Geografiya darslarida innovatsion va pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Geografiya darslarida innovatsion va pedagogik texnologiyalardan foydalanish

O'quvchilarga / Pedagogika
Geografiya darslarida innovatsion va pedagogik texnologiyalardan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Geografiya darslarida innovatsion va pedagogik texnologiyalardan foydalanish . Reja: 1.Innovatsion va pedagogik texnologiyalar haqida tushuncha. 2.Darslarni loyihalashtirish. 3.Blits-o'yin texnologiyasi. 4.Bumerang texnologiyasi. 5. 6x6x6 metodi. Hozirgi kunda taxlim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish, extibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bunday bo'lishining sabablaridan biri shu vaqtgacha anxanaviy taxlimda o'quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilganligidir. Zamonaviy texnologiyalar esa ularni egallayotgan bilimlarni o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlari, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Taxlim jarayonida o'quvchi asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun umumiy o'rta taxlim maktablarida o'quvchilarning bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini taxminlashda zamonaviy o'qitish metodlari - interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o'rni va roli benihoya kattadir. Innovatsiya so'zi inglizcha innvatin so'zidan olingan bo'lib, yangilik kiritish, yangilik degan maxnolarni anglatadi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va o'quvchi faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to'liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar - bu jamoa bo'lib fikrlash demakdir. Bu metodlarning o'ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o'quvchilarning hamkorlikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ularga quyidagilar kiradi: o'quvchining dars davomida befarq bo'lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi; o'quvchilarni o'quv jarayonida bilimga bo'lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo'lishini taxminlanishi; o'quvchining bilimga bo'lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi; hamisha pedagog va o'quvchining hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi. Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi o'qituvchi va o'quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalarga bog'liq. O'qitish jarayonida qo'yilgan maqsad bo'yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo'llaniladigan har bir taxlim texnologiyasi o'qituvchi va o'quvchi o'rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, ularning har ikkalasi ham ijobiy natijaga erisha olsa, o'quv jarayonida o'quvchilar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o'zlari xulosa chiqara olsalar, o'zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o'qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsagina samara berishi mumkin. Har bir dars, mavzu, o'quv predmetining o'ziga xos texnologiyasi bor, yaxni o'quv jarayonidagi pedagogik texnologiya - bu yakka tartibdagi jarayon bo'lib, u o'quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda maxlum bir maqsadga yo'naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishga qaratilgan pedagogik jarayondir. Qo'yilgan maqsadni amalga oshirish va kafolatlangan natijaga erishish o'qituvchi va o'quvchining hakorlikdagi faoliyati hamda ular qo'ygan maqsad, tanlangan mazmun, metod, shakl, vositaga, yaxni texnologiyaga bog'liq. O'qituvchi va o'quvchining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.08 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.08 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga