G'oya va mafkuralarning tarixiy shakllari va ko'rinishlari Reja: Tarixda turli g'oyalarning afsonalar shaklida nomoyon bo'lishi. Diniy, dunyoviy ko'rinishi. Totemizm, animizm fetishizm, politeizm, monoteizm. Moneizm, dualizm, plyuralizm, idealizm, materializm. Fikrlar va qarashlar rang - barangligi. Tarix turli g'oyalarning ezgulik va yovuzlik, ozodlik va istedod, ma'rifat va jaholatga xizmat qilgan mafkuralar shaklida namoyon bo'lganidan dalolat beradi. Ularning diniy, dunyoviy ko'rinishlari mavjud. Ibtidoiy hayot davrida mifologiyaga asoslangan diniy- ilohiy qarashlar asosidagi Totemizm, Animizm, Fetshizm kabi g'oyaviy tizimlar - mafkura shakllari bo'lgan. Ularda jonning abadiyligi, tabiatdagi narsa va hodisalarning iloxiy quvvatga ega ekanligi to'g'risidagi xilma-xil g'oya va qarashlarga asoslangan. Keyinroq politeizm (ko'p xudolik) monoteizm (ko'p xudolilik) g'oyalari vujudga kelgan. Yunonistonda dastlabki falsafiy moddiyunchilik ta'limot mil. av. VII-VI asrlar o'rtasida Milet shahrida yuzaga kelgan. Milet maktabi faylasuflarini ioniyalik faylasuflar ham deb atashgan. Milet falsafiy maktabining asoschisi Fales (mil. av. 624-547y) ta'limotiga ko'ra, tabiatdagi tuli-tuman jism va hodisalar dastlabki ibtido (har bir narsaning boshlanishi) modda-suvdan paydo bo'lgan. Pirovard oqibatda suvdan tashkil topgan barcha jismlar yana suvga aylanadi. Anaksimandr Falesning shogirdi, mil. av VII asrning ohiri VI asr bashlarida yashab ijod etgan. U Falesning g'oyasi - dunyo va borliqni suv bilan cheklanganligini tan olsada, dunyoning borlig'i cheksiz gazsimon apeyrondan (modda) iborat deydi. Uning fikricha, issiqlik va sovuqlik, quruqlik va namlik apeyrondan ajralib chiqib materiyaning bir holoatdan ikknchi holatga o'tishini ta'minlaydi. Uning g'oyalarini zamondoshi Anaksimen (mil. av. 588-525 y.) davom ettirdi. U dunyoning asosiga havoni qo'yadi. Uning ta'limoticha hamma narsa havodan paydo bo'ladi va provardida (intixosi-ohiri) yana havoga aylanadi. U jon haqida gapirib, «Jon-bu havo. Jon, yani havo tanimizni bamisoli cheksiz havo bilan butun koinotni o'rab, saqlagani kabi saqlab turadi», -degan edi. Eramizdan avvalgi 3-2 ming yillikda Qadimgi misrda Plutarx» Isida va Osiris haqida»asarida Ra xudosi dunyoni yaratuvchi»si deb ta'riflagan. Misrda ko'pxudolilik (yer. av. 3-ming yillik) Politeizm, undan so'ng yagona quyosh xudosi Atonga ibodat qilingan. Qadimgi Xitoyda oliy ilohiy ibtido Osmon hisoblanadi. U oliy umumiylik, uni sevib bo'lmaydi, taqlid qilinmaydi, mahliyo bo'linmaydi. Podsho xudoning o'g'li. Inson 2 ta jonga ega. 1. Moddiy (po) -u yerga ko'miladi. 2. Ruhiy (Xun) -u osmonga yo'l oladi. Keyinchalik milliy asosdagi Hinduizm, Iudizm, Konfutsiylik kabi diniy mafkuralar shakllangan. Konfutsiylik-barkamol inson idealini ko'tarib chiqqan. Yaponlar - Sintoizmni yaratgan. Rim imperiyasi shakllangan davrda Xristianlik uning mafkurasiga aylandi. Olamning vujudga kelishi, mavjudlik, uning asosini nima tashkil qilgani kabi masalani falsafiy tahlil qilish natijasida Moneizm, Dualizm, Plyuralizm va Materializm singari oqimlar paydo bo'ldi. Moneizm - Olamning asosi bitta deb ta'lim beruvchi yo'nalish. Dualizm - Olamning ibtidosi ham ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.99 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.99 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:00 ]
Arxiv ichida: doc