Fuqarolik jamiyati va shaxs fuqarolik madaniyati Reja: Fuqarolik jamiyati to'g'risida tushuncha. I.A.Karimov fuqarolik jamiyati to'g'risida. Sharq mutafakkirlarning fuqarolik jamiyati to'g'risidagi fikrlari. Faylasuflar, sotsiologlar, siyosatchilar fuqarolik jamiyati to'g'risida: Fuqarolik jamiyatning o'ziga xos xususiyatlari. Insoniyat jamiyati paydo bo'lgandan boshlab, odamzod hur, erkin, ozod va mustaqil yashash orzu umidi bilan yashagan. Zero, mustaqillik xalqning oliy maqsadlari, orzu-istaklari, ijtimoiy mo'ljallarini mujassamlashtirgan, insoniyatga kuch - g'ayrat, iymon - e'tiqod, sabr - matonat bag'ishlaydigan oliy nematdir. Mustaqillik - bu insonparvarlik, adolatpeshalik, milliy qadriyatlarga sodiqlik va ularni asrab-avaylashdir. «Biz uchun mustaqillik, - deb aytgan edi Respublika Prezidenti I.A. Karimov, - eng avvalo, o'z taqdirimizni qo'limizga olish, o'zligimizni anglash, milliy qadriyatlarni, urf-odatlarimizni tiklash, hammamiz uchun mo'tabar shu zaminda, har bir xonadonda tinchlik - osoyishtalikni, barqarorlikni saqlashdir» (7, 89). Darhaqiqat, o'z taqdirini o'zi hal etishi, kelajagini yaratishi, uning hur havosidan to'yib nafas olishi, bu insoniyatning azaliy orzusi, maqsadi va hayotining gultojidir. Mustaqillik - o'z tiliga, o'z diniga, o'z madaniyatiga, o'z tarixiy merosiga, o'z urf-odatlariga, o'z qadriyatlariga ega bo'lish, tabiatan erkin yashash, faol va ongli munosabatni tarkib toptirishdir. Mustaqillik - milliy o'zlikni anglash, harakatlar, intilishlar, qobiliyat va iqtidorni kuchaytirishga asos bo'luvchi hodisadir. Mustaqillik - ayni paytda, o'z tarixini, o'tmishini, buyuk ajdodlarini, ularning fikr va ta'limotlarini, umuminsoniy taraqqiyotga qo'shgan hissalarini anglash jarayoni hamdir. Mustaqillik - har qanday zo'ravonlikni, o'zgalar hisobida yashash va boyishni, shafqatsizlikni, adolatsizlikni inkor etadi. «Ayni paytda mustaqillik jahon taraqqiyotining ilg'or tajribalari asosida o'z ravnaqining o'ziga xos tamoyillarini ishlab chiqish bilan birga yagona zamin, yagona makon taqdirini belgilashda o'zaro hamkorlikning yangi, sifat jihatidan yuqori bo'lgan, umuminsoniy manfaatlarga mos keladigan andozasi asosida yashashga» (50, 281), - davat etadigan ilohiy kuchdir. Mustaqillik mamlakatda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining asoslarini shakllantirish muhim omili sifatida har bir xalq, har bir millatga, milliy ong, milliy o'zlik, milliy g'urur, milliy iftixor nimaga asoslanadi hamda suyanadi degan savollarga javob beradi. Shuningdek, u bozor iqtisodiga o'tish jarayonida, kunlik istemolga kirib kelgan huquqiy - axloqiy tushunchalarning mohiyat - mazmunini teranroq anglashga imkon yaratadi. Bu esa taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Tarixiy manbalardan shu narsa ayonki, Markaziy Osiyo, jumladan, O'rta Osiyo insoniyat moddiy va ma'naviy hayot taraqqiyotining muhim o'choqlaridan biri bo'lgan. Faqat mustaqillik tufayli insoniyatning bu nodir kashfiyotidan bahra olish, o'tmish allomalarining ta'limotini o'rganish va fuqarolik haq-huquqlarimizni teranroq anglash imkoniyatiga ega bo'ldik. Fuqarolik manfaatlarimizning ustunligi qonuniy ravishda mustahkamlandi va kafolatlanadi. Chunonchi, 8 dekabr 1992 yilda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi»ning 1-bo'lim, 1-bob, 2-chi bandida «…davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida masuldirlar» (1,9) deb takidlanishi, ushbu Konstitutsiyaning ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.08 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.08 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:00 ]
Arxiv ichida: doc