Go'daklik va maktabgacha yoshning psixologik xususiyatlari

Go'daklik va maktabgacha yoshning psixologik xususiyatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Go'daklik va maktabgacha yoshning psixologik xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: Go'daklikdagi psixologik rivojlanish asoslari va xususiyatlari Ilk bolalik yoshi tavsifi Bolalar va kattalar. Bola shaxsi shakllanishining dastlabki bosqichi Kichik maktab yoshida psixologik rivojlanish Kichik yoshdagi o'quvchilarda anglash jarayonining rivojlanishi Kichik yoshdagi o'quvchilar shaxsining rivojlanishi Go'daklikdagi psixologik rivojlanish asoslari va xususiyatlari CHaqaloqlik (tug'ilganidan boshlab bir-ikki oylikkacha). Bola ko'pchilik jonivorlarning bolasiga qaraganda ancha ojiz tug'iladi. U nisbatan cheklangan xulq-atvor, tashqi olamga moslashishning muqarrar-reflektor shakllari jamg'armasiga ega bo'ladi. Tug'ma xulq-atvor shakllarining kamligi bola kuchsizligini emas, kuchini tashkil etadi - u deyarli cheksiz aqliy rivojlanish, xulq-atvorning yangi shakllariga ega bo'lishning yangi tajribalarini o'zlashtirish imkoniga sohib bo'ladi. CHaqaloq rivojlanishining farqli xususiyatlari shuki, uning analizatorlari faoliyati somatik (jismoniy) harakatlarga qaraganda tezroq shakllanadi. SHu asosda munosabat refleksi rivojlanadi va xilma-xil shartli reflektor aloqalari shakllana boshlaydi. CHaqaloqlik davri oxiri va go'daklikning boshlanishida «tetiklanish kompleksi» - kattalarnnig paydo bo'lishiga munosabat bildirish paydo bo'ladi. Go'daklikda (bir-ikki oylikdan bir yoshgacha) go'dak to'laligicha kattalarga bog'liq bo'ladi (uni ovqatlantirishadi, Yuvintirishadi, yo'rgaklashadi, ag'darib qo'yishadi, qo'lga olishadi, sayr qildiri-shadi, allalashadi, gapirishga, Yurishga o'rgatishadi va h.k.). ²ayotining birinchi yili so'ngiga kelib go'dak ayrim so'zlarni tushunadi va ilk so'zlarni ayta boshlaydi. Tasodifan odamlar davrasidan chiqib qolgan inson bolasi o'z rivojlanishida insoniy imkoniyatlar darajasigacha ko'tarila olmaydi. Faqat ijtimoiy muhit va ta'lim natijasidagina bolada insonlarcha his qilish va fikrlashga qodir shaxsiyat shakllanadi. Go'daklik so'ngida bolalar kattalarga taqlid qila boshlaydilar. Maqsadli harakat va taqlid intensiv rivojlanayotgan intellektdan (aqliy faoliyatdan) dalolat beradi. Bola harakat jarayonida, o'zining va boshqalarning harakatlariga taqlid qilib, fikrlashga o'rganadi. Ilk bolalik yoshi tavsifi Ilk bolalik yoshi (bir yoshdan uch yoshgacha). Ko'pchilik psixologlar tug'ilgandan voyaga etgunga qadar insonning psixologik rivojlanish yo'lining o'rtasi 3 yosh deb hisoblashadi. Uch yoshli bola o'z-o'ziga xizmat qila oladi, atrofdagi odamlar bilan o'zaro munosabatga kirishishni biladi. Bunda u og'zaki muloqot qilishni biladi, unda xulq-atvorning eng oddiy shakllari shakllanadi. Bola uch yoshda etarlicha faol va atrofdagilarga tushunarlidir. Uning xarakteri va temperamenti xususiyatlari allaqachon namoyon bo'la boshlaydi. L.N.Tolstoy shunday deydi: Besh yoshdan to mengacha - bir qadam, Tug'ilishdan besh yoshgacha - abadiyatdir. ²omiladan tug'ilishgacha - girdobdir, Yo'qlikdan homilagacha - mavhumlikdir. Bolaning psixik rivojlanishiga to'g'ri Yurishga o'rganish sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Lokomosiya («loko» - joy, «mosiya»-harakat) dasturi hali shakllanmagan, shuning uchun bola doimo muvozanatini yo'qotadi. ²arakatlana olishi qobiliyati tufayli bola tashqi dunyo bilan nisbatan erkinroq va mustahkamroq muloqot qilish davriga kirib keladi. Mushak hissi masofani hisoblash va buYumlarning makondagi joylashuvini aniqlash mezoniga aylanadi. Bolaning psixik rivojlanishiga predmetlar harakati sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Narsalar, predmetlar mohiyati bola tomonidan bolalik davrida egallanadi. Bolalik oxirida (hayotning uchinchi yilida) yangi faoliyat turlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.14 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.14 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga