G'arbiy Yevropada maktab, maorif hamda pedagogik fikrlar taraqqiyoti Reja: Ritsarlik tarbiyasi Shahar maktablarining vujudga kelishi Yevropada dastlabki universitetlar hamda Akademiyalarning tashkil topishi va ulardagi ta'lim tizimi. Universitetlarning vujudga kelishi va ularning rivojlanishi O'rta asr G'arbiy Yevropamamlakatlarida ikki guruhga bo'lingan va etti fanni o'z ichiga olgan ta'lim dasturi vujudga kelgan edi. Birinchi guruh uchta fandan iborat edi, shu sababli unga lotincha «trivium» nomi berildi. Bunga grammatika (lotin tili grammatikasi), ritorika va dialektika kirar edi. Ikkinchi guruh to'rt fandan iborat bo'lgani uchun uni lotincha «kvadrivium» deyiladi. Unga arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa kirar edi. Hammasi bo'lib bu etti fanni «etti erkin san'at» deb atash rasm bo'lib qoldi. Mazkur o'quv fanlari qadimgi Yunoniston ta'lim tizimidan olingan edi, biroq o'rta asrlarda ularga diniy mazmun berilib, hammasi ramz bilan diniy manoda tushuntirilar edi. Masalan: grammatikani o'rganishdan maqsad - muqaddas diniy kitoblarni o'qishni bilib olish, ritorika (notiqlik san'ati nazariyasi)ni o'rganishdan maqsad vazxonlik qilish, xutba o'qish san'atini egallab olish, musiqa deyilganda esa diniy musiqa nazarda tutilardi (katolik cherkovida ibodat vaqtida organ musiqa asbobi chalinadi va diniy ashulalar aytiladi). Dialektika, munozara, bahslashish san'ati deb tushunilar va katolitsizmga qarshi chiquvchilar bilan munozara qilishga yordam beradigan fan deb hisoblanar edi. Hattoki matematikaga ham diniy mano berilar edi. Geometriya cherkov binolarini qurish uchun zarur fan hisoblanar edi, arifmetikani o'qitganda ayrim sonlarni ramz bilan diniy manoda (masalan «1» raqami bu xudoning birligi simfoli (ramzi) deb tushuntirilar edi. Astronomiyadan esa diniy kalendar tuzishda foydalanardilar. Hamma fanlarning toji deb - teologiya hisoblanar edi. O'rta asrlarda beriladigan ta'lim dasturi cherkov maktablari orqali amalga oshirilar edi. Cherkov maktablarining asosiy turlari: prixod maktabi (yani cherkovga qarashli), monastir maktabi va bosh cherkov yoki episkop maktablaridan iborat edi. Prixod maktablari boshlang'ich diniy maktablari bo'lib, unda o'g'il bolalar o'qir edi. Ular mahalladagi cherkovga qarashli bo'lib, unda ruhoniy yoki uning yordamchisi o'qituvchilik vazifasini bajarar edi. Prixod maktablarida bolalar xristian dini asoslari va qoidalarini, diniy ashulalar aytishni, lotin tilida o'qish va yozishni o'rganardilar. Bazilarida esa bolalar boshlang'ich hisob ilmini ham o'rganardilar. Monastir maktablari monastir huzuridagi maktablar bo'lgani sababli shu nom bilan yurgiziladi. O'rta asrlar Yevropadagi monastirlar faqat tarki dunyo qilgan monaxlar yashaydigan diniy muassasagina bo'lib qolmay, balki bazi joylarda ular o'z zamonasiga munosib madaniyat markazi, ma'rifat o'chog'i ham edilar. Bunday monastirlarda turli kitoblardan nusxa ko'chirish, kitobxonalar tashkil qilish bilan shug'ullanar, bazi monaxlar ilmiy muammolar ustida ish olib borar edilar. Monastir maktablarida o'qitish vazifasi uchun maxsus monaxlar tayinlanardi. Shu ishda ishlab turgan monaxlar ta'lim-tarbiya ishini uyushtirish va uni olib borish sohasida ancha ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.78 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.78 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:00 ]
Arxiv ichida: doc