Grammatika va so'z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari

Grammatika va so'z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari

O'quvchilarga / Pedagogika
Grammatika va so'z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari - rasmi

Material tavsifi

Grammatika va so'z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari Reja: Grammatik tushunchalarning mohiyati. Ularni o'zlashtirishdagi qiyinchiliklar Tushunchani o'zlashtirish ustida ishlash jarayoni Tushunchaning samarali o'zlashishini ta'minlaydigan metodik shartlar Grammatik va so'z yasashga doir mashqlar Boshlang'ich sinflarda morfologiyadan «ot», «sifat», «son» «fel», «olmosh tushunchalarini; siktaksisdan «gap», «ega» «kesim», «ikkipchi darajali bo'lak», «uyushiq bo'lak, undalma» tushunchalarini; so'z yasalishidan «o'zak», «qo'shimcha», «o'zakdosh so'zlar» kabi tushunchalarni shakllantirish ustida ish olib boriladi. O'qituvchi tushunchalarni shakllantirish jarayonini boshqarish, o'quvchilar aqliy faoliyatini to'g'ri tashkil etish uchun u tushuncha nimaligini, tushunchani bilib olish jarayonining xususiyatlarini,tushunchani o'zlashtirish qanday sharoitda natijaliroq bo'lishi ko'z oldga aniq, keltirishi lozim. Grammatik tushunchalarning mohiyati. Ularni o'zlashtirishdagi qiyinchiliklar Tushuncha atrof-muhitdagi predmet va hodisalarning muhim belgilari va o'zaro aloqadorligi aks ettirilgan tafakko'r formasinn tasvirlab ko'rsatadi. Grammatik tushunchalarda ham, boshqa tushunchalar kabi, hodisalarning muhim belgilari umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Til hodisalarining o'ziga xos xususiyati, yani tushunchaning mazmun tomoni grammatik tushunchaning o'ziga xos xususiyatini keltirib chiqaradi. Til hodisalari, til kategoriyalari boshqa hodisalarga nisbatan juda mavhumligi bilan farqlanadi. Biologik tushunchalarni shakllantirishda belgilarini kuzatish, sistemaga solish va umumlashtirish mumkin bo'lgan aniq, hodisalar va predmetlar material sifatida asos qilib olinadi. Grammatik tushunchalar esa so'z, so'z birikmasi, gap, morfema, leksema, fonema va boshqalarning o'ziga xos muhim belgilarini aniqlash va umumlashtirish natijasi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, kishilar tomonidan yaratilgan grammatik tushunchaga asos bo'lgan dastlabki materialning o'zi etarli darajada mavhumdir. Demak, grammatik tushunchalar umumlashtirilganlarning yana umumlashtirilgani hisoblanadi. Grammatik tushunchaning bu xususiyatlari tufayli o'quvchilarda tushuncha juda ko'p qiyinchilik bilan shakllanadi. Grammatik tushunchani bilib olish uchun mavhum tafakko'r malum darajada rivojlangan bo'lishi lozim. Mavhum tafakko'r ta'lim jarayonida vujudga keladi va maxsus mashqlarni talab qiladi. Bu mashqlar muayyan aqliy ko'nikmalarni va lingvistik tasavvo'r hamda bilimlar kompleksini shakllantirishga qaratilgan bo'li-shi zaro'r. Ko'pgina psixolog olimlarning tekshirishlari natijasida aniqlanishicha, tushunchani shakllantirish jarayoni tafakko'rga oid analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, aniqlashtirish amallarini bilib olish jarayoni ham hisoblanadi. O'quvchilarda tushunchani shakllantirishning natijasi ularning mavhumlashtirish faoliyatining qaydarajada o'sganligiga bog'liq. Mavhumlashtirishda qiynaladigan o'quvchilar so'zlarni taqqoslay olmaydilar va ularning muhim grammatik belgilariga ko'ra bir gruppaga birlashtira olmaydilar, tushunchani shakllantirishda qiynaladilar va xatoga yo'l qo'yadilar. Masalan, fel o'rganilganda o'quvchilar fel predmetning harakatini bildirishini bilib oladilar. Yurmoq, ekmoq, chopmoq kabi fellarda leksik mano grammatik manoga mos keladi. Ko'p fellarda bunday moslik bo'lmaydi. Grammatikada predmet harakati deyilganda, harakat bilan birga predmetning holati, uning boshqa predmetlarga munosabati, predmet belgisining o'zgarishi kabilar ham tushuniladn: uxlamoq, o'ylamoq, sevmoq, o'smoq, ko'karmoq va hokazo. Predmet harakatini bunday keng manoda, umumlashtirilgan holda tushunish endigina tilni o'rgana boshlagan o'quvchilarga qiyinlik qiladi, ular harakatni ko'proq yurish, siljish manosida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.37 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.37 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga