Giyohvandlik va uning oqibatlari

Giyohvandlik va uning oqibatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Giyohvandlik va uning oqibatlari - rasmi

Material tavsifi

GIYOHVANDLIK VA UNING OQIBATLARI ANNOTATSIYA Ushbu taqdimot materiali giyohvandlik va uning oqibatlari mavzusida bo'lib 24 ta sahifadan iborat. Ushbu taqdimotda giyohvandlikni kelib chiqish tarihi, giyohvand moddalar va ularning tasniflanishi, narkomaniya bosqichlari va ularni salbiy ta'sirlari, giyohvandlikni oldini olish va davolash bosqichlari, toksikomaniya va uni keltirib chiqaruvchi moddalar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Taqdimotda narkomaniyaning boshlanishiga sabab bo'luvchi omillar haqida ham ma'lumotlar keltirilgan. Giyoxvandlik va uning zararli oqibatlari Giyoxvandlik (narkomaniya)ni kelib chiqishi tarixi. Giyoxvand moddalar (narkotiklar). Narkomaniya so'zi keng ma'noga ega bo'lib, tarixan turlicha so'zlar bilan talqin qilingan (narkomaniya - giyohvandlik, bangilik, nashavandlik, karaxtlilik). Bangilik - xalq tilida atalib kelgan so'z, bangi - bangi bo'lib qolishlik ma'nosida. Nashavandlik - nasha o'simligi, nasha preparatlariga o'rganib qolishlik. Giyohvandlik - kayf keltirib chiqaruvchi, o'ziga o'rgatib qo'yuvchi vositalardan, masalan ko'knori, tamaki, nasha, kanop o'simligining ayrim turi va ularning preparatlarini iste'mol qilishlikni anglatadi. Karaxtlik esa karaxt bo'lib qolgan, o'zini bilmay qolgan, narkoz holatiga tushishlik degan ma'noni anglatadi va bundan asl ma'no kelib chiqadi. Narkomaniya esa «Narko» (narkoz) va «maniya» (odam) so'zlarining yig'indisi hisoblanib, narkoz - hech narsani sezmaydigan holatni anglatadi. Giyoxvand moddalarni iste'mol qilish (xattoki bir marta) organizmga o'ta jiddiy zarar yetkazishi bilan birga og'ir xastalik, ya'ni giyoxvandlikka (narkomaniyaga) olib kelishi mumkin. Giyoxvand moddalarni iste'mol qilish oqibatida organizmning surunkali zaxarlanishi yuz beradi, buning natijasida tolerantlikni o'zgarishi, o'rganib qolish, maxrum bo'lish sindromi, emotsional-psixik o'zgarishlar, jismoniy xamda jinsiy o'zgarishlarga olib keladi. VOZ (Xalqaro sog'liqni saqlash tashkiloti) 1991 yil giyoxvand moddalar toifasiga quyidagilarni kiritdi: Alkogol - barbiturat moddalar tipi: etil spirti, barbituratlar, sedativ - meprobronat, xloralьgid va boshqalar. Amfetamin tipidagi moddalar: anfetamin, fenmetrazin. Kannabis tipidagi moddalar: marixuana, gashish. Kokain tipidagi: kokain, koka barglari. Gallyutsinogen moddalar: LSD, meskalin. Kata tipidagi moddalar. Opiada tipidagi: morfin, geroin, kofein, metdon. Efir suyuqliklari tipidagi moddalar: toluol, atseton, tetroxlormetan. QODIRJON RO'ZIYEVning ''Valeologiya asoslari'' kitobida narkomaniyani quyidagicha tasniflaydi: Tabiiy va sun'iy morfin va morfin guruhiga kiruvchi vositalar Tibbiyotda qo'llaniluvchi ayrim tinchlantiruvchi, uxlatuvchi, surgi dorilari Ichkilikbozlik - alkogolizm. Bunda asosiy ta'sir etuvchi modda etil spirti (alkogol) hisoblanadi nikotin va kannabiollar o'simliklardan - tamaki, ko'knori, nasha, kanop, koka o'simligi; preparatlardan - papiroslar, tamaki, sigaretalar, nosvoy, marixuana, plan, XEK, LCD va boshqa yangi kimyoviy - sintetik, zaharli o'ziga o'rgatib qo'yuvchi va kayf keltirib chiqaruvchi moddalar aroqlar, kon'yaklar, brendi, rom, vinolar, portveynlar, viski, musallas, shampan vinosi, pivo va boshqa tarkibida alkogol tutuvchi ichimliklar. valeriana, sibazon, eunoktin, fenozepam va boshqalar , barbiturat kislota unumlari - fenobarbital, barbamil purgen, fenolftalein), benzin, kerosin, toluol, kraskalar, kley Tabiiy va sun'iy morfin va morfin guruhiga kiruvchi vositalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.5 MB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:01 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.5 MB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga