Hadislarning ta'lim-tarbiyaviy ahamiyati

Hadislarning ta'lim-tarbiyaviy ahamiyati

O'quvchilarga / Pedagogika
Hadislarning ta'lim-tarbiyaviy ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Hadislarning ta'lim-tarbiyaviy ahamiyati Reja: 1. Hadislarning yaratilishi, mazmuni, yo'nalishlari. 2. Hadislarning ta'lim-tarbiyaviy ahamiyati. 3. Markaziy Osiyolik muhaddis- olimlar. Hadislarning yaratilishi, mazmuni, yo'nalishlari Islom dini ta'minotida «Qur'on» dan keyin hadislar asosiy manbadir. VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab hadis ilmi bilan shug'ullana boshlangan. Hadislar dastlab yozib borilmagan VII-IX asrlar hadis ilmi uchun «oltin davr» hisoblanadi. Islom dunyosida eng nufuzli manbalar deb sanalgan oltita ishonchli to'plam (as-sahih as-sitta) ni yaratgan vatandoshlarimiz bo'lib hadis ilmini rivojlantirishga ulkan hissa qo'shdilar. Bular: 1. Imom Ismoil al-Buxoriy 810-870. 2. Imom al-Hajjoj 819-874. 3. Imom at-Termiziy 824-892. 4. Imom Sulaymon Sijjistoniy 817-880. 5. Imom an Nasoniy 830-915. 6. Imom ibn Yazid ibn Mojja 824-886. 1. Imom Buxoriy «As-Sahih» 2. Imom al Hajjoj «As-Sahih» 3. Imom Mojja «Sunnan» 4. Imom Sijjistoniy «Sunnan» 5. At-Termiziy «Aj-jami al-kabir» 6. An-Nasoniy «Sunnan» kabi kitoblar yozilgan. Hadis uch yo'nalishda yaratilgan. 1. «Musnad»-bunda turli mavzudagi hadislar bir joyga to'plangan va alifbo tartibida joylashtirilgan. 2. «Sahih» (ishonchli) hadislar. Bunga Buxoriy asos solgan. 3. «Sunnan» yo'nalishi. Bunda to'g'ri va «zaif» hadislar ham kiritilgan. Imom Buxoriy hadis ilmida «Amir ul-mo'minin» «Imom al-muhaddisiy» kabi nomga sazovor bo'lgan. Buxoriy 810 yil 13 mayda Buxoroda tug'ilgan. Yoshligidan otasidan etim qolgan. 10 yoshida arab tilini va kitoblarni yod ola boshlagan. U hadis ilmini qiziqish bilan o'rgana boshlaydi. Buxoriy 825 yilda onasi va akasi bilan Hajga boradi. Safar chog'ida Balx, Basra, Kufa, Bog'dod, Xume, Damashq, Misr, Makka va Madinada bo'ladi va mashhur olimlardan hadis o'qigan hamda faqih ilmini o'rgangan. Olimlarning fikricha, Imom Buxoriy boy meros qoldirgan. Uning «Ishonchli to'plam», «Katta tarix», «Kichik tarix», «Imom ortida turib o'qish», «Nomozda ikki qo'lni ko'tarish» kabi asarlari mavjud. 4 tomlik «Sahih al-Buxoriy» asarida payg'ambarimiz hadislaridan tashqari, islom huquqshunosligi, islom marosimlari, axloq-odob, ta'lim-tarbiya, tarix va etnografiyaga oid ma'lumotlar ham berilgan. Unga 600 ming hadisdan 7275 ta «Sahih» (ishonchli)hadislari kiritilgan bo'lib, shundan 400 tasi takrorlanmaydigan hadisdir. Olim islom olami odob-axloqi va tarbiyasiga bag'ishlab «Al-adab al-mufrat» («Adab durdonalari») nomli hadis to'plami yaratgan 1322 ta hadisni tashkil qiladi. Mashhur muqaddas at-Termiziy 824 yilda Termiz yaqinidagi Bud (hozirgi Sherobod tumanida) qishlog'ida tug'ilgan. U 850 yilda safarga chiqadi, Makka va Madinada bo'ladi. Iroq va Xurosonda hadis ilmi, fiqx, ilmi al-qiroat, bayon, tarix va boshqa ilmlarni o'rganadi. U 863 yilda o'z vataniga qaytadi. At-Termiziy 10 dan ortiq kitoblar yaratgan. Bular: «Ishonchli to'plam», «Payg'ambarning alohida fazilatlari», «Hadislardagi illatlar va oqimlar haqida» kabi asarlari mashhurdir. Asarlarda insonni halollik, adolat, e'tiqod, diyonat, poklik, mehnatsevarlik, muruvvatlilik, mehr-shavqat, kattalarga ota-ona va qarindoshlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta ahamiyatga ega. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.24 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.24 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga