Giyohvandlik - bolalarda deviantlik xulqi vujudga kelishi shakli sifatida

Giyohvandlik - bolalarda deviantlik xulqi vujudga kelishi shakli sifatida

O'quvchilarga / Pedagogika
Giyohvandlik - bolalarda deviantlik xulqi vujudga kelishi shakli sifatida - rasmi

Material tavsifi

Giyohvandlik - bolalarda deviantlik xulqi vujudga kelishi shakli sifatida Reja: 1. O'smirlar giyohvandligi ijtimoiy pedagogik muammo sifatida. 2. O'smirlar giyohvandligi xususiyatlari. 3. Giyohvand moddalar turlari. 4. O'smirlar giyohvandligining sabab va oqibatlari. 5. O'smirlar giyohvandligining rivojlanish bosqichlari (darajalari). Giyohvandlik tushunchasi. Giyohvandlik deganda, eyforiya holatani kelgirib chiqaruvchi moddalarga ishtiyoqtushuniladi. Eyforiya haqiqiy ahvolga mos kelmagan holda kayfiyatning ko'tarinki bo'lishidir. Giyohvand moddalarni iste'mol qilish nafaqat alohida shaxsga, balki jamiyatga ham zarar keltiradi. Ijtimoiy tibbiy sohada giyohvand moddalarni iste'mol qilishning ikki turi mavjud: 1) giyovhand moddalarni iste'mol qilishni o'z ixtiyori bilan chek qo'yishi mumkin bo'lgan holat, 2) shu ishni qilishga qurbi yetmaydigan holat. Giyohvandlikni ijtimoiy pedagogik yo'nalishda o'rganish, uni giyohvandlikka jismoniy yoki ruhiy tobelik bilan xarakterlanadigan deviant xulq-atvor shakli ekanligini aniqlash mumkin. Bu tobelik bolani jismoniy va ruhiy holsizlanishga hamda ijtimoiy dezadaptatsiyaga olib keladi. Giyovhandlikning turlaridan biri taksikomaniya hisoblanadi. Taksokomaniyada giyovhand modda o'rniga, organizmga benzin, kerosin, bo'yoqlar kabi maiishy kimyo vositalar hidlanadi. Taksokomanlar, odatda, 13 - 14 yoshli o'smirlar bo'lib, ular o'z organizmlarining zaharlanishi oqibatlarini tushuna olishmaydi. Taksokomaniyaning xavfi shundaki, bolalar organizm zaharlanishi natijasida nobud bo'lishadi yoki shunga olib boruvchi harakatlar sodir etishadi. Taksokoman tirik qolgan taqdirda ham, uning organizmiga zaharli moddalarning ta'siri juda yomon oqibatlar - nogironlik, aqli norasolikka olib keladi. Giyohvandlik hozirgi kunda kzedidagi sabablarga ko'ra jiddiy muammo hisoblanadi: o'smir yoshidaga giyohvandlarning ommaviy ko'payishi; qimmat turuvchi va kuchli ta'sir ko'rsatuvchi narkotik moddalarni iste'mol qilishning keng tarqalishi; giyohvand bolalar va o'smirlar ijtimoiy maqomining o'zgarishi. Noxush oilalarda voyaga yetgan farzandlar bilan bir qatorda, hozirgi kunda giyohvand bolalar va o'smirlar safi yuqori daromadli oilalar farzandlari bilan to'lib bormoqda. Bu oilalardagi o'smirlarning moliyaviy erkinligi axloqiy me'yorlari yuqori bo'lmagan alohida yoshlar submadaniyatini shakllantirishga olib kelib, ularda yetakchi qadriyat vazifasini erkin vaqt o'tkazish. bajaradi. Giyohvand moddalar esa muayyan hayot tarzining xususiyati hisoblanadi. Bugungi kunda, garchi bir dozasi uchun yuqori narx belgilansa-da, kokoin, geroin, ekstazi tabletkalari kabi giyohvand moddalarni iste'mol qilish kattaxavf tug'dirmoqda. Birinchi iste'mol qilish bosqichi yarim giyohvandlik bosqichiga aylanib, unda o'smir turli narkotik moddalarni qayta-qayta iste'mol qila boshlaydi. Turli narkotiklarni iste'mol qilgan o'smir ularning ichidan birini tanlab oladi. Bu yerda og'ishgan xulq-atvorning kasallikka aylanishi haqida gapirish mumkin. Chunki kerakli narkotik turi tanlangach, giyohvandning avval ruhiy, so'ngra jismoniy tobeligi boshlanadi. O'smirlik davrining qiyinchiliklari haqida yuqorida to'xtab o'galgan edi. O'smir guruhlar o'z xususiyatlariga ega bo'lib, ularga kattalarning gamxo'rligiga qarshi chiqish: hamda tengdoshlar bilan guruhlarga birlashish kabi xulq-atvor reaksiyalari hos. O'smirning giyohvandlik xulq-atvori asosida uning shaxs tavsifi ko'rsatkichlari hamda ruhiy va jismoniy og'ishish sabablari yotadi Uning shaxsiyatiga esa quyidagi turli omillar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.14 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.14 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga