Gapirish va gaplashishni o'rgatish Reja: 1. Gapirish (so'zlash)va gaplashish (so'zlashish) tushunchalari tavsifi. 2. Gapirish nutq faoliyatining turi sifatida. 3. Gapirishning nutq faoliyati boshqa turlari bilan munosabati. 4. Gapirishga o'rgatishning maqsadi va mazmuni. 5. Gapirish va gaplashish nutqining lingvistik tavsifi. 6. O'rta maktabda gapirishga o'rgatish mashqlari tizimi. Gapirish - so'zlash, so'zlashish, gaplashish, tildan og'zaki foydalanish Fikr - narsa, hodisa, voqelik haqida tushuncha, bayon etish, chet tilda fikr yuritish. Sinonim - manodosh, shakli turlicha, manosi bir xil birliklari. So'zlash - fikrni og'zaki bayon etish, gapirish. Bilim - shaxsning bilish faoliyati maxsuli, malum sohadagi orttirilgan tajriba, bilimini o'zlashtirish va shakllantirish, baholash, tekshirish. Monolog - yakka nutq, yakka shaxsning gapirishi; qiyos, diaolog, polilog Motiv - undovchi, sabab, ichki va tashqi turtki, nutqiy motiv, faoliyat motivi. ma'naviy - axloqiy, ichki holatga oid, ma'naviy jihatlar. Malaka - qisman avtomatlashgan faoliyat. Dastur - programa, dastur. Neytral - xolis, bu xam, u xam emas. Nutq - fikrni shaqlantirish va ifodalash usuli, tildan amalda foydalanish, tilning rejalashuvi mas. og'zaki va yozma nutq. og'zaki - yozma emas; og'zaki muloqot, og'zaki nutq, tinglab tushunish. Muomala - so'zlashuv, aloqa, muloqot. Odatda kishilar o'rtasida og'zaki muomala gapirish va gaplashish orqali amalga oshiriladi. O'zbek tilining izoxli lugatida gapirish tushunchasi so'zlashga gaplashish tushunchasiga esa so'zlashishga sinonim sifatida izoxlangan bu matnda yuqoridagi so'zlarni sinonim atamalar sifatida qo'llash lozim topildi. Malumki gapirish va gaplashish usullari bir-biridan farq qiladi. Gapirish bir shaxsning ikkinchi shaxs yoki shaxslar uchun fikr mulohaza bayon qilishi, so'zlashib o'zga kishilarning bilim, ko'nikma va malakalariga ta'sir o'tkazishi biror dalilni isbotlashishi unga ishontirishi his xayajonni ifodalashi yoki ma'lumot olish niyatida so'rashidir. Gapirish murakkab aqliy faoliyat bo'lib u nutqni tinglash qobiliyati, xotira, oldindan faraz qilish, diqqat kabi psixologik mexanizmlar faoliyatiga tayanadi. Gapirish murakkabligi jihatidan turli darajada masalan, his-xayajonni ifodalovchi so'zdan tortib predmetning nomini atash, savolga javob qaytarish va malum mavzu, reja asosida fikrni og'zaki bayon qilishgacha bo'lishi mumkin. Gapirish jarayonining natijasi bo'lib nutq xizmat qiladi. Nutq gapirish jarayonida fikrning to'laligi nutqiy muomalaning sodir bo'lishi xususiyatiga ko'ra bir necha turga bo'linadi. Psixologik nutqning quyidagi turlari farqlanadi. Gapiruvchining til vositalarini mazmun va nutq holati bilan ongli ravishda boglay olgan nutqi. Gapiruvchi o'z tashabbusi bilan fikrini shakllantiradi. Ushbu fikrni ifodalash uchun mustaqil ravishda til vositalarini va ifoda usullarini tanlaydi. Bunday nutqni avstraliyalik psixolog Fridrix Kayns, Spontan o'z - o'zidan quyilib keladigan deb ataydi. Javob nutqi Taqlidiy nutq avval tanlangan yoki o'qilgan materialni esga olish va takrorlash. Yodlab olingan parchalarni takrorlash nutqi. Bunday nutq holat bilan boglanmaganligi bilan xarakterlanadi. Gaplashish ikki ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.66 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.66 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:00 ]
Arxiv ichida: doc