Guruhdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilishda tashkilotchining ish metodikasi Reja: Guruhdan va o'quv yurtidan tashqari tarbiyaviy ishlar. Oila - tarbiya o'chog'i. Oila va mahalla hamkorligidagi tarbiyaviy ishlarni tashkil etish. Guruhdan tashqari ishlaming tarbiyaviy ta'siri. O'quvchilarni hartomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash masalalarini muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol hayotiy mavqcni shakllantirish, o'zlashtirish va bilim sifatini oshirish ko'pjihatdan kuni uzaytirilgan guruhlarining samarali ishlashiga bog'liqdir. Guruhdan va o'quv yurtidan tashqari tashkil qilingan ishlar o'quvcliiar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatini to'ldiradi. Ularning dunyoqarashi, to'g'ri shakllaiishiga, ahioqiy kamol topishiga ko'maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarish bilan bog'lanishiga zamin yaratadi. Guruhdan va o'quv yurtidan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko'p qirralidir. Guruhdan va o'quv yurtidan tashqari ishlarning tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi: Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish. O'quvchilarning guruhdan va o'quv yurtidan tashqari ko'p qirrali ishlarni o'quvchilar tashkilotlari guruh faollari yordamida yo'lga qo'yish. Guruhdan va o'quv yurtidan tashqari ishlar yo'nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda o'qituvchilar, guruh rahbarlari, ota-onalari, guruh faollariga uslubiy yordam ko'rsatish. Umumo'quv yurti va o'quv yurtilararo o'tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish. O'quvchilarning bo'sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. Bu borada tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini ko'rish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va ma'muriy. Bular ko'pincha o'zaro uzviy bog'langan holda namoyon boMadi. tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator kishilarni kiritish mumkin: Tarbiyaviy ishlar sohasida erishgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish. Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash. Tarbiyaviy, ommaviy, siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmunini, shakl va usullarini aniqlash. Guruhdan, o'quv yurtidan tashqari ishlarni rejalashtirish, guruhlashtirish va ularning mazmunini, shakl va usullarini aniqlash, boshqaruvchi shaxslarni aniqlash. O'quvchilarning guruhdan tashqari ishlari o'z mazmuniga ko'ra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. Chunki guruhdan tashqari ishlarda olingan ahborot idrok etiladi, qayta ishlanadi. Shu asosda yangi bilimlar hosil qilinadi. O'quvchilar o'quv yurtidan tashqari ishlarda qatnashib turli kishilar bilan muayan munosabatga kirishadilar. Turli vaziyatga duch keladilar. Shuning uchun ham o'quvchilarning o'quv yurtidan tashqari faoliyatlari qanchalik hilma-hil bo'lsa, ularning munosabatlari shunchalik munosabat doirasi keng va ma'naviy o'sishi samarali bo'ladi. O'quv yurtidan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o'quvchilar jamoadagi ishlarni o'rganadilar. Ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar. lshlab chiqarish mehnatiga qo'shiladilar. Jamoatchilik fikriga bo'ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga otlanadilar. O'quv yurtidan tashqari faoliyatga quyidagilar kiradi: Og'zaki ish usullari: majlislar, yig'inlar, ma'ruzalar, kutubxonalar, konferentsiyalar, munozaralar, uchrashuvlar, gazetalar, radio va jurnallar. Amaliy ish olib borish usullari turli joylarga sayyohatlarga, sport musobaqalari, tabiatshunoslar to'garaklari, shanbaliklar, yangi kitoblar ko'rgazmalari. Tarbiyaviy ish pedagogikadan butun qobiliyatlarni ishga solishga taqozo etadi. Guruh rahbarligi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.26 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.26 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:01 ]
Arxiv ichida: doc