Reja: 1. Fikr rivoji ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va shaxs kamolotining harakatlantiruvchi kuchi. 2. Fikrning ma'nosi, ta'rifi. Inson fikriy faoliyati rivoji. 3. Fikr tarbiyasi, mustaqil ijodiy fikrlashni tarbiyalash. 4. Kasbiy fikrlashning afzalliklari. Fikr inson faoliyati, uning o'zligini kuchi, kudratini, o'zagini tashkil qiluvchi ma'naviy-insoniy sifatdir. Insonning erkin va ozodligi uning fikrining mustaqilligi, erkinligidan boshlanadi. Aslida fikr erkinligi insonning asosiy ma'naviy-insoniy huquqidir. Shuning uchun O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining birinchi kunlaridanok Vijdon erkinligi haqidagi qonunni kabul qilinishi bo'ldi. Chunki bu qonun insonning asosiy ma'naviy-insoniy huquqi fikr erkinligini qonuniy kafolatlagan edi. Shuning uchun ma'naviy-insoniy qadriyatlarning asosi bo'lgan insonning o'zligini anglash fikr erkinligini anglashdan boshlanadi. Fikr rivoji ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo'lganligi uchun fikr rivojining tarixi insonlar munosabatini, hayotini belgilovchi asosiy ijtimoiy tamoyillar tarixiga bog'liq. Inson yaratilishining ilk davrlarida fikr tabiatdagi jarayonlarni anglash, ulardan yashash uchun foydalanish va o'zini muhofaza qilish shaklida bo'lgan. Shu asosda inson fikri rivojlanib, inson mehnatining boshqa moddiy, ma'naviy ko'rinishlari vujudga kela boshlagan. Sekin-asta insonlar orasidagi mahsulot ayirboshlash munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni keltirib chikara boshlagan. Insoniyat taraqqiyotida fanlar va o'quv fanlarning paydo bo'lishi ilm-fan yo'lidagi katta yutuk bo'lishi bilan birga fikrlash uslublarida hayotiy, tabiiy jarayonlardan tushunchalar asosida fikrlash ustunlik kila boshladi. Endi ta'limda nazariyani amaliyot bilan bog'lash tamoyili ilgari surildi. Dunyoqarash va ijtimoiy munosabatlarning kommunistik mafkuraga asoslangan tuzumi esa inson fikri erkinligiga zid bo'lib, fikrni bir gegemon oqimga yo'naltirishga harakat kildi. Buni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va inson kamolotiga zid ekanligini hayotning o'zi, 74 yillik sobiq Sho'rolar tuzumi isbotladi. O'zbekistonda Prezidentimiz I.A.Karimov boshchiligida kurilayotgan huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati har bir kishilikning huquqiy qadriyatlarini ro'yobga chiqarish orqali farovon hayotga erishishni bosh maqsad qilib ko'ygan. Fikrning o'zi nima? Ko'p xollarda fikr hayotiy, tabiiy jarayonlarni inson miyasida aks etishi deb karaladi. Bunda fikrni rivojlantirish sifati hisobga olinmaydi. Fikrga qisqa qilib, inson miyasida ma'nolarning o'zaro boglantirilishi va rivojlantirilishi deb ta'rif bersak ancha zamonaviylashadi. Bunda ma'nolar fakat tushunchaning ma'nosi emas, balki ancha keng hayot ma'nosi sifatida karaladi. Tushuncha jarayon bilan uygunlashsa to'la ma'no kasb etadi. Fikr bosqichlari: anglash, mushoxada, shuur, tafakkurdan iborat. Shuur uch narsadan iborat: - fikr ravshanlashuvi, - mushoxada, - anglamok. Mushoxada hayotiy, amaliy, tabiiy jarayonlar asosida tushuncha, vokea, hodisalarning tahlili. Tafakkur arabcha mufakkir, mufakkirotun so'zlaridan olingan bo'lib, chuqur ma'noli, teran mazmunli, chuqur fikrlash qobiliyati degan ma'noni anglatadi. Fikr haqida fikrning quvvati - uning ilmiyligi, chuqurligi, fikrning ziynati - ezgu niyat, maqsadga bagishlaganligi, kengligi - keng kamrovliligi, sofligi - poklik, aniq sohaga yo'nalganligi sifatlar mavjud. Fikrlashning xronologik, muammoli, gipotetik, evristik, induktiv, diduktiv, amaliy-konstruktiv va xokazo turlari mavjud. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.72 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.72 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:00 ]
Arxiv ichida: doc