Fizikadan sinfdan tashqari ishlarini tashkil etish

Fizikadan sinfdan tashqari ishlarini tashkil etish

O'quvchilarga / Pedagogika
Fizikadan sinfdan tashqari ishlarini tashkil etish - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1.Testlarni yaratish va qo'llash. 2.Testlarni o'quv maqsadlariga muvofiqligi. 3.To'g'ri javobda qo'shimcha belgilarning mavjud bo'lmasligi. 4.Ixcham test topshiriqlari va belgilangan vaqt. 5.Test masalalaridan namunalar. 1. Testlarni yaratish va qo'llash. 19 asr oxiri 2O asr boshlarida test sinovlariga talabalarning o'quv qobiliyatlarini baholash vositasi sifatida qarash ancha kuchaydi.Test sinovlari 2 asosiy yo'nalish: aqliy ya'ni intellektual rivvojlanish darajasini aniqlash testlarini yaratish va qo'llash hamda o'quvchilarning o'qish qobiliyatlarini va bilimlarini baholashga mo'ljallangan pedagogik testlarni yaratish va qo'llash sohalari rivojlana boshladi. Test - inglizcha-sinov demakdir, birinchi bor 1864 yilda Britaniyada J.Fisher tomonidan o'quvchilarning bilim darajasini tekshirish uchun mo'ljallangan. Testning nazariy asoslarini ingliz psixologi F.Gamelton ishlab chiqdi. Pedagogik test sinovlari birinchi marta amerikalik psixolog E.Torndayk tomonidan ishlab chiqildi. Mustaqil O'zbekiston MDH davlatlari ichida 1993 yil martda birinchi bo'lib, rivojlangan mamlakatlar pedagogikasidagi ilg'or tajribalarni o'rganish imkonini yaratdi. Pedagogik testlarning miqiyosda birinchi marta o'rta ma'lumot yakunida, oliy o'quv yurtiga kiruvchilarni qabul qilishda qo'llanildi. 2. Testlarni o'quv maqsadiga muvofiqligi. Test topshiriqlari maazmunini o'quv maqsadiga qaratilishi lozim. O'quv maqsadlari majmui tuzilishiga ega. Shuning uchun nisbatan yaqin maqsadni amalga oshirmay turib, umumiy maqsadga erishib bo'lmaydi. Har bir test savoli maa'lum bir o'quv maqsadning ro'yobga chiqishini ta'minlashi zarur. 3. To'g'ri javobda qo'shimcha belgilarning mavjud bo'lmasligi. Test tuzishda tajribasiz kishi tushunarli bo'lsin degan maqsadda to'g'ri javobni boshqa javoblarga nisbatan kengroq va batafsilroq bayon qiladi.O'quvchilar bu farqni tez anglab oladilar va javobni ana shu belgiga qarab aniqlashadi.Bunga aslo yo'l qo'yib bo'lmaydi. 4. Ixchamlik va belgilangan vaqt. Test topshiriqlarining matni cho'zilib kemasligi lozim. Murakkab ko'lami o'quv savolini o'zlashtirishni aniqlash zarur bo'lgan hollarda ,uni bir qancha ixcham test topshiriqlariga bo'lib tuzilgani ma'qul. O'ylash uchun 2 daqiqadan ortiq vaqt talab etiladigan test savollari bo'lmasligi lozim. ADABIYOTLAR. 1. Asomov D.K. Pedagogik testlar va talabalar bilmini nazorat qilish va baholashning reyting usuli. T:RUUI.1995 yil 1O2 bet. 2. Usmanova M.N. pedagogikheskoye testirovaniye: istoriya razvitiya i sovremennoye sostoyaniye.T: Adolat.1995 y.1O2b 3. Farberman B.L. Metodika razrabotki i primeneniye pedagogikhes kix testov. T:RUMS 1995 yil 116 bet. 4. ww.ziyonet.o'z ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.55 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.55 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga