Fuqarolik madaniyati tushunchasi to'g'risida sharq mutafakkirlarining qarashlari

Fuqarolik madaniyati tushunchasi to'g'risida sharq mutafakkirlarining qarashlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Fuqarolik madaniyati tushunchasi to'g'risida sharq mutafakkirlarining qarashlari - rasmi

Material tavsifi

Fuqarolik madaniyati tushunchasi to'g'risida sharq mutafakkirlarining qarashlari Reja: Talaba-yoshlarda fuqarolik madaniyatini shakllantirishda o'tmish madaniy merosi va ulug' mutafakkirlarning ta'limotining o'rni. Abu Nasr Farobiyning axloqiy-ma'naviy ta'limida shaxs fuqarolik madaniyati. Farobiyning «Fozil odamlar shahri» kitobida fuqarolik madaniyati masalasi. Ibn Sino fuqarolik madaniyati to'g'risida. Ibn Sinoning «Salamon va Ibsol» asari yuksak fuqarolik madaniyatining ibrat-namunasi. Yusuf Xos Hojib va uning «Qutadg'u bilig» asarida shaxs fuqarolik madaniyatining ramziylashtirilishi. Amir Temur ilm-fanning va fuqarolik madaniyatining homiysi. «Temur tuzuklari»da saltanat ahli rioya qilishi lozim bo'lgan fuqarolik madaniyati qoidalari. Alisher Navoiy ta'limotida komil inson g'oyasining ifodalanishi va shaxs fuqarolik majburiyati bilan hamoxangligi. Abdulla Avloniy o'zbek tarbiyashunoslikning buyuk vakili «Turkiy guliston yoxud axloq» tarbiya kitobi va shaxs fuqarolik madaniyati shakllantirishning muhim manba. 1-masala. Sharq mutafakkirlari ta'limotining o'zbek xalqining fuqarolik jamiyatini qurish va shaxs fuqarolik madaniyatini shakllantirishdagi ahamiyati. O'rta asrlarni mamlakatimiz va xalqimizning o'tmishi uchun Oltin davr asri bo'lgan desak xato bo'lmaydi. Chunki bu davrga kelib dunyoviy bilimlarga asos solindi, davlat va jamiyat boshqaruvchi yangicha ifoda kasb etdi, o'lka iqtisodiyoti rivojiga alohida etibor qaratilibshaharsozlik, hunarmandchilik, arxitektura, savdo-sotiq sohalari rivojlandi. Eng muhimi o'lka orqali o'tgan Buyuk ipak yo'lida yangi iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy ishlar yo'lga qo'yilib, aholining ma'naviy hayoti osoyishta turmushni ta'minlash yangi bosqichga ko'tarildi. Bu hol o'lkada nafaqat xalqlar, mamlakatlar o'rtasida savdo-sotiq kuchaytirildi, balki madaniy, ma'naviy qadriyatlarni bog'lash bo'yicha ham salmoqli aloqalar o'rnatildi. Darhaqiqat madaniyat tashuvchisi rolini o'ynagan Buyuk ipak yo'li xalqimiz madaniyatini rivojlantirishga o'z hissasini qo'sha olgani bois milliy madaniyatimiz yangi taraqqiy bosqichiga ko'tarildi. Ayniqsa, ilm-fan rivoji yo'nalishuv erishilgan yutuqlar milliy taraqqiyotimizning keyingi takomili uchun muhim sarchashma bo'lib xizmat qildi. Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Ahmad Yassaviy, Imom Ismoyil al-Buxoriy, Behbudiy, NAQSHband, Najmiddin Kubro, So'fi Ollohyor, Zahriddin Muhammad Bobur kabi ko'plab ilm-fan, tasavvuf ta'limoti, mutafakkir shoirlarning xalq millat madaniyati, Vatan ravnaqi yo'lidagi say-harakatlari taraqqiyotni yangi pag'onaga ko'tardi. Bugun jahon hamjamiyatidan munosib o'rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz, xalqimiz uchun ular ta'limoti muhim ahamiyat kasb etib, talaba-yoshlarda fuqarolik madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Chunonchi, o'tmish mutafakkirlari tomonidan ilgari surilgan falsafiy-pedagogik fikrlar, pand-nasihatlar, qadriyatlar to'g'risidagi g'oyalar barcha davrlarda fuqarolik madaniyati konsepsiyasining asosini tamiladi hamda bu bebaho meros qanchadan-qancha avlodlarning ma'naviy-ruhiy ongi va turmush tarzini shakllantirdi va u hamon shunday bo'lib qoladi. Sharq mutafakkirlari fuqarolik madaniyatini yosh avlodda tarbiyalash yo'llari to'g'risida to'g'ridan-to'g'ri fikr yuritmagan bo'lsalarda, ularning insoniy burch, mas'uliyat, majburiyatni tarbiyalashning tamal toshi hisoblangan ezgu so'z, ezgu fikr, ezgu amal qoidalariga asoslanganliklari talaba-yoshlar qalbida hayot hamda insoniylik his-tuyg'ularini junbushga keltirib, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.34 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.34 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga