Hadis ilmining paydo bo'lishi muhaddislarning imom ismoil al-buxoriy Imom ismoil At-Termiziy va boshqalar hadis ilmi rivojiga qo'shilgan hissasi Islom olamida Qur'ondan keyingi o'rinda turuvchi hadislar ishonchli axloqiy manba hisoblanadi. Haqiqiyligi puxta o'rganib chiqilgan ishonchli hadislar sahih deyiladi. Sahih so'zining ma'nosi sog'lom, to'g'ri, xatosiz degani. Hadisni rivoyat qiluvchi kishi isnod, hadislarni to'plagan muallif esa muhaddis deb yuritiladi. Muhaddislar hadis to'plashda uni aytib bergan kishining hayotini chuqur o'rganishgan. Toki aytib bergan kishining yolg'onsiz, rost aytganligiga ishonch hosil qilishgach, u aytgan hadis ko'chirib olingan. Bordi-yu, u shaxs unchalik ishonchli odam bo'lmasa, aytgan hadisi shubhali sanalgan. Ba'zi hadislarning aytilganidan yozib olinganiga qadar oradan ko'p vaqt o'tib ketganligi sababli haqiqiyligi shubhali hisoblangan. O'quvchilarda shunday savol tug'ilishi mumkin. Nima uchun hadislar o'z vaqtida yozib olinmagan? Bunga sabab shuki, Payg'ambarimiz Allohning so'zi turganda, bandasining so'zini yozib olishni o'rinsiz hisoblab man qilganlar. Hadislarning mavzu doirasi juda keng bo'lib, unda inson axloqining deyarli barcha jabhasi aks etgan. Muhaddislar odam hayotining barcha sohalarini o'z ichiga olgan haqqoniy hadislarni to'plab, bizgacha etkazishgan va shu orqali hadislarning abadiy yashovchanligini ta'minlaganlar. Hadislar nafaqat to'planganligi, balki musulmon ahlining ma'naviyat sifatlariga aylanib ketganligi uchun ham yo'qolmaydi. Hadislardan halollik, poklik, mehnatsevarlik, yurtga muhabbat, ilmga chorlash, samimiylik, insof, adolat, o'zgalar haqiga xiyonat qilmaslik mavzulari etakchi o'rin egalladi. Insonlarda uchraydigan yaxshilik va yomonlik sifatlariga hadislarda juda keng o'rin berilgan. Inson hayoti boshdan oxirigacha yaxshilik va yomonlikdan iborat. Yaxshilik deyilgan tansiq tuyg'uning mohiyati qanchalik zarurligi hadislarda o'zining to'la aksini topgan: Yaxshilik - nafsingiz taskin topib, dilingiz orom oladigan ishdir. Yomonlik yoki gunoh esa uning aksidir, garchi muftiylar fatvo bersalar ham, o'z qalbingizga qarab ish tuting.1 Abu Iso at-Termiziy yozib qoldirgan al-Jome' as-sahiyh, ash-Shamoil an-nabaviya kabi asarlarida keltirilgan hadisi shariflar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lib insonlarni halol, adolatli, e'tiqodli, diyonatli, pokiza, mehnatsevar, muruvvatli, rahm-shafqatli, ota-ona, ayollarga nisbatan hurmatda va e'tiborli bo'lishga chorlaydi. Xalqimiz orasida Tilga e'tibor - elga e'tibor deyilgan ibratli hikmat keng tarqalgan. Musulmon olami tilga azaldan katta e'tibor bilan qarab kelgan. Bu mavzu hadislarda ham o'z aksini topgan: Inson xatoni ko'proq o'z tili bilan sodir qiladi, Bu dunyoda bema'ni gaplarni ko'p gapiradigan odamning gunohi qiyomat kuni ko'p bo'lur, Haqiqiy mo'minning qo'lidan ham, tilidan ham mo'minlar ozor topmaydilar Juda ko'p hadislarda rostgo'ylik, saxiylik, insof, halollik, do'stlik, pokizalik, go'zallik kabi insoniy fazilatlar targ'ib qilinadi: Tangri go'zaldir, go'zallikni yaxshi ko'radi, Liboslaringizni chiroyli qilinglar, ot-ulovlaringizni yaroqli tutinglar! Yuzdagi xoldek odamlarga namuna bo'linglar!, Haqqingni xoh mukammal, xoh kami bilan bo'lsa-da, halol qilib ol!, Rostgo'ylikda xavfu xatar ko'rsanglar ham rost so'zlanglar. Shunda najot topasizlar. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.24 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:01
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.24 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:01 ]
Arxiv ichida: pptx