Fuqarolik madaniyatini shakllantirish tizimi Reja: 1. Tizimi haqida tushuncha. Abu Nasr Farobiy tizimi to'g'risida. 2. Fuqarolik madaniyati tizimi. Shaxs fuqarolik madaniyatining iqtisodiy, ma'naviy, huquqiy, falsafiy, axloqiy, estetik, ekologik, nutq madaniyati kabi tizimi. 3. Fuqarolik madaniyati tizimidagi kategoriyalarining o'zaro bog'liqligi va aloqadorligi. Fuqarolik madaniyati tizimidan o'rin olgan madaniyat turlarining talab fuqarolik madaniyatini shakllantirishdagi roli. 4. Fuqarolik madaniyati tizimida roli madaniyatining tarkibiy qismlarning faoliyat va munosabatlarida ifodalanishi. 1-masala. Talabalarda fuqarolik madaniyatini shakllantirishning pedagogik-psixologik asoslaridan yana biri fuqarolik madaniyatini shakllantirish tizimidir. Zero, tizim fuqarolik madaniyatini shakllanish jarayonining psixologik omillari, qonuniyatlari, tamoyillarini yaxlit bir tartibga keltiradi, fuqarolik madaniyatini shaxs madaniyatining boshqa qismlari bilan bog'liq holda insonni har tomonlama barkamol bo'lib shakllanishi uchun asos bo'ladi. Chunki, inson faoliyatining o'zi tizimdan iborat bo'lib, u insonning amaliy faoliyati, bilish faoliyati, kommunikativ faoliyati, tashkilotchilik faoliyati va boshqa faoliyat turlarida ifodasini topa olgan. Darhaqiqat, tizim tartiblangan, o'zaro uzviy munosabat, aloqadorlik va yaxlit qismlarni tashkil etib, umumiy funksiyani bajaruvchi mexanizmlar yig'indisidir. Chunki, tizim inson faoliyatiga xos hodisa sifatida shaxs sifatlarining rivojlanishini ta'minlash bilan birga, pedagogik voqelikning yo'nalishini ham belgilashga xizmat qiladi. Shunday ekan talabalar fuqarolik madaniyatini shakllantirish jarayoniga tizimli yondashish, uni madaniyatning boshqa qismlari bilan yaxlitlikda tahlil qilish tadqiqotimiz muammosini samarali hal qilishga ko'maklashadi. Chunki, professor K.Z.Zaripov takidlaganidek, Tizimli yondashuv obyektlar o'rtasidagi sabab-oqibatli bog'lanishlarni ochish, o'rganilayotgan holatning kelib chiqishi va rivojlanish istiqbolini aniq qurish imkoniyatini beradi. Buning uchun tizim tarkibiy qismlarining umumiy tizimdagi har birining bajaradigan vazifasi, ularning o'zaro bog'liqligi va munosabati alohida-alohida so'ngra yaxlitligicha tahlil qilinadi» (46, 29). Shunga ko'ra talaba fuqarolik madaniyatini, shaxs madaniyatining boshqa tarkibiy qismlari bilan bog'liqlikda ko'rib chiqish va tavsiflash fuqarolik madaniyatining mohiyat-mazmunini teranroq anglash hamda uni talabalarda shakllantirish uchun faoliyat samaradorligini ta'minlaydi. Malumki, voqelik kabi, ijtimoiy-iqtisodiy hayot o'z tuzilishiga ko'ra moddiy va ma'naviy sohalarda ro'y beradigan inson kamolotining turli jihatlarini ifodalaydi va madaniyatning turli xususiyatlarini aks ettiradi va u talabalarning shaxsiy hamda ijtimoiy faoliyatining o'ziga xos tomonlarini ochish uchun xizmat qiladi. Shu manoda talaba fuqarolik madaniyatining shakllanish jarayonini yakka holda emas, balki tizimli, yani iqtisodiy, ma'naviy, axloqiy, huquqiy, estetik, ekologik, nutq, falsafiy madaniyat hamda milliy mafkura bilan yaxlitlikda izohlash,talaba fuqarolik madaniyatining mazmun-mohiyatini teranroq tushunish imkonini beradi. Ushbu fikrlardan kelib, chiqib tizimli yondashuv tushunchasini jarayonlar va fuqarolik madaniyatining boshqa madaniyatlar mazmunibilan tizim hosil qila olishi, ularda tizimning mavjudligi, fuqarolik madaniyati mohiyatining boshqa madaniyat shakllarining tizimli tuzilmaga ega ekanligini aks ettirgani uchun masalani Talabalar fuqarolik madaniyati tizimi deb ifodalash mumkin. Nima uchun? Birinchidan, O'zbekiston poetnik (yani ko'p millatli) mamlakat, unda 136dan ortiq millat vakillari yashashadi, ammo ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.4 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.4 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:00 ]
Arxiv ichida: doc