Fuqarolarni huquqiy tarbiyalashning pedagogik asoslari va huquqiy targ'ibot Reja: Aholining siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirishda huquqiy tarbiyaning o'rni. Ichki ishlar organlari xodimlari aholi oldida so'zga chiqishlarining pedagogik asoslari. Axborot-psixologik xavfsizlik. Aholining siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirishda huquqiy tarbiyaning o'rni O'zbekiston Respublikasi mustaqilligini mustahkamlashning asoslaridan biri aholini siyosiy-huquqiy jihatdan savodli qilish, madaniyatini oshirish va huquqiy ongini shakllantirishdek eng dolzarb muammolarni hal qilishdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyat darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamotchilik fikrini o'rganish ishini yaxshilash haqida»gi (1997-yil 25-iyun) farmoniga ko'ra, hokimiyat va ichki ishlar organlarining yuqori malakali huquqshunos kadrlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish, zamonaviy bilimlar asosida huquqshunos xodimlarning kasbiy tayyorgarligini hamda ularni qayta tayyorlashni tubdan yaxshilash, shuningdek, huquqshunoslik sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning saviyasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining «Huquqiy ma'rifat targ'iboti markazini tashkil qilish va huquqiy adabiyotlarni aholiga yetkazib berishni yo'lga qo'yish to'g'risida»gi (1997-yil 22-iyul) qarori aholining huquqiy savodxonligini oshirish va huquqiy madaniyatini shakllantirishda muhim qadam hisoblanadi. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi» ayni vaqtida qabul qilingan hujjatdir. U aholining siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish va huquqiy madaniyatini shakllantirishga qaratilgan. Shaxsni huquqiy tarbiyalash muammosi bir qancha fanlarning, jumladan kriminologiya, jinoiy jazoni ijro etish psixologiyasi va kasbiy pedagogika fanining o'rganish obyekti hisoblanadi. Fuqarolarni huquqiy tarbiyalash - qonunni bilish, uni hurmat qilish, boshqalardan ham qonunga rioya qilib yashashni talab qiluvchi shaxslarni tarbiyalash, demakdir. Huquqiy tarbiya mohiyatiga ko'ra, maxsus tashkil etilishi yoki shaxsning o'zi huquqiy bilimlarini mustaqil ta'lim va mustaqil ish faoliyatida, eng asosiysi, hayotiy tajribalari asosida boyitib borishi mumkin. Maxsus tashkil etilgan huquqiy-tarbiyaviy jarayon shaxslarning huquqiy faoliyatini bir maqsadga yo'naltiradi. Huquqiy tarbiyaning asosida qonunga rioya qilib yashash, uni hurmat qilish, shaxsda huquqiy madaniyatni shakllantirishdek muhim vazifa yotibdi. Huquqiy tarbiya asosan huquqiy targ'ibotga, huquqiy xabarga suyangan holda shakllanadi. Huquqiy tarbiya oila, bog'cha, maktab, o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlarida hamda ishlab chiqarish jamoalarida shakllantirilib boriladi. Huquqiy tarbiyani maxsus huquqiy bilimlarga ega bo'lgan shaxslar, ya'ni huquqshunos nazariyachilar, amaliyotdagi huquqni muhofaza qiluvchi shaxslar olib borsalar maqsadga muvofiq bo'ladi. Huquqiy targ'ibot asosida huquqiy tarbiyaning elementlari mavjud. Shaxslarni huquqiy tarbiyalash faoliyati va uning samaradorligini oshirish quyidagicha olib boriladi: ichki ishlar organlari xodimlarining huquqiy, o'quv-tarbiyaviy jarayonlarni tashkil qilishlarining shakl va usullarini aniq belgilash orqali; ichki ishlar organlari xodimlarining pedagogik mahoratini ilmiy asosda takomillashtirib borish orqali. Shaxslarni huquqiy jihatdan tarbiyalashda ichki ishlar organlari xodimlari uchun pedagogik jarayonning obyekti, predmetidan tashqari, uning kategoriyalarini bilish ham foydadan xoli emas. Ichki ishlar organlari faoliyatidagi pedagogik jarayonning maqsad va vazifalari haqida gapirganda, huquqiy tarbiyadagi pedagogik jarayon nima, degan savol ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
61.4 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:00
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
61.4 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:00 ]
Arxiv ichida: docx