Fuqarolik madaniyatini shakllantirishning qonuniyatlari va tamoyillari Reja: Fuqarolik madaniyatining qonuniyatlari. Fuqarolik madaniyatining tamoyillari. Fuqarolik madaniyati, shakllanishining mafkuraviy yo'nalganlik. Fan, ta'lim, canat va madaniyat sohalarini rivojlantirish, uni milliy mustaqillik talabalari, yangicha dunyoqarash nuqtai nazaridan taraqqiy ettirish davlatimiz va fuqarolik jamiyati istiqbolining ustivor yo'nalishlaridan, biri sanaladi. Albatta, bunda zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy ta'limotlar, yangi texnik g'oyalar, kashfiyotlar nechog'li ahamiyatli bo'lsa, mamlakat mehnatkashlarida, jumladan talaba-yoshlarida fuqarolik madaniyatini shakllantirish ham shunchalik zarurdir. Zero, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot shaxs kamolotiga qanchalik ta'sir ko'rsatib, uning rivojlanishini tezlatsa, o'z navbatida shaxsning kamolot darajasi ham jamiyat taraqqiyotining tezlashishini ta'minlaydi. Chunonchi, shaxs kamoloti va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bir-biriga mutanosib va o'zaro dialektik bog'liq jarayon hisoblanadi. Shaxs kamoloti va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot ta'lim-tarbiya vositasida doimo oldinga intiladi. Shu nuqtai nazardan masalaga yondashadigan bo'lsak ta'lim va tarbiya jarayoniga jiddiy qarash, ularni mehnatkashlarning sog'lom turmush tarzini quruvchi, jismoniy va aqliy quvvatini oshiruvchi, ularning g'oyaviy-siyosiy, ma'naviy salohiyatini rejalashtiruvchi vosita deb qarash maqsadga muvofiq bo'ladi. Zero, tarbiya jarayoni insonni zamon va makonda faoliyat ko'rsatib, yuksaklikka undovchi zohiriy va botiniy quvvat va shaxsning barcha sifatlari singari fuqarolik madaniyatining shakllanishini taminlovchi pedagogik hodisadir. Malumki, shaxsda fuqarolik madaniyatini shakllantirish - yaxlit pedagogik, jarayonning muhim bir tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu jarayonning mohiyati uning tuzilmasida, yani fuqarolik madaniyatining shakllantirish jarayoning mazmunini kasb etuvchi qonuniyatlar, tamoyillar, tarbiyaviy munosabatlarda ifodalanib, ular ijtimoiy buyurtma sifatida tarbiyaning maqsadi, shakli, metodi, tashkiliy xususiyatlari, shart-sharoitlar va boshqarish orqali izohlanadi. Mazkur holatni «Fuqarolik madaniyatining shakllanish jarayoni tuzilmasi»da kuzatishimiz mumkin. Jadvalda aks ettirilganidek fuqarolik madaniyatini shakllanish jarayoni qonuniyatlar, tamoyillar (prinsiplar), tarbiyaviy munosabatlarining o'zaro uzviyligini, aloqadorligida amalga oshadi. Malumki, qonuniyat falsafiy tushuncha sifatida insonning jamiyatdagi xatti-harakatlarini belgilab beruvchi yo'l-yo'riq, qoidalar yig'indisi. Pedagogikadan ham bunday qonuniyatlar mavjud bo'lib, ular ijtimoiy hodisa sifatida birinchidan, ta'lim-tarbiyaning xususiyatlarini, ikkinchidan, shaxs fuqarolik madaniyatining shakllanishi taminlovchi -maqsad, shakl, metod, tashkil etish, boshqarish, shart-sharoit, imkoniyatlar yaxlitligini ifodalaydi. Xo'sh, fuqarolik madaniyatining shakllanish jarayoni qonuniyatlari deganda nima tushuniladi. Fuqarolik madaniyati shakllanish jarayonining qonuniyatlari - bu fuqarolik jamiyati asoslarini qurish sharoitida shaxsning ma'naviy, intellektual, axloqiy-huquqiy harakatlarini ta'minlashga yo'naltirilgan tarbiyaviy ta'sirlarning barqaror, yaxlit yo'nalishlarini ta'minlashga xizmat qiluvchi yo'l-yo'riqlar, qoidalar yig'indisidir. Bu qonuniyatlar quyidagilardan iborat: Fuqarolik madaniyati shakllanish jarayonining fuqarolik jamiyati xususiyatlari va makro- va mikro- muhitning obyektiv va subyektiv omillariga bog'liqligi - bu birinchi qonuniyat. Malumki jamiyat insonlarsiz mavjud bshlmaganidek, inson ham jamiyatdan tashqarida mavjud bo'lmaydi. Shunga ko'ra shaxs fuqarolik madaniyatini ham fuqarolik jamiyatining xususiyatlari, taraqqiyot omillari bilan bog'liq. Zero biz qurayotgan fuqarolik jamiyati qullik va mutelikni, har qanday milliy, irqiy kamsitishlar, ijtimoiy ayirmachilikni intar etuvchi jamiyat hisoblanib, bu jamiyatida 1-bobda takidlab o'tilganidek fuqarolar ijtimoiy-siyosiy ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.14 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.14 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:00 ]
Arxiv ichida: doc