G'arbiy yevropada burjua revolyusiyasidan so'ng tarbiyashunoslik g'oyalari Rеjа: 1. Jоn Lоkkning pеdаgоgik қаrаshlаri 2. Jаn Jаk Russоning pеdаgоgik nаzаriyasi. 3. Iоgаnn Gеnrix Pеstаlоssining pеdаgоgik nаzаriyasi. XVII asrda Angiliyada burjua revolyusiyasi bo'ldi. Bu revalyusiya sanoat sohasidagi tuntarish uchun zamin tayorlaydi.Bu revalyusiyaning xarakterli xususiyati shundaki, revalyusiyada burjuaziya dvoryanlarning burjualashgan qismi bilan ittifoq bo'lib maydonga chiqdi. XVI asr boshida 4 million aholi bo'lgan Angliya XVII asrda kelib kur eriga Hindistonga hukmron bo'lgan mustamlakachi davlatga aylandi. Marks Lokka baho berib, uni yangi burzuaziyaning hamma xillarini o'zida namoyon qilgan namoyondasidir deydi. Lokk 1632 yilda advokat oilasida tug'ildi. Uning otasi 1648 yilgi revalyusiyaga qatnashgan. Lokk vestministirlik maktabida sxalostik o'rta ma'lumot oladi, so'ngra Oksford universitetiga kirib o'qiydi. 1667 yilda Lokk liberial lord Sheftsberi bilan tanishadi va uning uy vrachi hamda nabirasining tarbiyachisi bo'lib qoldi. 1688 yilgi revalyusiyadan keyin Lokk Angiliyaga qaytib keldi va burjuaziyaning faxrli o'rinlaridan birini egalladi va 1704 yilda vafot etdi. Lokk falsafasi dualistik falsafadir. U o'zining Inson aql zakovati to'g'risidagi tajriba asarida odamning ongida tug'ma ideayalar va tasavvurlar yo'q, go'dakning ko'ngli bamisoli toza taxtadir deb hisoblaydi, va insonning kamoliga etishida tarbiyaning roliga yuksak baho beradi. Lokk tug'ma ideyalarni tadqid qildi, tug'ma ideyalarni tanqid qilinishi materializmni idealizmga qarshi kurashida ijobiy rol' uynaydi. XVII asr materialistlari shu tanqidga tayanadilar. Lokkning etikasi tug'ma axloqiy ideyalarni inkor qilishga asoslanadi. Uning fikricha ezgulik huzur bag'ishlashi yoki ko'paytirishi, yomonlikdan saqlashi mumkin, yomonlik esa alam etkazishi, huzurni kamaytirishi, ezgulikdan mahrum qilishi mumkin. Lokk o'zining pedagogik qarashlarini Tarbiya to'g'risidagi fikrlar(1693) asarida bayon qilgan. - Odamlar olgan tarbiyasiga qarab yaxshi yoki yovuz, zararli yoki foydali kishi bo'ladi, odamlar o'rtasidagi farq ham shunda. Lokkning fikricha tarbiyaning vazifasi - oddiy kishilar emas, balki o'z ishlarini ba'mani va ehtiyotkorlik bilan olib bora oladigan jentel'men tarbiyalashdir. Lokk jismoniy tarbiyaga e'tibor beradi, jismoniy tarbiya sihat - salomatlik ishlarimiz va farovonligimiz uchun zarurdir deb hisobladi. Tana sog'lom bo'lsa, uning ruhi ham sog'lom bo'ladi shuning uchun bolaning yoshlik chog'idan tanasining chiniqtirishi, charchashiga, qiyinchiliklarga, o'zgarishlarga chiday oladigan kishi kerak, qattiq rejimlarga amal qilish kerak. Lokkning fikricha o'z maqsadiga erisha oladigan, boshqa jentel'menlarga to'sqinlik qilmaydigan kishigina chinakam jentel'men bo'ladi. Xarakterni tarkib toptirilishi, irodani o'stirish, axloqni intizomga solish-tarbiyaning eng muhim vazifasidir. Bolaning qonuniy istaklarini qondirish kerak, lekin hohishga yo'l qo'ymaslik kerak. Tarbiyachi bolaning xatti-harakati ustidan hukmron bo'lishi kerak. O'rnak, muhit, bolaning tevarak atrofidagi odamlar asosiy tarbiyaviy vositadir. Odat tarbiyalashni bolaning yoshlik chog'idan boshlash kerak, zo'rlik, qupollik bilan ijobiy natijaga erishib bo'lmaydi, bolaga yaxshi so'z aytish, muloyimlik bilan aytilgan gaplar, tushuntirishlar yaxshi natija beradi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.27 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.27 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:00 ]
Arxiv ichida: doc