Fuqorolik tarbiyasi. O'quvchilarning yuksak ma'naviy-axloqiy tarbiyasi

Fuqorolik tarbiyasi. O'quvchilarning yuksak ma'naviy-axloqiy tarbiyasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Fuqorolik tarbiyasi. O'quvchilarning yuksak ma'naviy-axloqiy tarbiyasi - rasmi

Material tavsifi

Fuqorolik tarbiyasi. O'quvchilarning yuksak ma'naviy-axloqiy tarbiyasi Fuqarolik deganda, insonni huquqiy yoki siyosiy huquqiy tomondan himoyalanishi va qonuniy manfaatlarining ushbu davlat ichida va uning tashqarisida himoyalanishi tushuniladi Fuqaro - fuqaroligi huquqiy jihatdan e'tirof etilgan hamda. Muayyan jamiyat (davlat) a 'zosi bo'lgan shaxs. Fuqarolik - insonning Vatan, xalq oldidagi huquq va vazifalari, ijtimoiy va axloq me'yorlariga bo'ysunishi, ijtimoiy faolligi hamda ma'naviy yetukligidir. Fuqarolik tarbiyasining vazifalari tizimini quyidagilar tashkil etadi: Yosh avlodni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqega ega bo'lgan axloqiy va huquqiy me'yorlarga rioya etishga oigatib borish. O'quvchilarga fuqarolik huquq va burchlari to'g'risida ma'lumotlar berib borish, ularda fuqarolik faoliyatini tashkil etish borasida ko'nikma va malakalar hosil qilish. O'quvchilarda davlat ramzlariga nisbatan hurmat va muhabbatni qaror toptirish, Respublika Prezidenti sha'ni, or-nomusini himoya qilishga tayyorlik hissini shakllantirish. Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish uchun ma'lum shartsharoitlaming mavjudligi taqozo etiladi: o'quv yurtida tashkil etilayotgan taiim-tarbiya jarayoni yuksak darajada uyushtirilishi kerak; uqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonining muvaffaqiyati 0'qituvchi va 0'quvchilar jamoasining saviyasiga bogiiq; tarbiyaviy ishning rejali, uzluksiz, tizimli boiishiga erishish; oila, maktab va mahalla o'rtasida o'zaro hanikorlikning yuzaga kelishi fuqarolik tarbiyasining muvaffaqiyatini ta'minlaydi; o'quvchilaming axloqiy va huquqiy me'yorlar, umumiy tartibga qat'iy rioya etishga o'rgatish, zimmasidagi burchni toiaqonli ado etishlariga e'tiborni qaratish. Fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda suhbat, munozara, ma'ruza, bahslardan foydalanish, mashq, test, anketa savollariga javoblar olish kutilgan natijani qoiga kiritishga imkon beradi. «Vatan atamasi aslida arabcha so'z boiib, ona yurt ma'nosini bildiradi. Vatan tushunchasi keng va tor ma'noda qoilaniladi. Bir xalq vakillari jamuljam yashab turgan, ularning ajdodlari azalazaldan istiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, bu keng ma'nodagi tushunchadir. Kishi tugilib o'sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutilsa, bu tor ma'nodagi tushunchadir». Vatanparvarlik shaxsning o'zi mansub boigan millat, tugilib o'sgan vatani tarixidan g'ururlanishi, buguni to'g'risida qayg'urishi hamda uning porloq istiqboliga bo'lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat sanaladi.Vatanparvar shaxs qiyofasida Vatanparvar shaxs qiyofasida quyidagi sifatlar namoyon bo'ladi: Vatanga bo'lgan mehr-muhabbat, unga sadoqat. O'zi mansub bo'lgan millat o'tmishi, urf-odatlari, an'analari va qadriyatlariga sodiqlik. Vatan va millat tarixidan g'ururlanish. Yurtning moddiy, shuningdek, millat tomonidan yaratilgan ma'naviy boyliklarini asrash, ularni ko'paytirish borasida g'amxurlik qilish. Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti yo'lida mehnat qilish. Vatan ozodligi va millat erkiga qilinayotgan har qanday tahdidga qarshi kurashish. Vatan va millat obro'i, sha'ni, or-nomusini himoya qilish. Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotiga nisbatan ishonchga ega bo'lishi. BaynalminalHk (≪inter≫ - orasida, o'rtasida, aro, ≪natio≫ - xalq) o'zga millat va elatlaming haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an'analari, turmush tarzi, tili hamda vijdon erkinligini hurmat qilish, ulaming manfaatlariga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.79 MB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:00 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.79 MB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga