G'ijduvoniy ta'limoti Xo'ja Yagon ta'limoti va ijtimoiy axloqiy mohiyati

G'ijduvoniy ta'limoti Xo'ja Yagon ta'limoti va ijtimoiy axloqiy mohiyati

O'quvchilarga / Pedagogika
G'ijduvoniy ta'limoti Xo'ja Yagon ta'limoti va ijtimoiy axloqiy mohiyati - rasmi

Material tavsifi

G'ijduvoniy ta'limoti Xo'ja Yagon ta'limoti va ijtimoiy axloqiy mohiyati XOJA ABDULXOLIQ G'IJDUVONIY Tavalludlari: Buxoro (G'ijduvon), milodiy 1103 yil. Vafotlari: Buxoro (G'ijduvon), milodiy 1179 yil Abdulxoliq hanuz ona qornidaligidayoq otasi Abduljamil Turkiyaning Malatiya shahridan qarindoshlari bilan birgalikda Movarounnahrga, yani Buxoroi sharifga hijrat qilgan va G'ijduvonda joylashib qolgan. Abdulxoliq besh yoshga to'lganda Buxoroi sharifning buyuk olimlaridan ustod Sadriddin hazratlaridan Quroni karim o'rganayotganda, bir kuni Parvardigoringizga tazarru bilan ichingizda (maxfiy) iltijo qilingiz! Zotan, U haddan oshuvchi kimsalarni (yani el ko'ziga ko'rsatish uchun riyokorlik qiluvchilarni) sevmas (Arof surasi, 55-oyat) oyatini o'qidi. Shunda Abdulxoliq ustoziga: Botiniy haqiqat va xufya zikr qanday bo'ladi? Agar inson oshkora zikr va duo qilsa-yu, oraga riyo aralashsa, haqiqiy manoda zikr va duo qilinmagan bo'ladi va agar qalb bilan, yani maxfiy zikr va duo qilsa, hadisi sharifga ko'ra, shayton qonda aylanib yurganidan zikr va duoga xalaqit beradi, - debdi. Ustozi bu savoldan hayratga tushib: O'g'lim, bu ilmi laduniydir. Alloh taolo xohlasa, seni ahlullohdan bir zotga ro'para qiladi. U senga xufya va jahriy zikrni o'rgatadi, shu tariqa muroding hosil bo'ladi - deydi. XOJA ABDULXOLIQ G'IJDUVON ta'limoti Abdulxoliq 22 yoshida Buxoroga kelgan o'sha davrning dongdor shayxi Xoja Yusuf Hamadoniy (1048-1140) bilan uchrashib, unga shogird tushadi. Xojai Xizr uning saboq piri bo'lsa, Xoja Yusuf suhbat va xirqa piriga aylanadi. Abdulxoliq G'ijduvoniy ustozi Xoja Yusuf Hamadoniy Xurosonga qaytib ketguniga qadar u buyuk zotning xizmat-mulozamatida bo'lib, xojagon tariqatining usullarini mukammal egallaydi (xojagon tariqatini garchand Xoja Abdulxoliq asoslagan bo'lsa-da, uning ilk urug'lari Xoja Yusuf tomonidan tashlangan) va ko'p o'tmay o'zi ham yirik tasavvuf olimiga aylanadi. Alisher Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat» asarida yozilishicha: « alarning valoyati ul yerga ettiki, har vaqt namozda Kabaga borurlar erdi. Alarning valoyati ko'p erdi va Shomda alarg'a ko'p muridlar paydo bo'ldilar». Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniyning tasavvuf tarixidagi buyuk xizmati Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniyning tasavvuf tarixidagi buyuk xizmati yangi bir tariqatga asos solgani bilangina belgilanmaydi. Shariatga amal qilish, undan chekinmaslikni asosiy qoidaga aylantirdi. Tarkidunyochilik va xilvatni rad etib, jamoat bilan birga bo'lishni shart qilib qo'ydi. Luqma halolligi - har kim o'z mehnati bilan kun ko'rishi zarurligini tariqatning asosiy talabi qilib belgiladi. Bu tariqat taqvo deb haddan oshishni maqullamaydi. Axloq masalasi qatiy qilib qo'yildi. Bularning barchasi tasavvuf taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniyning tasavvuf tarixidagi buyuk xizmati Abdulxoliq G'ijduvoniy ustozi Yusuf Hamadoniy ta'limotini har tomonlama kengaytirib va chuqurlashtirib, xojagon tariqatining 8 rashha-qoidasini ishlab chiqdi (Keyingi tadqiqotlarning guvohlik berishicha, bu rashhalarning dastlabki to'rttasi Yusuf Hamadoniyga tegishli.): hush dar dam, nazar bar qadam, safar dar vatan, xilvat dar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 469.12 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:00 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 469.12 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga