Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatining huquqiy asoslari Reja: Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to'g'risida Istiqlol sharofati bilan davlatchiligimiz tarixida birinchi marta «mahalla» tushunchasi Asosiy Qonunimizga kiritilib, mazkur tizimning jamiyat boshqaruvidagi o'rni va konstitutsiyaviy maqomi qatiy belgilab qo'yilgani har qancha tahsinga loyiqdir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasiga ko'ra: «Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig'inlari o'zini o'zi boshqarish organlari bo'lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. O'zini o'zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi» Hozirgi kunda mahallalar faoliyatini huquqiy kafolatlashga qaratilgan ellikdan ortiq normativhuquqiy hujjat mavjud va ular muntazam ravishda takomillashtirib borilmoqda. Ushbu qonunlarning hayotimizga chuqur joriy etilishi tufayli istiqlol yillarida fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning rivojiga katta hissa qo'shmoqda. Shuni takidlash kerakki, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrda bo'lib o'tgan qo'shma majlisida Prezidentimiz tomonidan bayon etilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq qator yangi qonunlar ishlab chiqilmoqda. Ularning qabul qilinishi va amalga oshirilishi fuqarolik jamiyati institutlari faoliyat ko'rsatadigan huquqiy maydonni yanada kengaytirishga xizmat qiladi. konsepsiyaning qoida va xulosalari asosiy strategik maqsadga erishishga - iqtisodiyoti barqaror rivojlanib borayotgan va butun dunyoda hurmat-etibor qozongan, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari so'zda emas, balki amalda oliy qadriyat hisoblanuvchi kuchli fuqarolik jamiyatiga ega bo'lgan demokratik huquqiy davlat barpo etishga qaratilgani bilan alohida etiborga sazovordir.Ushbu dasturiy hujjatda, jumladan, demokratik qadriyatlar va insonlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning amalda muhim omiliga aylanishi zarur bo'lgan nodavlat notijorat tashkilotlar, jamoat tuzilmalari va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, xususan, mahallaning huquq va vakolatlarini yanada kengaytirish hamda mustahkamlashga doir vazifalar belgilab berilgani g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishiga erishish, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini ta'minlashda, ularning rolini kuchaytirishda «Ijtimoiy sheriklik to'g'risida»gi, «O'zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to'g'risida»gi yangi qonunlar, boshqa qator qonun hujjatlarini qabul qilish belgilab berilgani ham yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi. Xalqimiz azaldan jamoat ishlari, ko'pning manfaati bilan bog'liq masalalarni kengashib, taklifmulohazalar asosida hal qilib kelgan. Ijtimoiy sheriklikning qonuniy asoslari mustahkamlanishi asrlar davomida shakllangan ana shu ezgu qadriyat zamonaviy me'yorlar bilan yanada boyishi, rivojlanishiga sharoit yaratib beradi. Bu borada 2014 yil 26 sentyabrda elon qilingan «Ijtimoiy sheriklik to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi bo'lganini qayd etish lozim. Mazkur Qonun 2015 yil 1 yanvardan etiboran kuchga kiradi. Yangi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.59 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.59 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:00 ]
Arxiv ichida: doc