Guruh holida va ommaviy tarzda olib boriladigan mashg'ulotlar Rеja: 1. Guruh holida olib boriladigan to'garak ishlari. 2. Klub ishlari va ommaviy ishlarni tashkil qilish. 3. Yosh tabiatshunoslar tadbirlarini tashkil qilish va o'tkazish metodikasi. 4. Tadbirlar mavzularini dars mavzulari bilan bog'lash. Guruh mashg'ulotlari. Tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari ishlarning guruh bo'lib o'tkaziladigan shakllaridan biri to'garak ishidir. U mayyan ishtirokchilar doirasini qamrab oladi va tabiatni chuqurroq o'rganish imkoniyatini beradi. To'garakka a'zo bo'lish ixtiyoriydir, ammo unga kiruvchi o'z zimmasiga aniq reja bo'yicha ishlash va boshlagan ishini oxiriga yetkazish majburiyatini oladi. Rejaga o'quvchilar bajarishga kuchi yetadigan ishlar kiritilishi lozim. O'qituvchining asosiy vazifasi - amaliy natijalar beruvchi faol ishlarni ta'minlashdir. Ishda har xil: o'qituvchi va o'quvchilarning tabiiy yoki tasviriy ko'rgazmali qurollarni namoyish qilish bilan og'zaki bayon qilishi, amaliy o'quv va ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o'quvchilarning ijtimoiy-foydali mehnati va boshqa metodlar to'g'ri uyg'unlashtirilishi lozim. To'garakni muvaffaqiyatli ishlashida mashg'ulotlar o'tkazishga tayyorlanish katta ahamiyatga ega. Birinchi mashg'ulot oldidan o'quvchilarga uni o'tkazish vaqti to'g'risida eslatish, to'garak vazifalari bilan o'quvchilarni tanishtiruvchi kirish suhbatining mazmunini barcha tafsilotlari bo'yicha o'ylab chiqish zarur. To'garakning ish rejasini tuza turib, mo'ljallangan tematikni o'quvchilar bilan muhokama qilish va ularning taklif va istaklarini hisobga olish kerak. To'garakning birinchi mashg'ulotida uning faollari kengashi (starostasi-sardoshi, uning muovini, muharririyat a'zolari) saylanadi va nomi («Hamma narsani bilishni istayman», «Biz va tabiat», «Yosh tabiatshunoslar», «Tabiatni sevuvchilar» va b.) tasdiqlanadi. Eng yaxshi nom uchun tanlov e'lon qilinishi mumkin. Shuningdek, to'garakda qatnashuvchilarning xulq-atvori qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash zarur. Qoidalar: ishda faol qatnashish; barcha topshiriqlarni o'z vaqtida bajarish; har bir ishni nihoyasiga yetkazish; kuzatishlar va bajarilgan ishlar kundaligini yuritish; o'rtoqlariga yordam berish; mashg'ulotlarga muntazam qatnashish. To'garak ishiga o'qituvchi rahbarlik qiladi. Davo-matni starosta yoki uning muovini maxsus jurnalda olib boradi. Mashg'ulotlar ikki haftada bir marta muayyan kun va soatda o'tkaziladi. Birinchi mashg'ulotda faqat tashkiliy masalalar bilan cheklanmaslik kerak. O'quvchilarga kichikroq, lekin qiziqarli kirish materiali berish kerak, toki to'garak ishiga qiziqsinlar va nima bilan shug'ullaishlari to'g'risida dastlabki (taxminiy) tasavvurlar olsinlar. Ishni diafilm, diapozitiv ko'rish, tabiatshunoslik mazmunidagi ilmiy-ommabop adabiyot o'qish bilan boshlash ma'qul. Har bir yosh tabiatshunos yoki 3-4 kishidan iborat kichik guruh o'qituvchi yordamida o'zlari uchun muayyan mavzuni tanlaydilar. To'garak rahbarining vazifasi - har bir ishtirokchini u uddalaydigan qiziqarli va foydali mavzu bilan qiziqtirishdir. To'garakda o'tkaziladigan ish xilma-xil bo'lishi, lekin umumiy maqsadga - jonajon tabiatni o'rganishga birlashtirilishi zarur. «Hamma narsani bilishni istayman» to'garagining (3-4- sinflar) ishini quyidagi reja bo'yicha tashkil qilish mumkin: 1) Kirish mashg'uloti; 2) tabiatga ekskursiya («Kuz in'omlari») temasi. 3) «Jonajon o'lkaning qushlari», «Yilning har xil ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.91 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.91 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:01 ]
Arxiv ichida: doc