G'oyaviy ta'sir ko'rsatish vositalari, shakllari, uslublari Reja: So'z - g'oyaviy ta'sir ko'rsatishning mafkuraviy vositasi sifatida. ta'lim tizimi va g'oyaviy tarbiya. Ommaviy axborot vositalari va g'oyaviy ta'sir. G'oyaviy tarbiyada hayrli an'analarning o'rni. Madaniy-ma'rifiy muassa-ssalar g'oyaviy tarbiya maskani. G'oyaviy tarbiyada adabiyot va san'at. G'oyaviy ta'sir o'tkazish shakllari. G'oyaviy ta'sir ko'rsatish usul va uslublari. Noosfera davri odam-olam munosabatlarida ilmiy haqiqatlarga asoslangan yangicha dunyoqarash, shu asosda yangicha tafakkur va turmush tarzi shakllanishini taqoza etmoqda. Ushbu jarayonda geosiyosat va mafkurada ham yangicha yondashuvlar qaror topishi, insoniyat nihoyat milliy, irqiy, diniy va boshqa negizda muqarrar chiqadigan ziddiyatlarni zo'ravonliklarsiz, urushlarsiz, terrorlarsiz, tarafkashliklarsiz xal etish bosqichiga o'tishiga umid qilish mumkin. Ana shundagina ilmiy-texnika va texnologiya muvaffaqiyatlari va globallashuv jarayonlaridan har bir elat, millat, mintaqa xalqlari va butun bashariyat manfaatlari yo'lida to'la-to'kis foydalanish imkoniyati vujudga kelishi mumkin. Bu ulug' maqsadlarga erishishda mafkura vositalari, shakllari, uslublari haqida yoshlarimiz zarur bilimga ega bo'lishlari tarixiy zaruriyatdir. Muayyan dunyoqarash ifodasi sifatidagi g'oyalarni odamlar ongiga yetkazish, ularning qalbidan mustahkam o'rin olishida so'z asosiy mafkuraviy vosita hisoblanadi. Binobarin, odamzot jamiyat bo'lib yashashga o'tgach, ma'naviyatni qaror toptirish, shu asosda jamoa va jamiyatga uyushgan odamlarda o'zaro hamkorlik, hamdo'stlik ruhini qaror toptirishda so'zdan o'z o'rnida va bilib foydalanishga katta etibor berilgan. Masalan, «Avesto»da so'zning qudratiga yuksak baho beriladi va ezgu so'z odamning komillik maqomiga erishishining zarur sharti hisoblanib, shu jarayonda unda ezgu niyat va ezgu amallar vujudga kelishiga etibor qaratiladi. Qadimgi Yunonistonda ritorika maktablarida maxsus tayyorgarlikka ega bo'lgan voizlar tayyorlangan. Maktabni muvaffaqiyatli bitirganlar omma oldiga chiqib so'zlash huquqiga ega bo'lganlar. O'rta asrlar, shuningdek keyingi davrlarda ham islom dini va shariatlaridan etarli bilimga ega bo'lgan odamlarni voiz deb ataganlar, ular omma oldiga chiqib, olam-odam munosabatlari haqida gapirganlarida, barcha uning so'zlarini butun vujudi bilan tinglagan. G'arb mamlakatlarining bazilarida maxsus germenevtika fani o'tilib, unda bo'lajak mutaxasislarning so'zlarni o'z o'rnida va o'z manosida ishlatishga o'rgatiladi. Hozirgi davrdagi tadqiqotlardan malum bo'lishicha, odamzot kundalik shaxsiy kuzatishlari, hayotiy tajribasi, ijtimoiy-siyosiy qarashlariga muvofiq keladigan g'oyalargagina isxonar ekan, bunda mantiqiy bog'lanishlar ifodasi bo'lgan fikrlarga nisbatan kundalik ong darajasidagi o'tkinchi qarashlarga qiziqish katta bo'ladi. Agar voizning bilimi chuqur, notiqlik mahorati yuksak bo'lsa, kundalik ong darajasida keng yoyilgan fikrlarga tayanib turib, mantiq kuchi bilan o'z qarashlariga ishontira oladi va tinglovchini jiddiy o'ylash va mulohaza qilib ko'rishga davat etib, ilmiy-falsafiy jihatdan asoslangan fikrlarga ishonch tuyg'usini vujudga keltira oladi. Demak, notiq yoki voiz nutqida ishlatiladigan, jamiyat va xalq manfaatlarini ifodalovchi ijtimoiy ramzlar - so'zlar, iboralar, shiorlar, narsa va hodisalar o'sha tinglovchi talab-ehtiyoji, orzu-umidlari va manfaatlariga bevosita aloqador bo'lgandagina ta'sirchan va ishonchli ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.02 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.02 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:00 ]
Arxiv ichida: doc