Guruhiy terapiyada metod va nazariyalar

Guruhiy terapiyada metod va nazariyalar

O'quvchilarga / Pedagogika
Guruhiy terapiyada metod va nazariyalar - rasmi

Material tavsifi

Guruhiy terapiyada metod va nazariyalar Psixoanalitik va boshqa shakldagi guruhiy terapiya bo'yicha ko'plab adabiyotlar uning nazariya va metodlarini qisman ko'rib chiqish imkonini beradi. Guruh qanday maqsadlarni ko'zlashidan qat'i nazar, uning doirasida ustunlik qiladigan ziddiyatlar odatda ongsiz bo'ladi. Shu munosabat bilan guruhni uning sotsiologik yo'nalishi, funksiyalari, tobelik munosabatlari, umumiy qaror qabul qilish usullari va hokazo bo'yicha tashqi o'rganish yetarli bo'lmaydi. Ongsiz jarayonlar deganda biz ana shu jamoaning hamma a'zolariga istisnosiz taalluqi bo'lgan ongsiz fantaziyalarni tushunamiz. Bunday jarayonlarni psixoanalitik jihatdan tadqiq qilishningikkita usuli mavjud. Psixoanalizda patsientni o'rganish kabi guruhning alohida a'zosini o'rganish. Bu holda guruh individni keng ko'lamda o'rganishga imkon beradigan umumiy fon bo'ladi; guruhni individ sifatida o'rganish, bunda analitik guruhga notanish odam sifatida qarab, uni o'rganish jarayonini yengillatish imkoniyatiga ega bo'ladi. Qatlamli va prosessual modellar Xilma - xil guruhni ongsiz jarayonlarda yo'nallish olish uchun bir qator psixoanalitik modellar ishlab chiqilgan bo'lib, ularni qatlam va prosessual modellarga ajratish mumkin. Ko'plab qatlamli modellar Zigmund Freyd tomonidan taklif qilingan topografik modellarga tayanadi. Filip Slater tomonidan ishlab chiqilgan prosessual modelga ko'ra, guruhli jarayonlarning uch asosiy bosqichi farqlanadi: birinchi bosqich - guruhrahbarini loyihalashtirish; ikkinchi bosqich - guruhrahbari bilan raqobatlashish; uchinchi bosqich - yangi guruhli munosabatlar o'rnatish yo'li bilan kelishuvga erishish. Guruhiy terapiyani qo'llashga doir ko'rsatma Terapiyaning bu turini qandaydir guruhda etilgan ziddiyatni bartaraf qilish talab qilinganda qo'llash maqsadga muvofiqdir. Guruhli terapiya vaziyatida bu ziddiyatlarning shak - shubhasiz reaktivatsiyasi ziddiyatning guruh a'zolari tomonidan anglanishi va ijobiy o'zgarishlarga kelish uchun sharoit yaratadi Oilaviya terapiyada nazariya va metodlar Psixoanalitik oila terapiyasi umuman mavjud emas deyish uchun ayrim asoslar bor.Psixoanaliz paydo bo'lgandan vaqtdan buyon ushbu soha mutaxassislari faqat individ psixikasiga emas, shu bilan birga sun'iy va tabiiy guruhlarda kechadigan jarayonlarda ham katta e'tibor berishgan. Tabiiy guruhning eng yorqin ifodasi oila hisoblanadi. Jon Karl Flyugelning 1921 - yilda chop etilgan Oilani psixoanalitiik tadqiq qilish nomli kitobida yozilishicha, tadqiqot predmeti sifatida birinchi marta o'z fantaziyalari bilan bir - birlaridan ajralib qolgan bolalar va ota-onalar emas, to'lig'icha oila xizmat qiladi Psixologning mijozlar va pasientlarga nisbatan xulqi O'zaro ishonchli munosabatlar. Psixoxlogning mijoz yoki pasient bilan o'zaro munosabatlari har ikkala tomonning bir-biriga to'la ishonch o'rnatilishi zarurati tufayli ham alohida xarakterga ega. Psixolog o'rtadagi o'zaro ishonch yo'qolgan taqdirda kasbiy majburiyatni o'z zimmasiga olmaslik yoki uni to'xtatish huquqiga ega . Aniqlik kiritish majburiyati. Psixolog mijoz va pasientni har bir muhim qadam yoki davolash xarakteri haqida xabardor qilishi shart. Klinik sharoitda psixoxlog bemorning diqqatini ehtimol tutilgan tavakkalchilikka va davolashning muqobil metodlariga qaratishi lozim Xolislikni saqlash. Klinik psixolog o'z ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 75.21 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:01 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 75.21 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga