Gidning nutq madaniyati va uning kasbiy xususiyatlari

Gidning nutq madaniyati va uning kasbiy xususiyatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Gidning nutq madaniyati va uning kasbiy xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: Gid nutqiga qo'yilgan talablar. Gid nutqining tarkibi. Hikoya qilishda ovoz kuchining ahamiyati. Noverbal muloqot. Gidning guruh bilan munosabati. Tayanch iboralari: Gid nutqiga qo'yilgan talablar, gid nutqining tarkibi, kamgaplik va sergaplik, ovoz kuchi, ovoz tezligi, hikoya qilishda ovoz kuchining ahamiyati, nutqdagi tanaffuz, notiqlik san'atida talaffuz, diksiya, noverbal muloqot, ritmik, emotsional (hissiyotli), ko'rsatuvchi- rekonstruksiyalovchi, ishora qiluvchi, tasviriy, simvolik jestlar,gidning guruh bilan munosabati. Gid nutqiga qo'yilgan talablar Har bir gidga qo'yilgan proffesional talab - bu yuqori darajali nutq madaniyatiga ega bo'lishidir. Gid so'z ustasi bo'lmasa ekskursiyaning muvaffaqiyatli o'tishini ta'minlay olmaydi. Shuning uchun u notiqlik san'ati asoslarini egallashga intilishi kerak. Mazkur bo'limda faqatgina individual matn va ekskursiyani o'tkazishda zarur bo'ladigan, rioya qilish zarur bo'lgan, nutq madaniyatining bir necha qoidalari yortiladi. Gidning nutq madaniyati asoslarini original mualliflik ishlanma sifatida qabul qilish noto'g'ri. Axir ming yillar ichida notiqlik san'ati bo'yicha yuzlab kitoblar yozilgan. Notiqlik san'ati bo'yicha adabiyotlarni tahlil qiladigan bo'lsak, Ye.A.Nojinning «Ittifoq oratorlik san'ati asoslari», A.A.Vvedenskaya va L.R. Pavlovalarning «Nutq madaniyati va san'ati», Deyl Karnegining Rasmiy chiqishlar orqali insonga ta'sir ko'rsatish va o'ziga ishonchni kuchaytirish asarlarida bu masala batafsil yoritilgan. Demak, Gid o'z faoliyatining muhim qismi hisoblanmish notiqlik madaniyati haqida nimalarni yodda tutishi va hisobga olishi shart? Notiqning nutq madaniyati nima? Ye.A.Nojin bu haqida qo'yidagilarni yozadi: «Notiqning nutq madaniyatini ko'pincha to'g'ri nutq ya'ni, umumiy qabul qilingan, til me'yorlariga to'g'ri keladigan nutq deb hisoblashadi. Notiqning nutq madaniyati - bu mazkur auditoriyaga aniq holat, qo'yilgan vazifaga mos ravishda, eng yaxshi ta'sir etishni ta'minlovchi til materiallarini ishlatishdir». Gid shuni yodda tutishi kerakki uning sayyohlar nazdidagi nutqi bu og'zaki nutq va u yozma nutqdan tarkibi, jumlalar hajmi bilan farqlanadi. Notiqlik chiqishlar uchun qisqa va uncha murakkab bo'lmagan jumlalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki ularni eshitish ham osonroq. Uzun jumlalarga qarshi qadimiy notiqlar shunday degan «uzun jumlalar eshituvchining qulog'iga va ham notiqning nafas olishiga yomon ta'sir qiladi ». Og'zaki nutq -ovoz bilan ifoda etilgan yozma nutqdir. Gid individual matn, to'plangan adabiy, ilmiy, gazeta, arxiv, statistik materiallarni albatta, og'zaki nutq qoidalariga moslashtirishi maqsadga muvofiqdir.Tadqiqotlar shuni isbotlamoqdaki, yozma nutqlarga ovoz berilganda eshituvchilar axborotning 50 % ni, chiqishlar og'zaki nutq me'yorlari bo'yicha tuzilgan bo'lsa, axborotning 90 %ni qabul qilishar ekan. Bu tadqiqotlar ma'ruzachi nutqi samaradorligini xarakterlaydi. Ekskursiya chiqishlarida esa, gidga yana tashqi muhit halakit beradi, bu esa jonlantirilgan yozma nutqni qabul qilish samaradorligi yanada pasaytiradi. Og'zaki nutqda gap tartibi o'zining erkinligi bilan farq qiladi. Yozma nutqda sistematik, bir-biriga bog'liq, mantiqan to'g'ri bayonlar, fikrlar xarakterli bo'lsa, og'zaki nutq ko'pincha vaziyatli bo'lib, ko'pgina qo'shimchalar holatga, eshituvchilar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.27 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.27 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga