MAVZU: Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarining o'zaro aloqasi va farqi. Inson tarixida tarbiya va ta'limning rivojlanish bosqichlari Ahmad Yassaviy ''Hikmat'' lari. 1. Globallashuv hodisasi va shakllanish tarixi. 2. Hozirgi davrning asosiy global muammolari. 3. Global muammolarni hal qilishda falsafaning roli. 4. Inson tarixida tarbiya va ta'limning o'rni va roli. Reja: Globallashuv-(lotincha globus- shar, yer sayyorasi)-XX asrning ikkinchi yarmi-XXI asr boshida jahon taraqqiyotida shakllangan yangi umumsayyoraviy tartibotlar, davlatlar va kishilar o'rtasidagi o'zaro aloqalarning kengayishi va murakkablashishi, dunyo miqyosida axborot makoni, kapital, tovar hamda ishchi kuchi bozoridagi itegratsiyalashuv, atrof-muhitga texnogen ta'sirning kuchayishi, ommaviy madaniyat namunalarining keng tarqalishi, axborot-mafkuraviy va diniy-ekstremistik xurujlar xavfining ortib borishini ifoda etuvchi tushuncha. Globallashuv atamasi dastlab amerikalik olim T. Livettning 1983 yili Garvard biznes-revyu jurnalida chop etilgan maqolasida tilga olingan edi. 4 Globallashuv- turli mamlakatlarning, xalqlarning jamiyat hayotining siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy sohalaridagi o'zaro ta'siri va bog'liqligining keskin kuchayishidir. Globallashuv-mutassil davom etadigan tarixiy jarayon Globallashuv- jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni Globallashuv- ishlab shiqarisning xalqaro formalarga o'tishi milliy chegaralarning yuvilib ketish jarayoni investitsiya, kapital, texnika va tovarlarning dunyo bo'ylab oqishi jadallashuvi ommaviy madaniyat tufayli turli xalqlarning nihoyatda yaqinlashuvi axborot sohasidagi inqilob bilan сhambarchas bog'liqligi Global jarayonlarning shakllanish tarixi. Hozirgi globallashuv jarayonlarining ilk nishonalariga XV asr oxirlaridan boshlab duch kelish mumkin, XIX asr boshiga kelib esa u amalda real shakl-shamoyil kasb etdi. Bu pirovardida yagona geografik, ma'lum darajada iqtisodiy va siyosiy jahon maydoni shakllanishiga olib kelgan Buyuk geografik kashfiyotlar yuz bergan davr edi. Ayni shu davrda dunyoni tushunishga nisbatan geotsentrik yondashuvlar geliotsentrik yondashuvlarga о'rin bо'shatdi, insoniyat esa, nihoyat, kun va tunning almashishini tо'g'ri talqin qilishga muvaffaq bо'ldi. Fan falsafadan ajralib chiqib, bilimlar tо'planishi va texnikaning rivojlanishiga kuchli turtki berdi, fan-texnika taraqqiyoti va sanoat inqilobi yuz berishiga sabab bо'ldi. Sо'nggi zikr etilgan voqealar pirovard natijada insonning tabiatni о'zgartiruvchi imkoniyatlari va uning atrof muhit bilan munosabatini butunlay о'zgartirdi. Ikkinchi jahon urushining boshqa bir oqibati jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy sohasida yuzaga keldi va u turli-tuman xalqaro tashkilotlarning mislsiz darajada о'sishida namoyon bо'ldi. Ularning orasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), hech shubhasiz, ajralib turadi. Yevropadagi integratsiya jarayonlari ham urushning tugashi bilan bog'liqdir. (U. Cherchil. Yevropa Qo'shma Shtatlari) Bosh harbiy jinoyatchilar guruhi va natsistlarning asosiy tashkilotlari ustidan о'tkazilgan Nyurnberg sud jarayoni yana bir muhim tadbir va ayni vaqtda xalqaro munosabatlarni huquqiy tartibga solish sohasida dunyo miqyosidagi hamkorlikning ilk tajribasi bо'ldi. Bu jarayon 1945 yil 8 avgustda g'olib mamlakatlar - SSR, AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan tashkil etilgan tarixdagi birinchi Xalqaro harbiy tribunal tomonidan amalga oshirildi va ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.68 MB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:01
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.68 MB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:01 ]
Arxiv ichida: pptx