Farzandining ta'lim - tarbiyasiga e'tiborsiz ota-onalar bilan ishlash samaradorligini oshirish

Farzandining ta'lim - tarbiyasiga e'tiborsiz ota-onalar bilan ishlash samaradorligini oshirish

O'quvchilarga / Pedagogika
Farzandining ta'lim - tarbiyasiga e'tiborsiz ota-onalar bilan ishlash samaradorligini oshirish - rasmi

Material tavsifi

Farzandining ta'lim -tarbiyasiga e'tiborsiz ota-onalar bilan ishlash samaradorligini oshirish Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo haloqat, yo saodat - yo faloqat masalasidir Abdulla Avloniy Oilada farzand tarbiyasi haqida gap ketganda beixtiyor taniqli ma'rifatparvar Abdulla Avloniyning Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo haloqat, yo saodat - yo faloqat masalasidir degan chuqur ma'noli so'zlari inson e'tiborini tortadi. Odamni tashvishga soladigan bir qaraganda e'tiborsizdek tuyuladigan, lekin oqibati tanazzulga, johillikka olib boradigan bir omil, ya'ni oilada farzand tarbiyasiga e'tiborsizlik illati millatning ma'naviy tanazzulining asosi desak hecham mubolag'a bo'lmaydi. Rivoyatlarga ko'ra, bir odam farzandi uch yosh bo'lganda Aflotunning oldiga boradi: Taqsir, farzandim uch yoshga to'ldi, endi uni qanday tarbiyalasam ekan, maslahat bersangiz, - deydi. Aflotun esa: Afsus, farzandingiz tarbiyasiga uch yil kechikibsiz, - deb javob beradi. Demak, donishmandlarning xulosalariga ko'ra, farzand hali dunyoga kelmasdan turib tarbiyaga ehtiyoj sezadi. Boshqacha qilib aytganda, farzand tarbiyasi u onaning qornidaligidayoq boshlanadi. Ota-ona buni juda chuqur tushunishi, anglab olmog'i lozim. Shuning uchundir, ayrim mutaxassislar homilador onaga ko'proq mayin, sokin musiqa tinglashni, shovqin-suronlardan, baqir-chaqirlardan uzoqroq bo'lishni tavsiya etadilar. Biz oilada farzand tarbiyasiga e'tiborsizlik inson, xalq, millat uchun ayanchli oqibatlari to'g'risida ota -onalar orasida keng ko'lamdagi maqsadli va mazmunli tadbirlarni olib borishimiz maqsadga muvofiq. Zero, buyuk vatandoshimiz Imom G'azzoliy aytganidek Bolalar ota-onalariga berilgan bir omonatdir. Bolaning qalbi har qanday nAQSH-u tasvirdan xoli bir qimmatbaho gavhardir. U qanday nAQSH solinsa, qabul qiladi, qayoqqa bukilsa, egiladi. Agar yaxshilikka o'rgatilsa, shu bilan o'sadi va dunyo-yu oxiratda saodatga erishadi., Uning savobiga ota-onasi ham, har bir muallim-u ustozlari ham sherik bo'ladilar. Agar yomonlikka odatlantirilsa, hayvonlardek o'z holiga tashlab qo'yilsa oxir-oqibat halok bo'ladi. Gunohi esa uning tarbiyasi uchun javobgar bo'lganlarning gardaniga tushadi. Tarbiya masalalariga e'tiborsiz qaralgan vaziyatda yuzaga keladigan ko'ngilsizliklar ham, u keltirib chiqaradigan zararli oqibatlar ham barchamizni ogohlikka da'vat qilmog'i lozim. 2024-yil 5-fevral kuni Prezident Sh.Mirziyoyev raisligidagi yig'ilishda ota-onalar uchun farzand tarbiyasiga oid yaxshi xulqli bo'lish atrofdagilar bilan muloqot qilishni o'rganish va bilim olishga ehtiyojini shakllantirish, kasb-tanlash, jamiyatga moslashish, katta hayotga qadam qo'yishda farzandlarga qanday yo'l-yo'riq berish zarur, degan savollar yuzasidan ota-onalar uchun maktab-ota-ona-mahalla zanjiri asosida elektron muloqot platformasini ishga tushirish vazifasi topshirildi Farzandining tarbiyasi bilan qiziqmagan, yetarlicha g'amxo'rlik ko'rsatmagan ota-onalar O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 47-moddasi bilan ayblanadilar Oila kodeksining 73-moddasida Ota-onaning bolalarga ta'lim-tarbiya berishga oid huquq va majburiyatlari belgilangan.Bunda Ota-ona o'z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart. Ota-ona o'z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular o'z bolalarining sog'lig'i, jismoniy, ruhiy, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 324.75 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:00 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 324.75 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga