Guruh rahbarining tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish usullari

Guruh rahbarining tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish usullari

O'quvchilarga / Pedagogika
Guruh rahbarining tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish usullari - rasmi

Material tavsifi

Guruh rahbarining tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish usullari Reja: Sinf rahbarining faoliyati ko'p qirrali va sermazmundir. U o'zi rahbarlik qilayotgan sinf o'quvchilarini tarbiyalash bilan bir qatorda o'quv yili yoki chorak davomida nimalar qilish kerakligi bolalar hayotini nima bilan band qilish va tanlangan ish turini qanday amalga oshirishni bexato aniqlash kabi ancha murakkab muammoni yechadi. Bu borada sinf rahbariga turli xil manbalar yordam beradi. O'quvchilarning ayrim xatti harakatlariga bu xatti-harakatlar nomoyon bo'lishlarining tashkil etishi tajribalarini o'rganish va tahlil qilish asosida o'quvchilarni o'rganishda amal qilishi lozim bo'lgan talablarni shunday ifodalamoq mumkin. 1. Bolalarni o'rganish ularga tarbiya va ta'lim berish sifatini oshirishga bo'ysindirmog'i lozim. O'quvchilarni muntazam tarzda o'rganish asosida boshlang'ich jamoaga hamda alohida o'quvchilarga tarbiyaviy ta'sir etishining yanada samarali usul va metodlarini tanlab olishga ijodiy yondashish mumkin bo'ladi. 2.O'quvchilarni tabiiy hayot va ish faoliyati sharoitida o'rganish.O'quvchi ta'lim jarayonida ijtimoiy foydali maslahatga va jamoat ishiga o'rganishi lozim.O'qituvchilarning o'qituvchi va o'quvchilar jamoasi bilan, ota-onalar va tevarak atrofidagi kishilar bilan kirishadigan munosabatlarini o'rgatish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu munosabatlar jarayonida shaxsning yanada to'la ochiladi. O'quvchilarni tibbiy ish va kundalik xatti harakat jarayonida o'rganish o'quvchiga haqiqiy baho berishga yordam beradi. Sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. O'ziga yuklatilgan sinfdagi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu vazifani bajarayotgan u yolg'iz emas shu sinfda dars berayotgan turli fan o'qituvchilar bilan yaqin hamkorlikda va ularga suyangan holda o'quvchilarda milliy dunyoqarash asoslarini shakllantiradi, axloqiy tarbiyasini rivojlantiradi. O'quvchilarni darsdan tashqari tadbirlarni tashkil etadi va sinf jamoasini mustahkamlaydi. 2. O'quvchilarning bilimga bo'lgan qiziqishi va qobilyatini o'stirish har bir o'quvchining indivudial psixik xususiyatlarini hisobga olgan holda kasbga yo'naltirish va hayotiy maqsadlarini shakllantirish sinf rahbarining alohida vazifasidir. Ayni paytda har bir o'quvchining sog'ligini mustahkamlashga ham e'tibor beradi. 3. Sinf rahbarining diqqat markazida o'quvchilarning darsda yuqori o'zlashtirishini ta'minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir o'quvchining kundalik o'zlashtirishida voqif bo'lib turadi. Orqada qolayotganlarga o'z vaqtida, kechiktirmay yordam uyushtiradi. 4. Sinfdagi o'quvchilarnint o'z o'zini boshqarish ishlarini yo'naltiradi, ular ishtirokida sinf jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini ta'min etadi, maktab miqiyosida uyushtirilayotgan muhim tadbirlarda o'z sinfining faol qatnashishini ta'minlaydi. 5. Sinf o'quvchilarining ota-onalari, o'quv kuni o'zlashtirilgan guruhlarning tarbiyachilari, korxonalar va muassasalardagi, turar joylardagi otaliqqa oluvchilar bilan yaqin aloqa o'rnatadi. 6. Sinf rahbari shu sinfda dars berayotgan barcha fan o'qituvchilari o'rtasida o'quvchilarga nisbatan yagona talablar o'rnatilishiga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilim tarqatib, oila bilan maktab o'rtasidagi aloqani mustahkamlaydi. Sinf rahbarining axloqiy obro'si g'oyat darajada yuqori bo'lishi ham bu o'rinda muhimdir. Sinf rahbari ana shundagina tarbiyaviy ta'sir kuniga ega bo'ladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma'naviy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 393.5 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:01 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 393.5 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga