Fuqarolik madaniyatini shakllantirish tushunchasining mazmun-mohiyati va funksiyalari Reja: 1. «fuqarolik madaniyatini shakllantirishning pedagogik asoslari» tushunchasining mazmuni, mohiyati va tuzilishi. 2. Fuqarolik madaniyatining-axloqiy-huquqiy, amaliy-huquqiy, fuqarolik ongi, fuqarolik madaniyatining sotsial, madaniy-ma'rifiy, tarbiyaviy-psixologik, regulyativ, normativ va kommunikativ funksiyalari. 3. «Fuqarolik madaniyatini shakllantirishning pedagogik asoslari» maxsus kursining fanlar: «O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi», «Huquqshunoslik», «Falsafa, «ma'naviyat asoslari», «Madaniyatshunoslik», «Sotsiologiya», «Pedagogika», «Psixologiya», «Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» kabi fanlar bilan aloqadorligi va ushbu fanlardagi ma'lumotlarga tayanishi. Takidlab o'tilganidek mamlakat taraqqiyoti, uning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivoji, shu mamlakatning insonparvar ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy maqomi bilan belgilanadi. Bu maqom jamiyat, xalq, millat manfaati yo'lida halol mehnat qilish, burch, mas'uliyat, majburiyatni teran anglab kamolot sari intiluvchilarni voyaga etkazishga xizmat qiladi. Shuningdek, bu maqom uzluksiz ta'lim tizimidagi islohotlarni yanada takomillashtirish, mustaqil Respublikamizning milliy manfaatlarini himoya qilish, milliy o'zligimiz, g'ururimiz, faxrimizni anglash, demokratik o'zgarishlarni mustahkamlash hamda yanada chuqurlashtirishi, Vatanimizga xavf solayotgan har qanday ko'rinishdagi g'oyalarga qarshi kurashish, ajdodlarimiz yaratgan bebaho ma'naviy meros, milliy urf-odat, an'ana, qadriyatlarga suyanish, bir-birimizni har jihat qo'llab-quvvatlashga yordam beruvchi fuqarolik madaniyati asoslarini har bir yosh avlodda shakllantirish dasturlamchi bo'lib xizmat qiladi. Chunonchi, bobning birinchi qismida ko'rib o'tganimizdek fuqarolik madaniyati shakllangan inson aql-zakovat egasi bo'lib, yaratuvchilik, bunyodkorlik, tashabbuskorlik xususiyatlarini o'zida mujassamlashtirgan, Vatan va xalqiga mehr-muhabbat, faxr va iftixor tuyg'ulari bilan qaraydigan, axloqiy-huquqiy burch, elat va millat oldidagi mas'uliyatni teran anglaydigan shaxsdir. Shuning uchun ham fuqarolik jamiyati shaxsining fuqarolik madaniyati shakllantirishning shakl, metod, vositalarini ishlab chiqish pedagogika nazariyasi va amaliyotini birinchi navbatdagi vazifasi hisoblanadi. Ammo, bu juda murakkab va ko'p qirrali pedagogik jarayondir. Buning uchun, avvalo, «fuqaro», «madaniyat» tushunchalarining mazmun-mohiyatini falsafa, etika, estetik, pedagogika psixologik hamda madaniyatshunoslik nazariyalari nuqtai nazaridan ilmiy asoslash lozim. Bu esa mazkur tushunchalarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma'naviy taraqqiyotdagi ahamiyatini anglab etish, hamda talaba-yoshlarda fuqarolik madaniyati asoslarini shakllantirish jarayonini belgilash uchun muhim pedagogik hodisa hisoblanadi. Fuqarolik madaniyati tushunchasining mazmun-mohiyatini dastlab «fuqarolik», «madaniyat» tushunchalariga berilgan ta'riflar kesmida ko'rib chiqish va so'ngra «fuqarolik madaniyati»ga pedagogik ta'rif berib, uni talaba-yoshlarda shakllantirish shart-sharoitlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo'lib, muammoni oydinlashtirishga yordam beradi. «Fuqarolik,-deb qayd etiladi falsafa qomusiy lug'atida,-kishini qaysi millatga mansubligini emas, balki muayyan mamlakatga, shaxs yashab turgan makonga mansubligini ifodalovchi tushunchadir» (135, 438). Bunda fuqarolik tushunchasi kishining malum bir millatga mansubligini emas, balki muayyan mamlakatga mansubligini anglatib, shaxs bilan davlat o'rtasidagi munosabatlarni ifodalaydigan vosita rolida bo'ladi. Shunga asosan har qanday inson o'zi yashayotgan davlatni tan olsa, uning mustaqilligini ta'minlashga xizmat qilsa, o'z mamlakatining davlat ramzlari: konstitutsiyasi (uning asosida chiqariladigan qonunlarni) tan olsa, tamg'asi, madhiyasi, bayrog'i, puli (valyuta), armiyasi bilan faxrlansa, millati, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.37 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.37 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:00 ]
Arxiv ichida: doc