamlab, ish-harakatlarni boshqarishda foydalanishning eng muhim shart-sharoitlarini yuzaga keltiradi. Bu esa usib kelayotgan yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish va uni jamiyatimiz uchun komil inson qilib shakllantirish imkonini beradi. Tarbiya bolaning aktiv faoliyatini to'g'ri tashkil etib, yulga solib tursa, undagi shakllanayotgan mavjud sifatlar faoliyatning har xil turlarida namoyon bo'lib, usayotganini hisobga olib tursa, tarbiya muvaffakiyatli bo'ladi. Bola psixikasi o'yin, o'qish, o'rganish, mehnat va ijtimoiy faoliyat jarayonida usadi. o'yin bog'chagacha va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar faoliyatining yetakchi turidir, bola shaxsini tarkib toptiradigan faoliyatning birinchi turi o'yindir. o'yin bola shaxsining kamolga etishiga xar tomonlama ta'sir kursatadi. o'yin xar bir yosh davrida bolaning tevarak atrofdagi dunyoni va kishilar o'rtasidagi munosabatlarni bilib olishni ifodalaydi. Bolalarning moddiy dunyoga, kishilarga, uziga munosabati uzgarayotgani o'yinda namoyon bo'ladi . Bolalarning ehtiyojlari, istak va kizikishlari bevosita o'yinda ifodalanadi . o'yin bolalarning xayolparastliklari sababli narsalar va kishilar dunyosini ular uchun makul tomonga « uzgartish» imkoniyatini beradigan faoliyatdir. Pedagogik nuqtai nazaridan, oqilona yulga qo'yilgan o'yin shaxsni xar tomonlama ustiradi: bilish, iroda va hissiy jarayonlarni, xarakter sifatlarini taraqqiy ettiradi va sog'liqni mustahkamlaydi. Bolalar o'yinlari ma'naviy sifatlarning mustahkamlanishi uchun va odob- axloq qoidalarini bilib olish uchun keng imkoniyatlar beradi. Bolalarning ehtiyojlari, istaklari va mustaqillikka intilishlari bilan ularning real kuchlari va imkoniyatlari o'rtasidagi ziddiyatlar o'yinda echiladi. o'yindan xulosa boshlanadi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.74 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.74 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:00 ]
Arxiv ichida: doc