Mavzu: Farobiyning Fozil odamlar shahri asarining ta'limiy axloqiy ahamiyati Latipova nafosat Farobiy (taxallusi; to'liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug' Tarxon Forobiy) (873, Farob shahri - 950, Damashq) - O'rta Osiyoning mutafakkiri va qomusiy olimi. Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar bitganligi va jahonga targ'ib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta o'zlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qo'shgani uchun 'al Muallim assoniy ('Ikkinchi muallim, Aristoteldan keyin), 'Sharq Arastusi nomlariga sazovor bo'ldi. Farobiy Sirdaryo sohilidagi Farob (O'tror) degan joyda turkiy qabilaga mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud topadi. O'sha davrda Movarounnahrda somoniylar sulolasi hukmronlik qilayotgan edi. Bo'lajak faylasuf boshlang'ich bilimini O'trorda olgandan so'ng, o'qishini Toshkent, Samarqand va Buxoroda davom ettirdi. Farobiy ilmini yanada chuqurlashtirish maqsadida Bag'dodga yo'l oladi. Olim yo'l-yo'lakay Eronning yirik shaharlari Ray, Hamadon, Isfahon va boshqa joylarda bo'ladi. Bag'dodda Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlaridan kelgan talaba va olimlar to'plangan edi. Bu yerda ko'zga ko'ringan olim-u fuzalolar bilan tanishdi, yunon falsafiy maktabi, turli fan sohalari namoyandalari bilan uchrashib, ulardan ilm sirlarini o'rgandi. Mutafakkir borliq muammosini 'vujudi vojib va 'vujudi mumkin ta'limotidan kelib chiqqan holda tushuntiradi. Uningcha, 'vujudi vojib barcha mavjud yoki paydo bo'lishi mumkin bo'lgan narsa, jism va moddalarning birinchi sababchisidir. Farobiy Xudoga birinchi sabab, birinchi mohiyat, deb ta'rif beradi. Xudo birinchi sabab sifatida boshqa sabab va turtkiga muhtoj emas. U yaratadi, lekin boshqa narsalar tomonidan yaratilmaydi. Allohning zotiga qarama-qarshilik, ziddiyat, turli nuqsonlar, beqarorlik va boshqa jarayonlar xos emas. Biz yashayotgan zamin qadim-qadimdan madaniyat va ziyo maskani bo'lib, xalqimiz boy madaniy merosga, yuksak qadriyatlarga ega xalqdir. Buyuk bobomiz Amir Temur, jahonga mashhur mutafakkirlarimiz Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al- Buxoriy, аl-Marg'inoniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Abduxoliq G'ijduvoniy, Bahovuddin Naqshband, Ahmad alFarg'oniy, Muhammad Tarag'ay Ulug'bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Pahlavon Mahmud va yurtimizda yashab ijod etgan boshqa ko'plab siymolar jahon fani, madaniyati va sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo'shganlar. Shu sababli mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o'z nutqlarida doimo xalqimiz boy madaniy merosini izchillik bilan o'rganishga, undan yoshlar ma'naviyatini shakllantirish va rivojlantirishda foydalanishga da'vat etib kelmoqdalar. ―Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun ajdodlarimizning madaniy-ma'naviy boyligini chuqur va har tomonlama o'rganishimiz darkor[1]. Forobiy asarlari Sharq va G'arb olimlarini haligacha bilim doirasining kengligi bilan hayratga solib kelmoqda. U fanning turli sohalari bo'yicha 160 dan ortiq asar yozgan, lekin ko'plari bizgacha yetib kelmagan. Uning «Fozil odamlar shahri», ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.19 MB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:00
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.19 MB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:00 ]
Arxiv ichida: pptx