O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI Fizika-matematika fakulteti FIZIKA KAFEDRASI ESHPULATOV SIROJ SHOKIR O'G'LINING 5140200-Fizikata'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavr darajasini olish uchun Akademik litseylar fizika ta'limini shaxsga yo'naltirilgan pedagogik texnologiya asosida tashkil etish mexanika bo'limi misolida mavzusida yozgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI Ilmiy rahbar: dots. G. S. UZOQOVA Qarshi - 2016 MUNDARIJA KIRISH ……3 1-BOB. SHAXSGA YO'NALTIRILGAN PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA- LARНИНГ NAZARIY ASOSLARI 1.1 O'quv jarayonini pedagogik texnologiya asosida tashkil etishning zaruriyati 9 1.2 Shaxsga yo'natirilgan pedagogik texnologiyalarнинг nazariy asoslari .….…13 1.3 Shaxsga yo'naltirilgan o'qitish texnologiyalarning amalda qo'llanilishi……19 2-BOB. SHAXSGA YO'NALTIRILGAN PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANI TA'LIM TIZIMIDA QO'LLANILISHI 2.1 Ta'lim texnologiyasida ta'lim oluvchi shaxsi ob'ekt va sub'ekt sifatida25 2.2 Mexanika bo'limini shaxsga yo'naltirilgan texnologiya asosida o'qitish30 2.3 Kinematikaga oid tushunchalarni shaxsga yo'naltirilgan texnologiya asosida shakllantirish38 2.4 Mexanik ish, quvvat va energiya mavzusini shahsga yo'naltirilgan texnologiya asosida o'rganish43 XULOSA ……50. ADABIYOTLAR RО'YXATI ……52. KIRISH Respublikamizda ta'lim sohasining isloh qilinishi munosabati bilan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari fizika ta'limi tarkibiy tuzilishi va mazmunini hozirgi davr talablariga mos ravishda takomillashtirish modernizatsiyalash, uzviyligini ta'minlash zaruriyati vujudga keldi. Ta'lim tizimi yoshlar intеllеktual faolligini oshirishning eng muhim omilidir. Ta'lim jarayonini zamon, fan-tеxnika taraqqiyoti talablari darajasiga ko'tarmoq bu murakkab jarayonni har tomonlama taraqqiy ettirish zarur. (I.A.Karimov.Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. T. Ma'naviyat- 2008) Kiyingi yillarda o'qitishning yangi pedagogik texnologiyalari pedagog mutaxasislar orasida eng ko'p tarqalgan fikrlardan biriga aylanib bormoqda. Bunga sabab o'qituvchi faol bo'lib, ta'lim oluvchi esa tinglovchi passiv, faqatgina ob'ekt vazifasini bajaruvchi- o'qitishning avtoritar usuli deb baholanadigan an'anaviy usulning zamonaviy ta'lim tizimi talablariga javob bera olmayotganligi. Hanuzgacha jahonda eng ko'p tarqalgan o'qitishning an'anaviy usulida o'quv mash-g'ulotining asosiy birligi dars bo'lib, u bitta fanining bitta mavzusiga bag'ishlanadi va o'qituvchi tomonidan boshqariladi. Avtoritar o'qitish texnologiyasida ta'lim oluvchining tashabbusi va mustaqilligi deyarli yo'qoladi, o'qitish majburiy yo'sinda amalga oshiriladi. An'anaviy o'qitish texnologiyasining qusurlari ustida to'xtalib, Prezident Islom Karimov Ta'lim oluvchilar qaysi sinfdan boshlab mustaqil fikr yurita boshlaydi? Umuman maktabda mustaqil fikr yuritishga o'rgatiladimi? degan savollarni qo'ydilar va ularga quyidagicha javob berdilar: Aminmanki, o'rgatilmaydi. Mobodo biror ta'lim oluvchi o'qituvchiga e'tiroz bildirsa, ertaga u hech kim havas qilmaydigan ahvolga tushib qoladi. Maktabdagi jarayonda o'qituvchi hukmron. U ta'lim oluvchidan faqat o'zi tushuntirayotgan narsani tushunib olishni talab qiladi. Prinsip ham tayyor: Mening aytganim-aytgan, deganim-degan. Demak, an'anaviy ta'lim texnologiyasida o'qituvchi va ta'lim oluvchi munosabatida majburiy itoatkorlik, ya'ni zo'ravonlik pedagogikasi amal qiladi. (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasidagi nutqidan. 1997 yil 29 avgust. Karimov I.A. Barkamol avlod -Ozbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: Sharq, 1998. B. 4-19) Prezidentimiz ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
113.69 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
113.69 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:00 ]
Arxiv ichida: doc